Alisher Navoiy-komillik timsoli. Alisher Navoiy hayoti va ijodida tarbiyaga ta'sir. Reja;
1. Alisher Navoiy-komillik timsoli
2. Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida
3. Alisher Navoiyning hozirgi hayotimizda tarbiya masalalari qanday ahamiyatga ega
Alisher Navoiy-KOMILLIK TIMSOLI - Alisher Navoiy ijodida insoniy sifatlar, shaxs komilligining belgilari o`ziga xos talqin etilgan. Hazrat Navoiyning nafaqat "Farhod va Shirin" dostonida, balki falsafiy mushohadalari va butun umr hayoti va xayolini band etgan asar "Lison-ut tayr" dostonida komillikning pog`onalari ba faqr mavzusi atroflicha talqin etiladi.Bu mavzu shoir ijodiga chuqur xalqchillik berish bilan birga, uning naqshbandiylik silsilasi bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi,chunki faqr naqshbandiylikning asosiy tushunchalaridan biri sifatida e`tirof etiladi. Insonning maxluq belgilaridan xalos bo`lib, Haq sifatlarini egallashi faqr deyiladi. Faqrga erishmoqlik uchun turli manzillar bosib o`tiladi:1.Qanoat manzili.2.Poklanish manzili.3.Bog`lanish manzili. Qanoat manzili faqrning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Shoir e`tirof etganidek, qanoatsiz faqrni va faqrsiz qanoatni tasavvur etib bo`lmaydi. "Lison-ut tayr" dostonida qanoat bilan bog`liq Hudhud hamda Burgut muloqoti berilgan. Burgut o`z qudrati bilan g`ururlanib, Simurg` safaridan ma`no yo`qligini izhor aylaganida Hudhudning keskin tanqidiga uchraydi:
Alisher Navoiy-KOMILLIK TIMSOLI - Senki maqsud istoy, ey badnafsu dun,
- Azm etordin boyla, bolgay sen zabun.
- Ozim olmay yolga solgay sen qanot,
- Chang-u, minqoru qanotingdin uyot.
- Muncha birla ozni tavsif etkasen Zoru shavkat birla tarif etkosen.
- Pahlavonu qahramon ul boldi,ul- Kim kechib jonidin etkoy azmi yol…
Shundan so`ng Hudhud tilidan qanoatsiz pahlavonon haqidagi hikoya keltiriladi. Unda aytilishicha, kuch-qudratda tengsiz pahlavonlardan biri xaloyiq bilan vaziyat taqozosiga ko`ra olis safarga chiqar ekan, yo`lda oziqsizlikka qanoat qila olmay, halok bo`ldi. Yosh bolalar ham, hatto munkillagan qariyal ham qanoat bilan yetib olgan manzilga u yetib olmaydi. Faqrning ikkinchi manzili bo`lgan poklanish ko`ngilga aloqadordir,chunki poklangan qalb ta`ma va xudbinlikdan xalos bo`ladi."Azza man qana`, zalla man ta`ma" ya`ni qanoat qilgan aziz, ta`ma bilan yashagan xordir mazmunidagi ushbu hadisni Navoiy quyidagicha ifodalagan:"ta`ma mazallatqa dalil va g`aniy tome xoru zalil". ( Ta`ma tubanlikdan dalolatdir, ta`magir odam boy-badavlar bo`lsa ham xor va tubandir) shuning uchun ham vahdat orzusidagi oshiq dunyo molidan butunlay voz kechmog`i lozim. "Lison-ut tayr" dostonidagi Hudhud va Humoy orasidagi savol-javob va unga ilova qilingan hikoyada dunyo molining o`tkinchiligi va bevafoligi haqida hikmatli o`gitlar beriladi. Bog`lanish manziliga solik faqr ma`rifatni egallaydi.So`fiy ana shu pog`onaga ko`tarilsa, u to`laligicha ollohga bog`langan, faqrda kamolotga yetgan hisoblanadi. Faqr zohiran axloq-odobni anglatsa-da, botinan ollohga intilishni, uni bir nafas ham xayoldan faromush qilmaslikni bildiradi.Shunday qilib faqr – qanoatda shohlik va Haqqa yetish yo`li. Shu sababli u xoksorlik, oddiylik, odoblilik, sadoqat, sabr, shukur singari muhim fazilatlarni qamrab oladi. Ulardan ikkitasi vafo va sadoqat muhim sanaldi. Shuning uchun ham bu ikki xislat Alisher navoiyning nafaqat "Lison-ut tayr" dostonidagi, balki boshqa asarlarida ham ulug`lanadi va insoniylikning bosh omillaridan biri sifatida tarannum etiladi. Ikkinchisi esa tavoze va kamtarlikdir. Chin hoqoni farzandi bo`lgan farhodning kamtarligi, oddiy odamlar bilan ariq qazishdagi ishtiroki ana shu yuksak fazilat – kamtarlikning yorqin badiiy ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |