evristik metod
dir
.
Bu metod
yunoncha
izlayman, topaman
degan ma’nolarni anglatadigan
«
heurisko
» so‘zidan olingan bo‘lib, u mahsuldor ijodiy fikrlash
jarayonini tashkil qilishni nazarda tutadi. O‘quvchi ma’naviy ka
-
molotini ta’minlashda qo‘l keladigan evristik metod uning oldiga
yo‘naltiruvchi masalalar qo‘yish, tekshirish, hal etish, aks savollar
vositasida o‘qitish usuli hisoblanadi. Evristik metoddan foydalan-
ganda o‘qituvchi o‘quv materialining suhbat metodida foydalangan
tizimini to‘liq qo‘llashi mumkin. Faqat uning tarkibi qo‘shimcha
bilim olishga yo‘naltiradigan savollar bilan to‘ldiriladi.
Mazkur metod tahlili shuni ko‘rsatadiki, u suhbat metodida
bo‘lgan barcha usullarning birgalikda qo‘llanilishini taqozo etadi.
Evristik metodda yetakchilik qiladigan savollar qo‘zg‘otuvchi aha
-
miyat kasb etadi. Bunday asosdagi suhbat tizimi topshiriqni baja-
rish, jarayonni kuzatish, savollarga javob berish, ma’lumot olish,
xulosa chiqarish va xulosalarni taqqoslash yo‘lga qo‘yilganda,
96
97
o‘quvchilarning fikrlash hamda bilim olish mustaqilligi ancha
ko‘tariladi. O‘quvchilar taqqoslash, tahlil qilish, dalillar keltirish
bilan birga ma’lum umumlashmalar qiladilar, farazlarni ilgari sura-
dilar, zarur ashyolar, materiallar to‘playdilar, xulosalar chiqaradi
-
lar, o‘z faoliyatini rejalashtiradilar. Bu o‘qitishning yangi usullari
bo‘lmish bilimlarni faollashtirish zaruratini tug‘diradi.
Evristik metoddan foydalanib ta’lim jarayonida belgilangan
maqsadga erishish uchun o‘qituvchi xabardorlikni talab qiluvchi
savollar qo‘yish, taqqoslash uchun materiallar taqdim etish, faraz-
larni ilgari surish, ularni tasdiqlovchi tajribalar qilish, kuzatish
uchun topshiriqlar berish, tahlilga yo‘naltirish, qiyoslash uchun
murakkab amaliy topshiriqlar berish, muammoli savollar qo‘yish,
muammoli vaziyatlar hosil qilishi kerak bo‘ladi. Shu metodda tash-
kil qilingan darslarda o‘quvchilarning faoliyati bilimlarni vaziyatga
muvofiq qo‘llash, taqqoslash, farazlarni ilgari surish va asoslash,
kuzatish, farazning to‘g‘riligini tekshirish, tajriba tahlili, bilimlarni
o‘zgargan vaziyatlarda qo‘llash, dalillar keltirish, umumlashtirish,
mustaqil amaliy ishlar tahlilini amalga oshirish, muammoli ma-
salani hal etish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Evristik metodda taqdim etilgan savol, topshiriq va ko‘rsatmalar
ogohlantiruvchi xususiyat kasb etadi. Ya’ni ular topshiriqning ba
-
jarilishi oldidan, mazkur bosqichga moslab qo‘yiladi yoki uning
yechimi davomida o‘rtaga tashlanadi. Adabiy ta’lim jarayonida
qo‘llanilgan evristik metod o‘quvchilarning fikr mustaqilligini
ta’minlaydi, ularda mustaqil mulohaza yuritish, muhokama qilish,
xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Masalan, O‘. Hoshimovning 6-sinf «Adabiyot» darsligi-
ga kiritilgan «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasini
36
evristik
metoddan foydalangan holda o‘rganishni quyidagicha tashkil etish
mumkin. Muallif hikoyada hayotdagi qiyinchilik, qashshoqlik in
-
son ma’naviyatini sinovdan o‘tkazuvchi bir vosita ekanini oddiy
o‘zbek oilasi misolida namoyish eta bilgan. Asarni o‘qishdan oldin
uning «Adabiyot» dasturidagi talqini bilan tanishish, asarga qan-
day yondashish lozimligini qat’iylashtirib olish zarur. Hikoya mat-
nini to‘liq o‘qib chiqish uchun birinchi darsning 23 – 25 daqiqasi
sarflanadi. Mazkur hikoyani o‘rganishga dasturda belgilangan ikki
36
Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik-maj-
mua. – T.: «Ma’naviyat», 2005. 158-b.
97
soatning bir qismi hikoya matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishga
bag‘ishlanadi.
O‘qituvchi bu asarni o‘rganishga ajratilgan ikki soatni yax
-
litlab, ikki akademik soatdan bir kunda qatorasiga foydalansa,
o‘quvchilarning matn mutolaasi davomida olgan taassurotlari,
ko‘ngillaridagi hissiyotlar asar ustida ishlash jarayonida «issig‘ida»
tilga chiqa boshlaydi. O‘quvchilar tahlil mobaynida tug‘ilgan fikr-
lariga ruhiyatida paydo bo‘lgan tuyg‘ularni ham qo‘shib ifodalay-
dilar. O‘quvchilarning o‘z kechinmalarini yashirmay ifodalashi
ularda shaxslik sifatlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi.
O‘qituvchi matnni o‘qiyotganda Shoikromning holati ifo
-
dalangan o‘rinlarni toliqqan, onaning so‘zlarini yana-da yumshoq,
Xadichaning ovozini qalbakiroq ohangda, muallifning so‘zlarini
qat’iyroq, Shone’matning ovozini dardli, siniq tarzda ifodalashi
kerak bo‘ladi. Shoikromning pushtalar orasida mukka tushib yot-
gan onasini ko‘rgandagi holati va qichqirig‘ini mutolaa jarayonida
tabiiy ifodalay olish uchun o‘qituvchi shu holatni to‘liq his qilishi,
o‘zini bunga avvaldan tayyorlashi lozim bo‘ladi.
Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘qituvchi bir oz tin olib,
o‘quvchilarini kuzatishi, tinglovchilar qanday holatdaligini, hikoya
qahramonlari ruhiyati, kechmishi, dard-iztiroblari ularga qanday
ta’sir etganligini aniqlab olgani tuzuk. So‘ng o‘quvchilar ko‘nglida
paydo bo‘lgan iztirob, achinish hissini ularning tiliga olib chi-
qish uchun bir qator savollarni o‘rtaga tashlash mumkin. Bu xil
savollar darslikda ham bor. O‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarining
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularni soddalashtirishi yoki
murak kablashtirishi, zarurat bo‘lsa, o‘zi yangi savol-topshiriqlar
qo‘shishi ham mumkin.
E’tibor qilinsa, hikoya boshdan-oyoq bir xil mahzun ohangda
bitilganligini payqash mumkin. Chunki asarda tasvirlangan
taqdirlar, shu taqdirlar namoyon bo‘lishi, mazkur voqealar ro‘y
bergan davr qayg‘uga monand edi. Urush davrining ohangi o‘q va
yig‘i ovoziga esh edi. Ana shu hayotiy ohang hikoyaga ko‘chganligi
uning ta’sir darajasini yana-da oshirgan.
O‘qituvchi, eng avval Shoikromlar ro‘zg‘orining fayzsizli-
gini ifodalovchi lavhaga o‘quvchilar diqqatini qaratadi. Ko‘pdan
beri dam olmagan, boshi tashvishlardan chiqmayogan, yetish
-
movchiliklar iskanjasida qolgan kishi ko‘ziga aslida g‘arib va
98
99
fayz
siz bo‘lgan tirikchiligi nihoyatda xunuk ko‘rinishi tabiiy ekan
-
ligini anglashga, ziyrak torttirishga, ogohlantirishga undaydigan:
«Shoikrom oilasida ro‘zg‘orning bu qadar fayzsizligi sababi ni-
madan deb o‘ylaysiz?» tarzidagi savol o‘rtaga tashlanadi. Aslida,
ro‘zg‘or jihozlarining Shoikrom ko‘ziga bu qadar sovuq ko‘rinishi
sabablari alohida tasvirlanmagan bo‘lsada, detallar ana shu fayz-
sizlik sabablariga ishora qiladi. O‘quvchilar ro‘zg‘orning bunday
tarovatsizligiga Shoikromning xotini yoki o‘zini aybdor deb qa-
rashlari yohud buning sabablarini boshqa bir qator jihatlar bilan
izohlashlari mumkin. Muhimi, ular hikoya personajlariga befarq
bo‘lmasalar, o‘zgalar tashvishini chekib, oqibatning sabablarini
payqashga urinsalar bas.
Hikoya qahramonining o‘yga botganligi, uning ruhiy holatida-
gi notinchlik bilan tabiatdagi holat – ikki bezovtalikning sabablarini
topishga urinish zarur: «Nima deb o‘ylaysiz, Shoikromning holati
bilan tabiatdagi bezovtalik o‘rtasida qanday mutanosiblik bo‘lishi
mumkin?» Qahramonlar haqida o‘ylash, mulohaza yuritish, ular-
ning kundalik hayoti, kechinmalar, xatti-harakatlarini taftish qila
borish, baholash o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan faollashti
-
radi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘quv tahlili bilan asardagi voqealarni
qayta hikoyalashni almashtirib qo‘ymasligi, ya’ni o‘quvchilarning
hikoya mazmunini shunchaki aytib berishlariga yo‘l qo‘ymasligi
kerak.
Hikoyaning jiddiy tahlili o‘quvchilarni hayotning nechog‘lik
murakkab ekanligiga, odam va uning amallari to‘g‘risida har qan-
day holatda ham to‘g‘ri bo‘laveradigan fikr aytish mumkin emasli
-
giga imon keltirishga majbur qiladi. Asardagi Xadicha obrazining
tabiatini baholash uchun o‘quvchilar uning beshikda yotgan bo
-
lasiga, eriga, qaynonasiga munosabatini, ro‘zg‘or tutumi tarzini
atroflicha o‘rganishlari lozim bo‘ladi. O‘shanda ham jizzaki, ayni
vaqtda, eri va farzandlariga mehribon, tinib-tinchimas, ammo baxti
qaro, yoqimsizroq bu ayolning yaxshi yoki yomonligi to‘g‘risida
hukm tarzidagi qat’iy xulosani aytish mushkul: «Sizningcha, Hadi
-
cha qanday ayol? Uning eriga, bolalariga bo‘lgan munosabatiga
e’tibor qiling. Uning jizzakiligi sabablari haqida o‘ylab ko‘ring».
Og‘ir turmush, yo‘qchilik har bir odam uchun sinov, ba’zilar uchun
esa, to‘qchilik va farovonlik ham o‘ziga xos sinov. Hamma ham
bu sinovlardan birday o‘tavermaydi. Odamga xos asl fazilatlar ana
shunday vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatadi.
99
Shoikrom timsoli – Xadichadan-da murakkab. U – tabiatan
fikr kishisi, mulohazali odam. Tasvirning umumiy maromi u haqda
shu taxlit xulosa chiqarishga olib keladi. O‘n kundan beri ukasining
holidan xabar olmagani, uning og‘ziga bir kosa sut tutolmagani-
dan eziladi, o‘zidan nafratlanadi, ayni vaqtda, onasidan ovqatni
qizg‘angan xotinini ham tushunishga harakat qiladi. Bu haqdagi
fikrlarini yorilib birovga bildira olmaydi. U qahri qattiq ham, mehr
-
siz ham emas. Lekin ruhiyati ustunlari imonning talablaridan emas,
sharoit imkoniyatlaridan tiklanganligi uchun ham omonat: «Nima
deb o‘ylaysiz, nega Shoikrom xayoliga o‘g‘ridan q asos olish fikri
kelganida vujudi titrab ketsa-da, ahdidan qaytmadi? Razolatga qar-
shi qabohat bilan kurashib bo‘lmasligini tan olgisi kelmaganining
sabablari haqida o‘ylab ko‘ring». Odamzot, umuman yovuzlikka,
yomonlikka qarshi qat’iy qanoat shakllantirmay turib ezgulikning
xizmatida bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham mehribon o‘g‘il, riso
-
ladagiday ota bo‘lgan yigit o‘zi bilmagani, istamagani, xayoliga
ham keltirmagani holda qotilga aylandi. Yana o‘z onasining qoti-
liga... O‘quvchilar bu qadar murakkablik qarshisida qanchalar ko‘p
o‘yga tolsalar, shuncha yaxshi. Chunki ularda shu tariqa hayotiy
qarash, nuqtai nazar shakllanadi.
Asardagi ona timsoli tahlil qilinayotganda o‘quvchilar Umri
xola katta o‘g‘lininig oldiga chiqqani sababini, uning: «
Do'stlaringiz bilan baham: |