O‘QUVCHI MA’NAVIY KAMOLOTINI TA’MINLASHDA
MUAMMOLI TA’LIMNING O‘RNI
Reja:
1.
Muammoli ta’lim va uning asosiy xususiyatlari.
2. Muammoli vaziyat yaratish.
3. Muammoli ta’limda o‘qituvchining asosiy vazifalari.
4. Badiiy asarning muammoli tahlili.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni o‘qituvchi aytganlarini baja
-
radigan ishtirokchilikdan ta’lim-tarbiya kechimining ijrochilari da
-
rajasiga ko‘tarish maqsadida o‘zlashtiriladigan bilimlarni bolalar
oldiga muammo shaklida qo‘yish masalasi jahon pedagogikasida
o‘tgan asrning oltmishinchi, sho‘rolar pedagogikasida yetmishin
-
chi yillarda ko‘tarilgandi. V. Okon, M. Maxmutov, V. Kudryavsev,
V. Maransman, N. Mochalova, A. Matyushkin, I. Ilnitskaya, o‘zbek
tarbiyashunosligida A. Abdurazzoqov, Q. Husanboyeva va boshqa
olimlar o‘quvchini intellektual faoliyatga undovchi ichki ehtiyoj
muammoli vaziyatlarda paydo bo‘lishini, bu ehtiyoj uning oldiga
qo‘yilgan murakkab masala mohiyatini bilishga bo‘lgan qiziqish-
dan tug‘ilishini asoslaganlar. Ular o‘quvchi muammoli vaziyatda
butun qobiliyati, bor imkoniyati va hayotiy tajribasini to‘liq safar-
bar etgan holda faoliyat yuritishini ilmiy-amaliy jihatidan isbotlab
berganlar. Olimlarning tadqiqotlarida o‘quvchi faolligini oshirish
orqali bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini ko‘tarish maqsa-
di yetakchilik qilgan. Ammo bu tadqiqotlarning ko‘pchiligida
muammoli ta’limdan o‘quvchida shaxslik sifatlarni shakllantirish,
ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadida foydalanish, bu yo‘lda
mustaqil mulohaza yuritishga o‘rgatish masalalari chetda qolgan.
Ma’lumki, har qanday inson o‘z oldida ko‘ndalang turgan ha-
yotiy yoki ilmiy muammoni hal etish uchun o‘ylanadi, izlanadi,
bilganlarini taftish qiladi, zo‘riqadi, mashaqqat chekadi. Bu ruhan
sog‘lom odamga xos bo‘lgan tabiiy xususiyat. Ta’lim jarayonida
shunday vaziyatga solingan o‘quvchi ham ta’limiy muammoni hal
qilish orqali bilim olish yo‘lida mehnat qiladi.
Shu ma’noda, muammoli ta’lim mustaqil, mantiqiy, ilmiy,
ijodiy fikrlashga o‘rgatish, bu yo‘lda uchragan to‘siqlarni mustaqil
116
117
ravishda, unga ijodiy yondashgan holda bartaraf etish garovidir.
U o‘quv materiali o‘zlashtirilganligini tezgina namoyish etadi, uni
mustahkam qiladi, bilimlarni qat’iylashtiradi. O‘quvchida o‘qishga
ijobiy hissiy munosabat uyg‘otadi, bilim olishga ichki ehtiyoj pay
-
do qiladi.
Muammoli ta’limga o‘qitish jarayonidagi barcha kamchiliklar
-
ni bartaraf etadigan universal vosita deb qarash ham to‘g‘ri emas,
albatta. Muammoli ta’lim hamisha ham yuqori darajada samara
beraveradigan hodisa emas. O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan
bilimlar, ayrim hollarda kamroq kuch va vaqt sarflangani holda,
an’anaviy metodlar orqali ham maksimal darajada hal etilishi mum-
kin. Bunda hamma narsani o‘zlashtiriladigan materialning tabiati,
o‘qituvchining bilimdonligi va mahorati hal qiladi. O‘qituvchining
rahbarlik roli muammoli ta’limda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan o‘qituvchi o‘quv materialiga o‘quvchilarning umumiy va
individual taraqqiyoti, egallagan bilim, ko‘nikma, malakalari da-
rajasi, qo‘yilgan muammoning umumiy maqsadga qanchalik mos
-
ligidan kelib chiqib yondashadi.
Muammoli ta’limning asosiy xususiyati shundaki, unda
o‘quvchi oldiga bilim berishga yo‘naltiradigan masalalarni
qo‘yishda ham, uning ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida ham
muammoli savollar muhim o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vazi-
yat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim berishga qaratilgan
savol o‘quvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug‘diradigan darajada
bo‘lishi, avval egallagan bilimlariga mos kelishi, shu bilan birga,
uning imkoniyatlari doirasida bo‘lishi lozim. Ya’ni muammoli
vaziyatlar bolaning hayotiy tajribasi va nazariy bilimini hisobga
olgan holda yaratilishi kerak.
Bunday masalalar qiziqarli bo‘lishi ham shart. Bu ham mu-
am moli ta’limdan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida foydalanish-
ning asosiy talablaridan biridir. Bu, ayniqsa, qiyin o‘zlashtiradigan
o‘quvchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qiziqishning mav-
judligi shaxs psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi, uni yuqori
pog‘onaga ko‘taradi. Tafakkur jarayoni, xotira, diqqat va tasavvur
faollashganda insonda ko‘proq hamda chuqurroq bilim olish im
-
koniyati paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi tomonidan
qo‘yiladigan savol-topshiriqlar o‘quvchining mustaqil fikrlashi-
117
ni talab qiladigan, ularni qiziqtiradigan, tuyg‘ularini junbushga
keltiradigan, ruhiyatini qo‘zg‘otadigan, bezovta qilib qo‘yadigan
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, muammoli yo‘l
bilan o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar yangiligi, bugungi ilm-fan,
hayot va bola shaxsi uchun dolzarbligi bilan ajralib turishi, darsda
fikrlar tortishuviga, u yoki bu hodisaning hayotiy hamda nazariy
jihatlarini taqqoslashga, atrofdagilarning qarashlarini qiyoslashga
qaratilgan bo‘lishi, bolani hayratga soluvchi, aqliga sig‘maydigan
jihatlarga ega bo‘lishi kerak.
Muammoli vaziyat yaratish bilan o‘qituvchi o‘quvchilarni ta
-
fakkur jarayonining tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tizim-
ga solish singari jihatlaridan biri yoki bir nechasidan foydalanishga
yo‘naltiradi. Ya’ni ular o‘quv materialini shunchaki eslab qolmay,
balki tushunchalar yuzasidan muayyan aqliy operatsiyalarni ham
amalga oshirishadi. Shunday tashkil etilgan muammoli vaziyatlar-
dan chiqish ba’zan voqea, hodisa, tushuncha yoki qoida tahlil qilini-
shini talab etsa, ikkinchi holat, asosan sintezni – dalillarni umum
-
lashtirishni, boshqasi voqea, hodisa va tushunchalarni taqqos lashni,
yana biri faktlarni tasniflashni taqozo etadi. Muammoli vaziyatda
bunday shakllar muammoli savol, muammoli topshiriq tarzida yu-
zaga keltirilishi ham mumkin. Buning uchun o‘qituvchi muammoli
topshiriqlarga nafaqat dalillar bilan isbotlash, balki mantiqiy asos-
lash, faktlarni taqqoslash, ma’lumotlarni umumlashtirish kabi ta-
lablarni ham kiritishi mumkin.
Muammoli vaziyatlarning bunday turlari mavjudligi shartli,
albatta. Amalda, biror mavzuni o‘rganishda muammoli vaziyat-
dan chiqishning bir necha turidan birvarakayiga foydalanish ham
mumkin. Muammoli vaziyatdan chiqishda ham uni tashkil qilishda
qo‘llanilgan usullardan foydalaniladi. Taqqoslash va umumlashti-
rish biror muammoli masalani hal etishga kirish sifatida qo‘llaniladi
va ular o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirishning dastlabki bosqichi
ham sanaladi. Ko‘tarilgan masala muammo sifatida o‘quvchini
qiziqtirib qolsa, uni yangi fikriy faoliyatga undaydi.
Muammoning qo‘yilishi va uni yechish jarayoni uzilmas
bir zanjirdir. Muammo ko‘tarilishi bilanoq uning yechimi us
-
tida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib
chiqaradi. Shu tariqa, uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o‘zlashtirish
118
119
amalga oshadi. Ta’lim amaliyotida o‘qituvchining sinfga olib kira
-
digan m
a’lumotlari o‘quvchilar tayyor bilim sifatida qabul qiladi
-
gan yoki ular o‘zlari mehnat qilib o‘zlashtiradigan shaklda bo‘ladi.
Ta’limning dastlabki bosqichlarida birinchisi ko‘proq qo‘llanilishi
tabiiy. O‘qish jarayonining ikkinchi bosqichida bilimlarni mehnat
qilib o‘zlashtirish shakli qo‘llanilib, uni tashkil etishda quyida-
gi me’yorlarga amal qilinadi: a) o‘quvchilar mustaqil ravishda
o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlar ularning imkoniyatlariga
mos murakkablikda bo‘lishi; b) berilajak materialning yechimi
dasturda belgilangan vaqt oralig‘ida amalga oshishi; v) ijodiy yo‘l
bilan o‘zlashtirilgan bilimlar mustahkamligi va darajasi reproduk-
tiv yo‘l bilan olinadigan bilimlardan baland bo‘lishi.
Muammoli ta’lim o‘quvchilarning bilim olishdagi faolligi
va mustaqilligi rivojini ta’minlaydi, ruhiyatiga, aqliy rivojlani-
shi hamda dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning o‘z fikri va dunyoqarashiga ega, qarashlarini asos-
lay oladigan va prinsiplarida qat’iy turadigan sog‘lom ma’naviyatli
shaxs sifatida shakllanishini ta’minlaydi.
Muammoli ta’limda o‘quvchi oldiga muammo qo‘yish qiyin
kechadi. Uni topish o‘qituvchidan ko‘p izlanish va mehnatni talab
qiladi. Muammoli ta’limdan uzluksiz ravishda foydalanish dastur-
dan ortda qolish hollarini ham keltirib chiqaradi. Buni muammoli
ta’limning o‘ziga xos kamchiligi deyish mumkin.
Inson intellektual salohiyati darajasi u muammoli vaziyatga
tushib qolgandagi xatti-haraktida to‘liq namoyon bo‘ladi. Bun-
day holatlarda o‘quvchilar ham o‘zlarini har xil tutishlari mum
-
kin. Muammoni hal etish jarayonida o‘quvchilarning o‘z xatti-ha
-
rakatini qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltira olishi, aqliy faoliyatini
ongli ravishda boshqarishi bilan bog‘liq individual xususiyatlari
namoyon bo‘ladi. Shaxsning intellektual imkoniyatlari o‘z faraz-
larini ilgari surish va uni nazorat qilishida ham ko‘zga tashlanadi.
Bunday holatlarda tafakkurning ko‘pqirralilik darajasi, ya’ni bir
vaqtning o‘zida bir nechta aqliy faoliyatni amalga oshira bilishi
yorqin aks etadi. Fikrning serqirraligini farazlarning har xil rejalar
hamda turli nuqtai nazarlar asosida ilgari surilishida ham ko‘rish
mumkin. Bundan tashqari, shaxsning hayotiy tajribasi, ruhiyati va
tafakkuri mustaqilligining qay darajada rivojlanganligi, tashabbus-
korligi ham tafakkur serqatlamligida namoyon bo‘ladi.
119
Muammoli ta’limda o‘quvc
hining bilishga bo‘lgan ehtiyoji
qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida ma’lum amaliy yoki nazariy
bilimlar, faoliyatning shartlari va usullariga muhtojlikning his eti-
lishidir. Bilishga bo‘lgan ehtiyoj muammoli vaziyatning zaruriy
qismi bo‘lib, yangilikni qidirishga, o‘zlashtiriladigan bilimga fik-
riy faollikni talab qiladi. U fikrlash jarayonida bolaning o‘z-o‘zini
boshqarishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bilishga bo‘lgan ehti-
yoj ta’limda o‘zlashtirish jarayonini boshqarishning zaruriy shart-
lardan sanaladi.
Muammoli ta’limda o‘quvchilar qiyinchiliklarga duch ke-
lishlari, tabiiy. Muammoli vaziyatda qiyinchilik o‘zlashtirilishi
lozim bo‘lgan noma’lum narsaning yangiligi va umumlashtirilishi
zarurligi hamda o‘quvchi intellektual imkoniyatlari darajasi bilan
xarakterlanadi. O‘quvchining intellektual imkoniyati qancha kichik
bo‘lsa, biror masalani hal qilishda muammoli vaziyatning murak-
kabligi shuncha katta bo‘ladi. O‘qituvchi dars boshida muammoni
qo‘yish bilan birga butun dars davomida uning muammolilik dara-
jasini uzluksiz tarzda saqlab tura olsagina, biror mavzuni muammoli
tarzda o‘rganish mumkin bo‘ladi. Butun dars davomida muammoni
yechish bilan shug‘ullansagina o‘quvchining bilim olishdagi faol
-
ligi va mustaqilligi ta’minlanadi. Aslida bu masalalarning yechimi
maqsad emas, o‘quv materialini ongli ravishda o‘zlashtirish va
o‘quvchi qobiliyatlarini o‘stirish vositasidir. Ma’lumki, darsda
muammoli vaziyat hosil qilishda o‘quv predmetining mantig‘iga,
tafakkurning qonunlari va shakllariga rioya qilinishi lozim. O‘quv
fani mantig‘i uni o‘zlashtirishning muammoliligi va izchilligini
ta’minlaydi. Ma’lumki, fanlarning o‘zi ham hayot va amaliyot il-
gari surgan muammolar asosida rivojlanadi.
Muammoli ta’limda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan individual
ishlaydi. Bu undan kasbiy mahoratni talab qiladi. Gap shundaki,
u yoki bu o‘quv topshiriqlari bir bola uchun qiyin, ikkinchisi
uchun oson. O‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish uchun har bir
o‘quvchi dars jarayonida o‘zining kuchi darajasidagi masalani
hal qilish bilan shug‘ullanishiga erishish lozim. Shundagina har
bir o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish
mumkin. Buning uchun o‘qituvchilarning oldida hamisha qiyin
didaktik masala ko‘ndalang turadi. U dars mavzusida nafaqat
120
121
o‘quv-biluv muammosini yechishi, balki qanday yo‘llar bilan
bu mavzu mazkur sinfdagi o‘quvchilarning barchasi tomonidan
o‘zlashtirilishi mumkinligini oldindan ko‘ra olishi kerak.
O‘quvchiga hamma muammoli masalalar ham qiziq
bo‘lavermaydi. Tarbiyalanuvchini masalaning shunchaki yechimi
emas, balki undan intellektual zo‘riqish, zehn, onglilik talab qi-
ladigan masalani hal etish jarayoni qiziqtiradi. Qiyinchiliklarni
chamalaganda, o‘qituvchi o‘quvchilarning intellektual imkoni
-
yatlarini hisobga olishi shart. Ayrim o‘quvchilar uchun masala
qancha qiyin bo‘lsa shuncha qiziqarli bo‘ladi. Boshqalarning esa
«tarvuzi qo‘ltig‘idan tushadi». Shuning uchun masalaning obyek
-
tiv qiyinligidan tashqari, yechuvchining subyektiv imkoniyatlari
ham hisobga olinishi zarur. Gap faqat o‘quvchilarning har xil tay-
yorgarlik darajasi haqida emas, ular aqliy faoliyatining individual
xususiyatlari haqida ketyapti. Sekin-sekin o‘quvchi mustaqil ra-
vishda muammoni o‘zi shakllantira olishiga erishish muammoli
ta’limning maqsadlaridan biridir. Bu o‘quvchining shunday ish
-
larni bajarishga bo‘lgan ehtiyoji darajasi bilan asoslanadi.
Ma’lumki, har qanday katta ta’limiy muammo zamirida turli
kichik-kichik muammolar mavjud bo‘ladi va ular o‘quv materialin
-
ing ma’lum qismini tashkil etadi. Umumiy muammoning yechili
-
shi, odatda, ana shu mayda muammolarni hal qilish orqali amalga
oshadi. Muammoni hal qilishning asosiy yo‘li yechimga doir far
-
azni ilgari surish, uning isboti va amalga oshirilishidir. Bir qarama-
qarshilikning yechilishi o‘z navbatida keyingisini keltirib chiqa
-
radi. Shundan ham muammoli ta’limning o‘zgarishlarga juda boy
ekanligini anglash mumkin. O‘z navbatida, ta’limiy muammon-
ing o‘zi qarama-qarshiliklarga boy o‘zgarishlardan kelib chiqadi.
Muammoli ta’limning rivojlanishida bir vaziyatdan ikkinchi ho
-
latga tabiiy ravishda o‘tiladi. Bir-birini aynan takrorlamaydigan
bunday vaziyatlar o‘quvchini o‘ziga tortadi.
Muammoli ta’limning maqsadi ta’lim jarayonini ayricha
tashkil etishda o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi,
qiziqtiruvchi imkoniyatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Muammoli ta’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarning bilim olish faoliyatini mustaqil va ijodiy
yo‘nalishga chiqarish.
121
2. O‘quvchining
yangi bilim va faoliyat usullarini
o‘zlashtirishini ta’minlash.
3. Tarbiyalanuvchilarning bilim olishdagi mustaqilligi va
ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish.
4. Ta’limning ilmiyligi darajasini oshirish.
5. O‘quvchida ilmiy dunyoqarash shakllanishini ta’minlash.
6. Shakllanib kelayotgan shaxsda hissiy-irodaviy sifatlarni
rivoj lantirish, uning ko‘nglida odam va olam sirlarini bilishga ichki
ishtiyoqni uyg‘otish.
Bundan tashqari, muammoli ta’limning uchta maxsus vazifasi
ham bor:
1.
Mantiqiy usullar yoki ijodiy faoliyatning maxsus
yo‘llaridan foydalanib o‘quvchilarda bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish
ko‘nikmasini shakllantirish.
2. Hayotiy vaziyatga ko‘ra mavjud bilimlardan ijodiy foy-
dalanish ko‘nikmasini tarbiyalash.
3. Ijodiy faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Yuqoridagi vazifalarning har biri alohida o‘quvchining
amaliy va nazariy-intellektual faoliyatida namoyon bo‘ladi va
ular muammoli ta’limning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:
1) o‘quvchining yangi tushunchani muammo yo‘li bilan musta-
qil o‘zlashtirishdagi xususiy faoliyati bo‘lib, u bilimlarning ongli,
chuqur va mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlaydi; 2) muammoli
ta’lim shaxs dunyoqarashi shakllanishida eng samarali usullardan
biri sanaladi. Chunki muammoli ta’lim jarayonida to‘plangan
bi limlar mustaqil, tanqidiy, ijodiy tafakkur ko‘magida amaliy
faoliyatda qo‘llanib, qat’iy ishonchga aylanadi; 3) o‘quv va amaliy
muammolar o‘rtasidagi qonuniy aloqadorlik yuzaga keladi. Hayot
bilan aloqadorlik o‘zlashtirilgan bilimlarni har xil amaliy faoliyatda
qo‘llashga xizmat qiladi; 4) o‘quvchilarning har xil mustaqil
ishlarini tizimli ravishda va samarali qo‘llash imkoniyati yaratiladi;
5) muammoli ta’limning individualligi o‘quv fanini o‘zlashtirish
uchun o‘quvchida bilim, ko‘nikma va malakalarning ma’lum
darajasi oldindan mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Muammoli
ta’lim jarayonida muammoning har xil shaklda bo‘lishi farazlar
xilma-xilligini tizimga soladi va natijalarga har xil yo‘llar bilan
erishi lishini ta’minlaydi; 6) muammoli ta’limning navbatdagi
xususiyati uning jo‘shqinligidir. Bu jo‘shqinlik muammo har
122
123
bir bolaga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatishidan kelib chiqadi;
7) muammoli ta’lim o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligiga
asoslanadi. Chunki muammoli vaziyatning o‘zi aqliy zo‘riqishning
asosiy manbai hisoblanadi. O‘quvchining fikrlashi uzluksiz tarzda,
uning ruhiy-hissiy faoliyati bilan tabiiy aloqada bo‘ladi. Tadqiqot
shaklida bo‘lgan har qanday fikrlash o‘quv muammosining
individual qabul qilinishini, shaxsiy tuyg‘ularni, emotsional fa-
olligini oshiradi; 8) muammoli ta’lim bilimlarni sermahsul va
ijodiy o‘zlashtirishni ta’minlaydi, o‘quvchi ijodiy faoliyatini
kuchaytiradi. Tarbiyalanuvchida o‘ziga ishonch hissini orttiradi
43
.
Ko‘pincha ilmiy adabiyotlarda muammo qo‘yish bilan so‘rash
uchun berilgan savol aralashtirib yuboriladi. Bir qator olimlar
muammoni har qanday savoldan ajratib turadigan belgi hal eti-
lishi kerak bo‘lgan masalaning muhimligi yoki qiyinligida, deb
biladilar. Ammo muhimlik ham, qiyinlik ham muammoning
asosiy xususiyati emas. Chunki o‘ta muhim va murakkab savol-
lar ham muammo darajasiga ko‘tarila olmasligi mumkin. «Savol»
so‘zining xususiyatlari va ahamiyati lug‘atlarda: «
Do'stlaringiz bilan baham: |