O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

javob talab qila
-
digan murojaat; o‘rganiladigan, muhokama qilinadigan predmet, 
yechimini talab qiladigan masala
»
44
deb ko‘rsatilgan. «Muammo» 
ilmiy savol bo‘lib, u bir necha yechimga egaligi bilan savoldan 
farqlanadi. Y
echimlarning har biri salmoqli asosga ega bo‘ladi. 
Savolda ifodalangan bilmaslik ilmiy izlanish natijasida ma’lumga, 
o‘rganilgan narsaga aylansa, bunday savol muammo bo‘lolmaydi. 
Agar savol yangi qonuniyatlarni kashf etish imkoniyatlari haqidagi 
tahminlar bilan uyg‘unlashib ketsa, uni muammo deyish mumkin. 
Ko‘p muammolarni qisqalik maqsadidan kelib chiqib savol yoki 
topshiriq tariqasida qo‘yish ham mumkin.
Polyak pedagogi V. Okon muammoli ta’limga xos vaziyatni 
muammoni biror masala yuzasidan tashkil qilish, uni shakllantirish 
bilan birga hal etish jarayonida o‘quvchilarga zarur ko‘mak be
rish, 
bu jarayonning izchilligini ta’minlash va boshqarish, olingan nati
-
jalarni tekshirish hamda bilimlarni mustahkamlash kabi faoliyatlar 
43
Махмутов
М

Теория
и
практика
проблемного
обучения
. – 
Казан

ТКИ

1972. С. 191.
44
www.ziyo.comkutubxonasi
. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – 
S.pdf (SECURED) 
407-bet.


123
yig‘indisi sifatida baholaydi
45
. I. A. Ilnitskaya muammoli ta’limni 
o‘quvchilarning maktab ta’lim-tarbiy
a maqsadlariga mos muammo-
larni o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari uchun yangi bo‘lgan ilmiy-
amaliy bir tizimda hal etishda ishtirok qilishidan iborat faoliyati, 
deb hisoblaydi
46
. T. Kudryavsev muammoli ta’limning mohiyatini 
o‘quvchining oldiga didaktik muammo qo‘yish, o‘quvchilar ularni 
yechish
asnosida bilimlarini umumlashtirishi va muammoli masa-
lalarni hal qilish tamoyillarini o‘zlashtirishida, deb hisoblaydi
47
.
A. Matyushkinning fikricha esa muammoli ta’lim
– o‘qitishning 
bi limlarni qiziqarli yo‘llar bilan berishga tayanadigan turi
48
.
Muammoli ta’lim masalasi bilan maxsus shug‘ullangan rus 
pedagogi M. 
Maxmutovning fikricha, muammoli ta’lim bilim
-
larni ijodiy o‘zlashtirish va faoliyatning maxsus qonuniyatlariga 
asoslangan, ilmiy izlanishning asosiy jihatlarini o‘zida jamlagan, 
o‘qitish hamda o‘qish metodlari, usullarini uyg‘unlikda qamrab ol-
gan didaktik tizimni o‘zida aks ettiradi. U bilimlar asosini chuqur 
o‘zlashtirishni ta’minlaydi, o‘quvchining bilim olishdagi mustaqil
-
ligini, ijodiy qobiliyatini oshiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, 
kengaytiradi
49

Olimlarning fikriga qo‘shimcha qilib yana shuni aytish mum
-
kinki, muammoli ta’lim o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobili
-
yatini o‘stirish bilan birga ularda shaxslik sifatlarining shakllani-
shiga, ma’naviyatining boyishiga ham sharoit yaratadi. Muammoli 
ta’lim o‘quvchi faoliyatining bilimlarni o‘zlashtirish va muammoli 
vaziyatni tahlil qilish yo‘li bilan hal qiluvchi faoliyat turlarida
muammoli vaziyatlar tashkil qilish hamda ulardan chiqishda o‘z 
takliflari, asoslari, isbotlari, farazlarini ilgari surish bilan bog‘liq 
alohida tizimdir. Bu aqliy faoliyat bilimlarni, yangi tushunchalarni 
o‘qituvchi rahbarligida, ongli ravishda o‘zlashtirish, tafakkur mus
-
45
Оконь
В

Основы
проблемного
обучения
. – 
Москва
: «
Просвещение
», 1968.
46
Ильницкая
И

А

Проблемные
ситуации
и
пути
их
создания
на
уроке
. – 
Москва
: «
Знание
», 1985.
47
Кудрявцев
В

Т

Внедрение
принципа
проблемности
в
обучении
. – 
Москва

«
Высшая
школа
», 1968.
48
Матюшкин
А

М

Проблемные
ситуации
в
мышлении
и
обучении
. – 
Мос
-
ква
: «
Педагогика
», 1972. 
49
Махмутов
М

Теория
и
практика
проблемного
обучения
. – 
Казан

ТКИ

1972. 


124
125
taqilligini ta’minlash va faollashtirishga, shaxs shakllantirishga 
xizmat qiladi. 
Muammoning, muammoli vaziyatning vujudga kelganini 
o‘quvchi hodisa bilan u haqdagi avvalgi tasavvuri orasida qarama-
qarshilik paydo bo‘lganda his qiladi. Bu qarama-qarshilikni barta-
raf qilish uchun unga
avvalgi bilim va tajribaning o‘zi kamlik qila-
di. Olimlar muammoni anglab yetishning o‘zi har qanday fikrlash 
jarayonining boshlanishi deb hisoblaydilar.
Ta’limda oddiy savoldan muammoli savolning farq qiladigan 
jihati shundaki, savolda, odatda, javob uchun zarur bo‘lgan deyarli 
barcha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Savol uni so‘rayotgan odam 
javobini biladigan, soddaroq fikrlashni talab qiladigan, butun vazi
-
yatning yetishmayotgan qismlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lgan 
hodisa. Buni o‘quvchi savolni tushunib, unga javob berish uchun 
kerak bo‘ladigan faktlar orasida shunday aloqa o‘rnatadi, deb tu-
shunish mumkin. Ba’zan savolga javob berish uchun qandaydir 
bir faktni eslashning o‘zi kifoya. O‘quvchi yo‘naltirilgan fikrlash 
usullari, odatda, avvallari foydalanilgan bo‘ladi va u shu andaza 
bo‘yicha harakat qiladi. 
Muammoda esa uning yechim
i
uchun tayyor javob yoki 
ma’lumot yo‘q. 
У
ng avvalo, muammoni hal eta oladigan darajada 
tiniqlashtirish uchun fikrlash jarayoni yordamida unga mos keladi
-
gan ma’lumotlarni topish talab qilinadi. Muammoni yechmoqchi 
bo‘lgan odam, avval unda nimalar yetishmayotganini aniqlashi 
va o‘sha faktlarni qanday topishni belgilab olishi kerak bo‘ladi. 
Shunday ekan, muammoda yechim to‘liq shakllantirilmaydi. 
O‘qituvchining vazifasi ma’lum muammoli vaziyatni tashkil etish 
ekan, buning uchun u, avvalo, o‘quvchiga muammo nimadan ibo
-
rat ekanini to‘g‘ri anglatishi, unda shu masalani hal etishga xohish-
qiziqish paydo qilishi, ichki ehtiyoj uyg‘otishi zarur hisoblanadi. 
Qo‘yilgan masalaning muammolilik darajasi uni hal etish uchun 
qanday fikriy operatsiyalar amalga oshirilishi bilan o‘lchanadi. Bu, 
o‘z navbatida, har bir o‘quvchining tayyorlik darajasi, bilimi va 
umumiy rivojlanishi bilan ham bog‘liq. Muammoli masalalarni 
yechish jarayoni, ayrim holatlarda, o‘quvchi va o‘qituvchining 
birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi. O‘qituvchining vazifasi 
o‘quvchilarga masalani hal etish uchun zarur tavsiyalar berish, 


125
ularni bilim olishga yo‘naltirish, masalani mustaqil yechishiga, 
bunga ijodiy yondashishiga turtki berib turishdan iborat. 
Muammoli ta’limda dastlabki holat o‘quvchida ma’lum na
-
zariy yoki amaliy muammoni yechishga omil bo‘ladigan muammoli 
vaziyatni tashkil qilishdan iborat. O‘quvchi muammoga shunchaki 
o‘zlashtirish lozim bo‘lgan o‘quv materiali deb emas, uning uchun 
qiziqarli va ahamiyatli bo‘lgan, har xil qarashlarni solishtirish, tah-
lillash, aniqlash asosida o‘z nuqtai nazari bo‘lishini talab qiladigan, 
uni yechish bo‘yicha rejalar tuzishni taqozo etadigan, to‘g‘ri hal 
etish uchun yetishmaydigan bilimlarni o‘zlashtirishga undaydigan 
zarur masalaga yondashganday munosabatda bo‘lishi kerak. Bu 
yerda gap o‘quvchiga yetkazilishi lozim bo‘lgan shunchaki top
-
shiriq yoki o‘quv materiali haqida ketayotgani yo‘q. Gap shundaki, 
muammo bilan qiziqib qolgan bola maqsad sari o‘zi yo‘l qidiradi. 
O‘quvchini borliq hodisalariga yondashishga o‘rgatishda ularning 
ichki qiziqishini uyg‘otish o‘qituvchining asosiy vazifasi bo‘ladi. 
Bunday holat birdaniga, bir yoki bir necha dars davomida shakllan
-
tirilmaydi. Unga asta-sekinlik bilan, ba’zida yillar osha erishiladi. 
Muammoli vaziyatni tashkil etish butun ta’lim jarayonini boshqa-
rish bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘quv materialining dastlabki tahlili, 
mavzular orasidagi aloqadorlik, ta’limga muammoli masalalarni 
olib kirish shartlari va ularni muvaffaqiyatli hal etish yo‘llarini 
aniq 
lashni talab qiladi. O‘quvchilarda mavjud tajribalarni inobatga 
olish, ularning uyda o‘qishlari uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha 
adabiyotlar ajratish, zarur didaktik materiallarni tayyorlash kabi 
zaruriyatlar nazarda tutiladi. 
Muammoli ta’limdagi keyingi masala bevosita muammo-
ning yechilishidan iboratdir. Bu jarayonni quyidagi bosqichlarga 
ajratish mumkin: 
1. Muammoning tahlili va asoslovini ilgari surish. Muammo 
ma’lum qiyinchiliklar bor joyda paydo bo‘ladi va uning yechimi 
uchun o‘quvchida mavjud bo‘lgan bilimlarning o‘zi yetarli bo‘lmay 
qoladi. 
2. Masalaning yechimini qidirish va uni hal etish. Muammo
-
ni tekshirishda uning yangi aloqalari va ilgari ma’lum bo‘lmagan 
sifatlari aniqlanadi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan obyektga doir 
yangi bilim to‘planadi. Har safar uning yangi jihatlari va xususi-


126
127
yatlari ochila boradi. Bu bosqichni masalani hal etish yuzasidan 
farazlarning shak
llanish bosqichi deb atash mumkin. Unda urinish
-
lar va xatolar, avvalgi tajribalarga tayanish, yechimning taxminiy 
yo‘llarini belgilash, yechish tamoyillarining isboti va fikrlarni 
asos lash ishlari amalga oshiriladi.
3. Ye
chish yo‘llarining to‘g‘riligini tekshirish va olingan nati
-
jani baholash
50

Har bir bosqich ma’lum umumiy jihatlar, o‘quvchining 
muammo
ni yechish yo‘llarini qidirishi va topishidan iborat 
faoliyati bilan xarakterlanadi. O‘quvchi xato qilishdan cho‘chimay, 
o‘z izlanishlari asosida masalani hal etishning rejasini tuzadi. Bu 
jara yonda muqobil yo‘llarni ham ko‘zda tutadi. Masalani anglash 
bilan uning yechimigacha bo‘lgan yo‘l qiyin va uzoq bo‘lishi ham 
mumkin. Masalaning hal etilishida o‘quvchi uchun eng muhim jihat 
uning yechimi haqida o‘z tasavvuriga ega bo‘lishdir. Bu tasavvurga 
asta-sekinlik bilan samarasiz urinishlardan keyin, kutilmaganda 
erishish ham mumkin. 
Murakkab muammoli masalani hal etishda qo‘llaniladigan fikr
-
lash jarayoniga, odatda, aqlning taqqoslash, tahlillash va umum-
lashtirish kabi ishlari kiradi. Bu o‘rinda gap faqat fikriy jarayonni 
muqoyasa qilish haqida ketayotgani yo‘q. Eng avvalo, masalani 
hal etishda inson aqliy faoliyatining yo‘nalishi nazarda tutilyapti. 
Ma’lumki, ta’lim jarayonida o‘quvchi ayrim qiyinchiliklarga duch 
keladi. Ammo ular ma’lum izchillikdagi aqliy faoliyat yordamida 
yechilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy xarakterdagi qiyinchiliklar
-
dir. O‘quvchi mana shu izchillikni, yechish algoritmini topguncha 
izlanadi, mustaqil, mahsuldor fikrlashni amalga oshiradi. O‘quvchi 
masalani hal qilish yo‘lini o‘zlashtirishi bilan uning fikrlashi 
oddiy fikrlashga aylanadi. Muammoli masalani hal etish
da avval 
o‘quvchilar masala yoki matnning dastlabki shartlarini tahlil qi
-
lishga o‘rgatiladi. Aynan shular o‘quvchiga muammoli vaziyatda 
mo‘ljalga olish va uning muhim jihatlarini topishga imkon beradi. 
Berilgan masalaning shartlari va talablarini tahlil qilishda dastlab 
noto‘g‘ri yo‘l belgilanishi yechimni qiyinlashtiradi. 
Bundan tashqari, qiyinlikning darajasi muammoli topshiriqda 
qo‘yilgan savol bilan unga beriladigan javob o‘rtasidagi masofa, 
50
Скалкова
Я

От
теории
к
практике
обучения
в
средней
общеобразователь
-
ной
школе
. – 
Москва
: «
Педагогика
», 1983. C. 49 – 50.


127
ya’ni yechimga olib boradigan oraliqdagi i
shlar soni va murakkablik 
darajasiga ham bog‘liq. Muammoli topshiriqning qiyinligini uning 
yechimida keltiriladigan xulosalar sonidan ham aniqlash mumkin. 
Odatda, muammoli masalalarni mustaqil ravishda hal etishda 
o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘lning to‘g‘riligini isbotlashlari 
uchun qator dalillarni keltirishda
,
ularni asoslash uchun zarur 
bilimlarga ega bo‘lsalar ham, qiyinchilik sezadilar. Bu shundan 
dalolat beradiki, ularning tafakkuri tezkorlik sifatiga ega emas. 
Fikrning tezkorligi mahsuldor aqliy jarayonning muhim jihatidir. 
Topshiriqlarni asta-sekinlik bilan qiyinlashtira borish orqali 
o‘quvchilarni bilganlarini kutilmagan sharoitlarda qo‘llay olishga 
o‘rgatish mumkin. Masalaning obyektiv qiyinlik jihatlari bilan 
birga o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ularning intellektual 
va umumiy rivojlanishlari bilan bog‘liq subyektiv xarakterdagi 
qiyinchiliklarni ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Masalaning 
o‘quvchi uchun qiyinligi uning shakllantirilganlik darajasiga 
ham bog‘liq. Shuning uchun muammo matni aniq ifodalanishi 
lozim. O‘quvchi katta hajmdagi umumlashmalarni talab qiladigan 
muammolarni yechishga qiynaladi.
Muammoli ta’limda har bir yangi topshiriq o‘quvchi qator 
aqliy xatti-harakatlardan foydalanib hal etishi lozim bo‘lgan o‘quv-
biluv masalasi sifatida taqdim etiladi. Didaktikada ta’lim masa-
lalariga yoki muammoga doir umumiy talablar ishlab chiqilgan. U 
olam va odam rivoji mantig‘idan kelib chiqishini; o‘rganiladigan 
obyektning o‘zigagina xos qarama-qarshiliklarga bog‘liq ma’lum 
qiyinchilikni aks ettirgan bo‘lishini; qismlarga bo‘lish, savollar
-
ga aylantirish imkoniyati mavjudligini o‘z ichiga oladi, ularning 
har biri o‘z o‘rnida masalaning yechimi sari bir bosqich bo‘ladi. 
Bundan tashqari, bu talablar o‘quvchilarni uning yechimi uchun 
zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltirishi, ularni faol izlanishga un-
daydigan hamda o‘quvchilarning yosh va tayyorgarlik darajasiga 
mos bo‘lishi lozim. Muammoli ta’limni tashkil etishda eng muhim 
jihat bilim va ko‘nikmalarning ongli o‘zlashtirilishiga erishishdir. 
Muammoli ta’lim vazifalariga o‘quvchilarning muammoni 
hal etishga qaratilgan tadqiqot ishlari, turli ma’naviy qadriyat-
larni tuyishlari, intellektual bilish va amaliy faoliyati ham kiradi. 
O‘qitishning bu jihati o‘quvchilarning imkoniyatlaridan maksimal 


128
129
foydalangan holda borliqni butun turfaligi bilan bilish va qayta 
kashf etishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi. 
To‘g‘ri qo‘yilgan muammo kishiga ma’lum darajada ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Agar undagi qiyinlik bartaraf etilsa, individ-
ga xos qandaydir ehtiyoj qondiriladi va masalani hal etish istagi 
paydo bo‘ladi. Muammoni yechish bilan tugaydigan ma’lum in
-
tekllektual zo‘riqish sodir bo‘ladi. Mustaqil mulohaza yuritishga 
o‘rgatilmagan, aqlan dangasa kishilar bunday zo‘riqishlar va 
unga bog‘liq bezovtalikdan o‘zini tortadi. Ammo muammoni hal 
qilishning mazasini totgan kishilar bu faoliyatdan zavq oladilar. 
Muammoni hal etish uchun mavjud bilimlarning qayta ishlanishi 
va to‘ldirilishi yechimni osonlashtiradi. 
Yetarli material jamlan-
gach, qayta ishlanib, to‘ldirilgan fikr masala yechimining faraziga 
aylanadi. Farazning shakllanishi va uning tekshirilishi maxsus ta
-
fakkur usullari yordamida amalga oshiriladi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish