Savol va topshiriqlar:
1. Nima deb o‘ylaysiz, Siz ruhan millat ertasini ta’minlaydigan
yosh avlodni tarbiyalashga qodirmisiz? Shunday mas’uliyatni zim
-
mangizga ola bilasizmi? Fikringizni asoslang.
2. Ruhiyatingizga bir nazar tashlab ko‘ring-chi, tabiatingizda
tanlagan kasbga, bo‘lajak o‘quvchilaringizga muhabbat mavjud
-
mikin?
3. O‘zingizning o‘quvchilik davringizni xotirlang. Nimalardan
qoniqmagansiz: shaxs sifatida o‘qituvchingizdanmi, o‘quv ashyosi
sifatida darsliklardanmi? Fikringizni asoslang. Adabiy ta’limda
qan day o‘zgarishlar qilgan bo‘lardingiz?
4. Mazkur o‘quv qo‘llanmani shakllanayotgan bir o‘qituvchi
sifatida kuzatib boring. Yutuq va kamchiliklarini kashf etgan jo-
yingizda, kitobning hoshiyasiga yozib boring. Bir kun uchrashib
fikrlashamiz.
7
ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING
UMUMNAZARIY MASALALARI
Reja:
1.
Adabiyot metodikasining pedagogika tizimiga mansub mus-
taqil fan ekanligi.
2. Adabiyot o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari.
3. Adabiyot o‘qitish metodikasining obyekti va predmeti.
4. Adabiyot o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
5. Adabiyot o‘qitishning dolzarb muammolari.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga
mansub o‘laroq, ilmning alohida turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan
uch talabning barchasiga
1
javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot
o‘qitish metodikasi o‘rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o‘quv
fani tomonidan o‘rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan
soha, ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘qitilishining opti-
mal va samarali yo‘llarini tadqiq etish, adabiy ta’limning nazariy
asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchin
-
chidan, adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot
usullariga ega.
Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayo-
niga bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bi-
lan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni ada-
biyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va
adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola
tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ik-
kala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va
qan day o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu
ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik
ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti,
maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha
yaratilgan soha darsliklariga
2
tayangan holda «Adabiyot o‘qitish
1
Adabiyot o‘qitish metodikasi. (Pedagogika institutlari va uniersitetlarning
filologiya fakultetlari uchun dasturiy qo‘llanma). Tuzuvchilar: Q. Yo‘ldoshev, O.
Madayev, A. Abdurazzoqov. – T.: 1994. 11 – 12-betlar.
2
S. Dolimov, H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.:
«O‘qituvchi», 1967; A. Zunnunov, N. Hotamov, J. Esonov, A. Ibrohimov. Adabiyot
o‘qitish metodikasi. – T.: «O‘qituvchi», 1992; B. To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish meto
-
dikasi. – T.: «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi», 2010.
8
9
metodikasi» fanining
Do'stlaringiz bilan baham: |