1. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga



Download 21,84 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi21,84 Kb.
#694587
  1   2
Bog'liq
Variant28


Variant -28
1. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan:

  1. Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart- sharoitlar yaratiladi.

  2. Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va namunali an'analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam beradi.

  3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi.

  4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi.

  5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi.

Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi
2. Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funktsional strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:

  • o’z sohasini chuqur va puxta biladigan;

  • jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;

  • o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;

  • chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.

Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta'minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish ma'muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysinishdir. Funktsionalstruktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

Download 21,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish