Muhammadsharif so‘fizoda



Download 28,5 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi28,5 Kb.
#549786
Bog'liq
Muhammadsharif so‘fizoda


MUHAMMADShARIF SO‘FIZODA
Burgalar
Berahm, bagʻritosh, Jafokor burgalar
Berding manga koʻp muncha ham ozor, burgalar
Har yonga urib oʻzni oh ila sitamingding,
Agʻnab chiqaman kechasi bedor , burgalar
Bir menmi desam, shohu gado xasrat etarlar,
Faryod qoʻlingdan sani xunxor, burgalar
Kirgach, saraton bilan asad, sunbula, sabza
Sakrab turasan koʻrpada tayyor, burgalar.
Dunyoda yomon sen kabi maxluq boʻlurmu,
Sizlarga jazo bermasa Qahhor, burgalar.
Aytgin berayin yo qoʻlimdan ushla, toʻsib ol
Boʻynimda qancha haqing bor, burgalar.
Vahshiy bilan koʻp oʻynama , qil tavba-tazarru
Anglatgin axir senga na darkor, burgalar.
so‘fizoda XX asr boshlaridagi ijtimoiy faoliyati bilan xalqimizning milliy va ijtimoiy uyg‘onishiga salmoqli hissa qo‘shgan, 20 yillardagi she’rlari bilan esa yangi o‘zbek poeziyasini yaratishda samarali mehnat qilgan shoirlarimizdandir. Ayni paytda, u ma’rifatparvar, murabbiy sifatida ham maorif va madaniyatimiz tarixida salmoqli o‘ringa ega. U o‘ninchi yillardayoq yangi usulda maktab ochib, bolalarga dars bergan, ilm-ma’rifatni keng xalq ommasiga yoyishga jonbzlik ko‘rsatgan kishilardan edi. Binobarin, So‘fizoda haqida gap ketganda uning iste’dodiga xos bo‘lgan mana shu ikki jihatni – ijodkorligi va murabbiyligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. U xuddi mana shu jihatlari bidan XIX asrning oxiri va XX asrning boshidagi o‘zbek madaniyatining Is’hoqxon ibrat, Siddiqiy Ajziy, Abdulla Avloniy hamda Hamza Hakimzoda Niyoziy kibi vakillari bilan bir qatorda turadi.
Uning ushbu "burgalar " sheʼri 1999-yil Toshkentda nashr qilingan "Ibrat, Siddiqiy-Ajziy, Soʻfizoda" tanlangan asarlari nomli kitobga kititilgan. Bundan tashqari yana bir qancha gʻazallari, musaddaslari ham shu toʻplamda nashr qilingan.
"Burgalar" gʻazali 7 baytli gʻazal hisoblanadi.
Ushbu gʻazal matlasi burgalarga xitob shaklida boshlanadi.
Berahm, bagʻritosh, Jafokor burgalar
Berding manga koʻp muncha ham ozor, burgalar
Bu yerda shoir burgalarni insonga xos boʻlgan sifatlar bilan yaʼni berahmlik, bagʻritoshlik, jafokorlikda ayblaydi va ulardan koʻplab ozor koʻrganini taʼkidlaydi. Menimcha, shoir burgalar orqali oʻz davridagi berahm, jafokor insonlarni tasvirlamoqchi boʻlgan.
Shoir 2-misrada shu ozorlar oqibatida Oʻzini har yonga urishini, hatto kechalariyam uyqu bermasligini tasvirlar ekan Oʻz davri kishilaridan koʻplab azob-uqubatga yoʻliqqanini, ulardan qutulish uchun oʻzini har yonga urganini, chora izlaganini bayon qiladi.
3-misra
Bir menmi desam, shohu gado xasrat etarlar,
Faryod qoʻlingdan sani xunxor, burgalar
Bu misraga kelib shoir endi bulardan faqat oʻzi emas, boshqalarning ham birday xasrat etayotganini aytadi va seni qoʻling xunxor yaʼni qonga belangan deydi. Bu yerda shoir oʻz davridagi jaholatning birgina oʻzigagina emas, balki bu jaholat shohu gadoga birday taʼsir etishini aytmoqchi.
4-misra
Kirgach, saraton bilan asad, sunbula, sabza
Sakrab turasan koʻrpada tayyor, burgalar.
Ushbu misradan koʻrinib turganidek bu hasharotlarning ayni saraton, sunbula payti koʻpayishi aks ettirilgan. Shoir bu bilan jaholatga qarshi kurashlar boshlanishi bilan, xuddi shu yerda uni yoqlovchilarning paydo boʻlishini nazarda tutgan. Misol qilib aytish mumkinki kimki oʻsha paytda maʼrifatdan gap ochsa, yoki maktab qursa oʻsha inson tazyiq ostiga olingan, tahqirlangan, "xalq dushmani" kabi boʻhtonlar bilan ayblangan. Ular shoir soʻzi bilan aytganda koʻrpada tayyor turgan burgalar tazyiqiga uchragan.
5-misra:
Dunyoda yomon sen kabi maxluq boʻlurmu,
Sizlarga jazo bermasa qahhor, burgalar.
Bu misrada endi shoir ularni dunyodagi eng yomon maxluqqa qiyoslaydi, ularni jazo olishini istaydi.
Ayni shu yerda shoir Chust boylari haqida yozilgan gʻazalidagi fikrlarini bu yerda ham aytmoqchi. Yaʼni Shoir fikricha eng katta illat bu– jaholat. Mutaassiblik, takabburlik, tekinxo‘rlik, o‘zgalar haqqidan hazar qilmaslik, ziqnalik, laganbardorlik – bular hammasi ma’rifatsizlikdan. Fojia shundaki, bu bechoralar mana shu ma’rifatsizlik bilan maqtanadilar, uni ko‘z-ko‘z qilishdan huzur topadilar. Bundan ortiq baxtsizlik bormi dunyoda? Va aynan shu illat egalarini dunyodagi eng yomon maxluqqa qiyoslaydi. Keyingi misrada shoir xuddi shu jaholatni yoʻq qilishni istayotgani , buning uchun hamma narsaga tayyorligi yaqqol koʻrinib turadi.
Aytgin berayin yo qoʻlimdan ushla, toʻsib ol
Boʻynimda qancha haqing bor, burgalar.
Maqtada esa
Vahshiy bilan koʻp oʻynama , qil tavba-tazarru
Anglatgin axir senga na darkor, burgalar.
Ushbu jaholat egalarini tavba qilishga, jaholatdan voz kechishga undaydi va shu bilan ularga bundan sizga nima naf deb xitob qiladi.
Xulosa qilsak So‘fizoda shoir sifatida zamonning eng dolzarb masalalarini qalamga oldi va har biri haqida ehtiros bilan yozdi.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish