22
23
biyoti» (hamkorlikda) darslik-majmuasi, oliy o‘quv
yurtlarining
qoraqalpoq guruhi talabalari uchun «O‘zbek tili» (hammualliflik
-
da) o‘quv qo‘llanmalari ham chop etilgan.
Professor B. To‘xliyevning: «Qadimgi turkiy yozma
yodgorligi «Qutadg‘u bilig», «Irq bitig – Qadimiy hikmatlar»,
«O‘lmas obidalar», «Donolar gulshani» (hammualliflikda), «Yusuf
Xos Hojib. «Qutadg‘u bilig», «Bilim – ezgulik yo‘li», «Yusuf
Xos Hojib. «Qutadg‘u bilig» to‘rtliklari» (hammuallif), «Hozirgi
o‘zbek adabiy tili» darslarida yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi»
(hammuallif), «Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi Yusuf
Xos Hojib talqinida» (1-kitob), «Adabiyot o‘qitish metodikasi
(amaliy mashg‘ulotlar)», «Til va adabiyot ta’limining zamonaviy
texnologiyalari» (hammuallif), «Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodi (Albom-qo‘llanma)», «Alisher
Navoiy hayoti va
ijodi (Albom-qo‘llanma)», «Yusuf Xos Hojib va turkiy xalqlar
folklori»,»Badiiy asarni sharhlab o‘rganish, «Qutadg‘u bilig»
(nasriy bayoni) singari ishlari adabiyot o‘qitish ilmi va amaliyoti
uchun o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Professor B. To‘xliyev qalamiga mansub «Adabiyot o‘qitish
metodikasi»
11
o‘quv qo‘llanmasi filologik yo‘nalishdagi univer
-
sitetlar va pedagogika oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichi tala
-
balari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u muallif tomonidan yaratilgan
yangi o‘quv dasturi, ishchi dastur hamda DTS mazmun-mohiyati,
talablari asosida nashrga tayyorlangan. Kitobning yana bir ahami-
yatli jihati
shundaki, unda XX asrning 60-yillaridan to bugunga
qadar adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida izlanishlar olib bor-
gan, respublika adabiy ta’limi tamal toshini qo‘ygan S. Dolimov,
H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov, A.
Zunnunov singari metodist
olimlar faoliyatini o‘zbek metodikasi fani tarixi bilan bog‘lab
yoritilgan. Ayni damda muallif mustaqillik yillarida shakllangan
Qozoqboy Yo‘ldoshev, Safo Matjon va Marg‘uba Mirqosimova
kabi metodist olimlar faoliyatini ham yoritgan. Avlodlar davomiy-
ligi, fanning uzviy va uzluksiz rivojida muhim ahamiyat kasb etgan
adabiy ta’lim
muammolari, fan sohasidagi yangilanishlar ushbu
qo‘llanmaning birinchi, ikkinchi va uchinchi fasllarida aks etgan
bo‘lsa, keyingi boblarda badiiy asarlarni o‘rganish va o‘quvchilarda
11
To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
23
badiiy tahlil malakasini shakllantirishning samarali usullariga
diqqat qaratilgan. Adabiyot darslarini zamon talablari darajasida
tashkil qilish omillari, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirish muammolari yaxshi yoritilgan.
Olimning «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» nomli
qo‘llanmasi esa magistratura bosqichi «O‘zbek adabiyoti» muta-
xassisligida tahsil oladigan magistrlarga mo‘ljallangan.
Kursning
maqsad va vazifalarini yoritar ekan muallif quyidagilarni alohi-
da ta’kidlagan: «
Do'stlaringiz bilan baham: