17
navvarqori, A
vloniy, Sadriddin Ayniy, So‘fizoda, Hoji Muin, Fit-
rat, Hamza, Elbek, Shokirjon Rahimiy singari jadid maorifchilari
haqida dalillar, tahlillar, ilmiy mushohadalar va umumlashmalar
o‘z ifodasini topgan. Bir so‘z bilan aytganda, Ulug‘bek Dolimov
ilk bor pedagogika ilmida jadid pedagogikasining butun mohiyati
va ko‘lami bilan birlamchi manbalar asosida tadqiq etgan olimdir.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi sohasiga o‘z
munosib
hissasini qo‘shgan olim prof. Safo Matjonov 1947-yil 23-yanvarda
Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanidagi Qipchoq qishlog‘ida
ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1965 – 69 yillarda Nizomiy nomidagi
TDPIda tahsil olgan. S. Matjonov 1983-yilda «70-yillar bolalar qis-
salarida syujet» mavzusida nomzodlik, 1998-yilda «Umumiy o‘rta
ta’lim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish usullari»
mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Safo Matjon – bolalar adabiyoti bilimdoni. Olimning ilmiy-
ijodiy izlanishlari o‘tgan asrning 70-yillari ikkinchi yarmidan
boshlanib, asosan bolalar adabiyoti va kitobxonligi, ta’lim-tarbiya
masalalariga bag‘ishlangan. Bu ikki yo‘nalish bugungi kungacha
olim izlanishlarining asosini tashkil etib kelmoqda.
Professor S. Matjonning o‘tgan
vaqt maboynida yaratgan
«Bolalar she’riyatida lirik qahramon», «Hayot haqiqati va badiiy
haqiqat», «Og‘ir yillar qissasi», «Qahramonning ta’sir kuchi», «Shoir
ko‘p, ammo...», «Bolalar kitobxonligi», «Oila – maktab – kitobxon»,
«Hikoya qanday o‘qiladi?», «Poklanish davri va bolalar adabiyoti»,
«Bolalar adabiyoti: san’atmi yo tarbiya», «Komillik mezonlari» kabi
turli yillarda chop etilgan ko‘plab maqolalari, shuningdek, «Bolalar
adabiyotini sinfdan tashqari o‘qish», «Tiriklik suvi», «Kitob
o‘qishni bilasizmi?», «O‘qish kitobi» (4-sinf uchun hammualliflikda
yaratilgan) darsligi, «Uzluksiz ta’lim tizimida adabiyotdan mustaqil
ishlarni tashkil etish usullari», «Maktabda adabiyotdan mustaqil
ishlar» kabi yigirmadan ortiq adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plami,
darslik, o‘quv qo‘llanma hamda monografiyalarining yetakchi
g‘oyasini kitobxonlik, bolalar nasri syujeti, adabiyot o‘qitishning
dolzarb muammolari tashkil etadi. Olim
sinfdan tashqari mustaqil
ishlarga oid qo‘llanmalarida komil inson tarbiyasini bosh masala
qilib qo‘yadi, badiiyat va ma’naviyat muammolari ilmiy, ilmiy-
metodik ishlarining yetakchi mavzusi sifatida namoyon bo‘ladi.
Olimning ilmiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etuvchi kitob
va kitobxonlik muammolari ham o‘zining ilmiy-amaliy
ahamiyati
18
19
bilan alohida e’tiborga loyiq. Ushbu mavzudagi bir qator o‘quv
qo‘llanmalari bilan birga «Kitob o‘qishni bilasizmi» nomli kito-
bida kitobxonlik madaniyati haqida so‘z yuritiladi, badiiy asarni
o‘qish va uqish salohiyati haqida qimmatli mulohazalarni bayon
etiladi: «
Do'stlaringiz bilan baham: