Jovmartov Bekjon 521 guruh talabasi Nizolarni boshqarish Ko'pincha mehnat jamoalarida u yoki bu nizoli vaziyatlar davriy ravishda vujudga keladilar.
Nizo - bu ikkita yoki ko'proq tomonlar, ya'ni aniq shaxslar va guruhlar o'rtasidagi haqiqiy kurashdir, bunda hat bir tomon o'zining nuqtai nazari yoki maqsadi qabul qilishiga va boshqa tomonni ushbu narsani qilishiga halaqit berishga harakat qiladi.
Shunday fikr borki, nizo bu hamma vaqt ham istalmagan hodisa, undan qochish va uni vujudga kelgan paytdayoq darhol hal qilish kerak. Haqiqatda esa nizolar tashkilot faoliyatining samaradorligini oshishiga olib keluvchi vazifaviy yoki guruhli hamkorlik va ular faoliyatining samaradorligini pasayishiga olib keluvchi disvazifaviy bo'lishlari mumkin. Aniqrog'i, nizolar ham ijobiy va ham salbiy vazifalarni bajarishlari mumkin . Nizolarning u yoki bu vazifalarini ustunlik qilishi asosan ularni boshqarishga bog`liqdir. Nizolarni to'rtta asosiy turi mavjud.
Birinchi tur - shaxs ichidagi nizo. U har xil shakllarda bo'lishi
mumkin. Uning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - bu rofli nizolar,
bunda bir kishi oldiga uning ishi natijalari qanday bo'lishi sababidan
ziddiyatli talablar qo'yiladiladi. Masalan, bevosita boshliq — bo'lim
mudiri tovarshunosga poyafzal sifatini tekshirishni jadallashtirish topshirig'ini beradi, sifat bo'yicha rahbar esa poyafzal sifatini tekshirishni texnologik jarayonni sekinlashtirish yo'li bilan yaxshilashni talab qiladi. Nizo yakka hukmronlikni buzilishi va qo'l ostidagi shaxs oldiga ziddiyatli talablar qo'yilishi tufayli vujudga keladi.
Bir qator hollarda yakka shaxsning ichida sodir bo'layotgan shaxs ichidagi nizo uni maqsadlari yoki qarashlarining nizosi bo'ladi. U yakka shaxs o'zaro bir birlarini istisno qiluvchi maqsadlarni tanlagan yoki ularga erishishga karakat qilayotgan holda maqsadlarning nizosiga aylanadi. Yakka shaxs o'zining fikrlari, qadriyatlari va umuman hulqining qoniqroqsizligining tan olgan vaqtda u fikrlarning nizosi bo'ladi.
Ijobiylar
Salbiylar
Nizolashuvchi tomonlar o'rtasidagi keskinlikni kamaytirish
Nizolarning vazifalari Ikkinchi tur - shaxslararo nizo (eng keng tarqalgan). Rahbarlarga ko'pincha jamoa manfaatlarini himoya qilishga to'g'ri keladi (uskunalardan foydalanish vaqtini taqsimlash va h. k.). Bunda har bir kishi yuqori rahbariyatni ushbu resurslarni xuddi unga ajratishga ko'ndirishi kerak. Yana ikkita mutaxassislarni o'z loyihalarini amalga oshirilishi uchun to'qnashuvi bo'lishi mumkin. Bitta bo'sh o'rin (lavozim)ga ikkita nomzodlar o'rtasida, hamda xarakter, qarashlar va qadriyailarning har xil alomatlariga ega alohida shaxslar o'rtasida ham nizo bo'lishi mumkin.
Uchinchi tur - shaxs va guruh o'rtasidagi nizo. Norasmiy guruhlar hulqning me'yorini belgilaydilar. Har bir kishi bu guruhga qabul qilinishi uchun ularga rioya qilinishi kerak. Ammo agar guruhning tilaklari alohida shaxsning tilaklariga nisbatan ziddiyatda bo'lsa, buholda nizo kelib chiqadi. Nizo lavozimli vaziyatlar zaminidan ham vujudga kelishi mumkin. Rahbar intizom choralarini qo'llashga majbur bo'ladi, ular qo'l - ostidagilarda ommabop bo'lmasliklari mumkin. Bu vaqtda guruh javob — zarbasini berishi - rahbarga nisbatan munosabatni o'zgartirishi mumkin.
To'rtinchi tur - guruhlararo nizo, ya'ni guruhlar (rasmiy va norasmiy) o'rtasidagi , hamda kasaba uyushmalari va ma'muriyat o'rtasidagi. Xizmat guruhlari ko'pincha maqsadlardagi farqlar tufayli bir — birlari bilan nizolashadilar. Masalan, xaridorga sotish bo'limida hamma vaqt ham buyurtmalarni bajarish uchun ko`proq tovar zaxiralari bo'lishi - kerak, bu o'z navbatida, xarajatlarni ko'payishiga olib keladi va buning oqibatida, u moliyaviy va boshqa bo'limlarning manfaatlariga zid - bo'ladi.
Bevosita menejerlar muhitidagi nizolarning bir necha turlarini ajratish mumkin, ya'ni:
# boshqaruvning har xil darajasidagi menejerlar o'rtasidagi;
# menejerlar va korxonaga bosim o'tkazuvchi guruhlar o'rtasidagi;
# ham alohida shaxslar va ham menejmentning har xil g'oyalarning manbalari - katta va kichik yoshdagi boshqaruvchilar vakillari bo' Igan menejerlar o'rtasidagi;
# menejerlar va jamiyatdigi har xil tashkilotlar (kasaba uyushmalari, birlashmalar, matbuot guruhlari, lobbistlar va h.k.) o'rtasidagi.
Shuni ta'kidlash kerakki, nizolarni turlarga bo'lish yetarlicha shartlidir. Nizolarning har xil turlari o'rtasidagi qat`iy chegaralar mavjud. emas va amaliyotda quydagicha nizolar vujudga keladilar: tashkiliy vertikali shaxslararo, gorizontalli ochiq guruhlararo va boshqalar.