113
6. Suhbat metodidan foydalanganda o‘qituvchi yo‘l qo‘yishi
mumkin bo‘lmagan jihatlarni ajratib yozing. Ularning nima uchun
ta’qiqlanganligi sabablarini aniqlang, izohlashga urinib ko‘ring.
7. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi fikrga e’tibor qi-
ling: «
Savolning berilish ohangi ba’zan o‘quvchiga javobning
yo‘nalishini belgilashga ko‘maklashishi mumkin»
. Sizningcha, bu
nima degani? Uni qanday tushundingiz? Fikringizni izohlang.
8.
Suhbat metodidan foydalanib o‘tishga
tavsiya etilgan
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagi mazmuni yuzasidan berilgan savol-
topshiriqlarga o‘zingiz javob berishga urinib ko‘ring. Nima deb
o‘ylaysiz, 5-sinf o‘quvchilari bu savol va topshiriqlarga javob
bera oladimi? Bu savolga javob berishdan oldin mazkur o‘quv
qo‘llanma mualliflarining yetakchi g‘oyalarini eslang.
9. Evristik metodning suhbat metodidan farq qiladigan asosiy
jihatlarini topib ajratib yozing. Bu farqlarni qanday anglaganin-
gizni biror badiiy asar misolida savol-topshiriqlar tuzib tushintirib
bering.
10. O‘. Hoshimov qalamiga mansub «Urushning so‘nggi qur-
boni» hikosi tahliliga qaratilgan savol va topshiriqlar orasidan qaysi
biri evristik metod talablariga monand ekanini aniqlab, fikringizni
ayting, qarashlaringizni asoslang.
11. Mazkur hikoyaning mohiyatiga kirishga qaratilgan savol
va topshiriqlarga javob berishga urinib ko‘ring.
Javoblaringizni
asardan misollar keltirgan holda asoslang.
12. Tadqiqot va evristik metodlarning o‘xshash hamda farqli
tomonlarini aniqlang. Metodlarga xos bo‘lgan umumiylik va xu-
susiylikni bittama-bitta izohlang. Xulosalaringizni biror asar mi-
solida asoslay bilsangiz, go‘zal ish bo‘lardi.
13. Avval O. Yoqubov ijodining mahsuli «Muzqaymoq»
hikoyasini o‘zingiz o‘qing. So‘ngra mazkur savol va topshiriqlarga
javob berishga astoydil urinib ko‘ring.
Ish asnosida ruhiyatingiz-
ni nazorat qiling, ko‘nglingizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga
diqqat qiling. Shuuringizda kechayotgan hislarga nom topishga
harakat qiling. Shunda ish faoliyatingizda o‘quvchilaringizni his
qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
14. Matnda: «
Har qanday inson oldiga savol qo‘yilganda hech
o‘ylab o‘tirmay, ichdan beriladigan ilk javob ko‘ngildan chiqqan
rost bo‘ladi. Keyin bu jarayonga aql aralashadi. Yoki bu fikr rad
114
115
etilib boshqa javob tashqariga chiqadi yoki shu fikr ovoz chiqarib
aytiladi. Ya’ni jarayonga aql aralashadi. Aql manfaatlarni taftish
qiladi, bilimni ishga soladi va munosabatni shakllantiradi, asos
-
laydi»
, tarzidagi qanoat bor. Bu xulosaga munosabat bildiring. Fik-
ringizni asoslang.
15. Taqqoslash metodi xususiyatlari bilan bog‘liq qarashlarni
«O‘tgan kunlar»dagi Kumushbibi va Zaynabni, «Muzqaymoq»
bilan «Nido»dagi bolalarni, «Bemor» bilan «Ming bir jon»dagi
kasal ayollarni, «Uch og‘a-ini botirlar»dagi va Kenja botir hikoya
-
sidagi shohlarni, «Mening o‘g‘rigina bolam»dagi Qora buvi bilan
«Urushning so‘nggi qurboni»dagi ona timsollari misolida o‘zingiz
taqqoslab ko‘ring. Xulosalaringizni birgalashib muhokama qiling.
O‘zingizni o‘qituvchilikka tayyorlang.
16. Istalgan bir badiiy asar misolida induktiv va deduktiv
metodlarning xususiyatlarini butun
kurs birgalikda aniqlashga
urinib ko‘ring. Bu sizning pedagogik amaliyotingizga zamin tay-
yorlaydi.
17. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish namunasi sifa
-
tida taqdim etilgan «Yurt qayg‘usi» sochma she’ri tahlili bilan
shug‘ullaning. Undagi yetakchi g‘oyalarni, ya’ni «hujum» qilinishi
kerak bo‘lgan muhimlarni ajrating. Har bir savol va topshiriqqa o‘z
munosabatingizni bildiring.
18. Sizga taqdim etilayotgan «6x6x6» metodi har ikkala vari-
antining afzalliklari va kamchiliklari haqida o‘ylab ko‘ring.
19. Ssenariy yaratish adabiy ta’limdagi salmoqli ishlardan biri
ekanini anglagan holda bu kabi topshiriqni o‘quvchilarga berish
-
dan oldin o‘zingiz uni tuzish talablariga to‘liq amal qilgan holda
biror badiiy asar yuzasidan ssenariy yarating. Yaratig‘ingizni kurs-
doshlaringiz va domlangiz bilan bo‘lishing. Yutuq va kamchilikla
-
rini birgalashib o‘rganing.
20. Ta’lim metodlari va usullari orasidagi tafovutni ajratib
yozing. Ta’lim usullarining o‘qitish metodlaridagi o‘rni
va ahami-
yatini aniq bir metod timsolida sanab bering. Qarashlaringizni bir
asar misolida asoslang.
21. Alisher Navoiyning istalgan bir g‘azalini, qo‘lingizdan
kelganicha tahlilga torting. Yozma ishingizni har biringiz
o‘rtoqlaringizga o‘qib berib mulohazalarini eshiting.