yaratuvchining qudratidan hayratlanish, qahridan qo‘rqish,
go‘zalligidan zavqlanish singari xislatlarni barpo etishga ahami-
yat beradi. O‘quvchilarning qalbini tarbiyalashga, tuyg‘ularini,
hissiyotlarini noziklashtirishga diqqat qiladi. Tajalli asosida ish
ko‘radigan adabiy ta’lim komil shaxs tarbiyalashni maqsad deb
hisoblaydi
»
6
. Olim o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda
asarlarning o‘quv tahlili ustuvor mavqeda bo‘lishi lozimligini qayd
etadi.
Mustaqil yurtimizda adabiyot o‘qitish jarayonining yo‘nalishini
belgilab beruvchi «Adabiy ta’lim konsepsiyasi» nomli bosh huj
-
jatni yaratishda ham Q. Yo‘ldoshev ilg‘or qarashlarga tayangan.
Uning rahbarligida yaratilgan adabiy ta’lim standarti, dasturi, ular
asosida yaratilgan darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalarda milliy
qadriyatlar va estetik asoslar ustuvorlik qiladi.
5
Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.:
O‘qituvchi,
1996. 42-bet.
6
O‘sha asar, 81-bet.
20
21
Q. Yo‘ldoshevning «Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy
asoslari»
7
kitobida adabiy ta’lim tizimini tubdan yangilashning il-
miy-nazariy va tashkiliy tamoyillarini ishlab chiqqan. Asarda olim
o‘quvchilarga tayyor tushunchalar berish emas, balki badiiy matn
asosida o‘quvchilarda ma’naviy qarashlar, estetik did qaror topti
-
rish birlamchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib bergan. U «Ada-
biyot o‘qitish metodikasi» qo‘llanmasi mualliflaridan biri sifatida
adabiy ta’limning o‘zak masalalariga yangicha yondashuv namu
-
nasini ko‘rsatgan.
Olimning adabiy ta’limni «...
yangi ijtimoiy ong talablari dara-
jasida tashkil etishning tamoyillarini belgilash pedagogika nazari-
yasi uchun ham, adabiyot o‘qitish metodikasi uchun ham, tarbiya
amaliyoti uchun ham kechiktirib bo‘lmaydigan zarurat
»
8
ekanini
alohida ta’kidlashi adabiyot o‘qitishni yangilashning muhim ma-
salalarini ko‘zda tutadi. Milliy va chet eldagi ilg‘or pedagogik
qarashlarni qiyoslab o‘rganish, adabiyot o‘qitishda tayaniladigan
metodik, pedagogik va estetik asoslarga yangilanayotgan peda-
gogik tafakkur nuqtai nazaridan yondashuv olimning ilmiy tadqi-
qotlari qimmatining oshuviga sabab bo‘ldi.
Q. Yo‘ldoshev tomonidan «Adabiyot o‘qitish konsepsiyasi»
ishlab chiqildi. So‘ngra shu yo‘nalishning «Davlat ta’lim stan darti»
(Q. Husanboyeva bilan hamkorlikda) yaratildi. Bu davlat ahamiya-
tiga molik rasmiy hujjatlarga tayangan holda «Adabiyot» dasturi va
darsliklarning yangi avlodi yozildi. Bularning yarati lishida olim-
ning xizmatlari katta bo‘ldi. Q. Yo‘ldoshev «Adabiyot» darsliklari
pedagogika, metodika, psixologiya va adabiyotshunoslik ilmidagi
eng yangi qarashlarga tayangan holda yaratilib, yangi davr nafasini
aks ettirishiga alohida e’tibor qaratdi.
Bundan tashqari, «Adabiyot» darsliklariga qo‘yiladigan talab-
lar», «Adabiyot» majmualariga qo‘yiladigan talablar» kabi rasmiy-
metodik hujjatlarga ham u mualliflik qilgan.
Olimning «Adabiy saboqlar 8»
9
kitobi umumta’lim maktabla-
rining 8-sinf «Adabiyot» darsligidan foydalanish yuzasidan meto-
7
O‘sha asar, 22-bet.
8
Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: O‘qituvchi,
1996. 178-bet.
9
Yo‘ldoshev Q. Adabiy saboqlar. 8. Umumta’lim maktablarining 8-sinf «Adabi-
yot» darsligi uchun metodik qo‘llanma. – T.: Sharq, 2004.
21
dik qo‘llanmadir. Qo‘llanmada: «
O‘qituvchi bu sinfda o‘rganilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |