Agar bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak,
eng avvalo, ularni ertaklar to‘qishga, sarguzashtlar tuzishga un-
76
77
dash kerak. Fikrni faqat yangi, avval uchramagan, tortishuvlarga
sabab bo‘ladigan masalalarga sarflash lozim. Zerikish – fikrning
dushmani
»
32
, – degan edi italiyalik ertakchi adib J. Rodari.
Ko‘pincha, ta’lim amaliyotida o‘quvchiga tayyor bilimlarni
«yig‘ib oluvchi»lik roli topshiriladi. Ta’limning bunday bir yoqla
-
ma tashkil etilishi xotiraning mexanik faoliyatiga tayangan bo‘lib
unda tuyg‘ular, fikrlar ishtirok etmaydi, binobarin, bunday ta’lim
o‘quvchini faol ijodiy ishlashga o‘rgatmaydi.
Inson psixologiyasi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlardan
ma’lumki, o‘quvchi bir narsani ikki marta eshitishni xushlamay
-
di. Vaholanki, ta’lim tizimida, hatto, bugun ham o‘quvchi bitta
ma’lumotga kamida to‘rt marta – o‘quv materiali yangi mavzu sifa-
tida tushuntirilganda, u mustahkamlanganda, uy vazifasini bajarish
mobaynida va keyingi darsda javob berish jarayonida to‘qnashadi.
Hamma darslarning uy vazifasini so‘rash, yangi mavzu bayoni,
uni mustahkamlash va uyga topshiriq berish tarzida bir xil tizimda
olib borilishi boladagi qiziquvchanlikni susaytirib, ta’lim-tarbiya
jarayonini zerikarli qilib qo‘yadi. Darslar o‘quvchining qiziqish va
istaklariga muvofiq tashkil qilingandagina samarali bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish maqsa
-
dida tashkil qilingan adabiyot darslarida ularga ma’lum vaqt ichida
bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriq beradi. Masalan, 8-sinfda Ali-
sher Navoiy va Nodiraning umrbayoni hamda g‘azallari o‘rganilib,
o‘quvchilar shoirlar uslubini bir qadar farqlaydigan bo‘lganlaridan
so‘ng, ularga o‘rganilgan g‘azallar ichidan ikkitasi maqta’si olib
qo‘yilgan holda taqdim etiladi. O‘quvchilardan ularning qay biri
Navoiy qalamiga, qaysinisi Nodira ijodiga mansub ekanini aniq-
lash talab qilinadi. Topshiriqni to‘g‘ri bajarish uchun o‘quvchi
asarning mazmuni, uslubi va unga singdirilgan muallif shaxsiyati-
ga xos jihatlarga asoslanishi kerak bo‘ladi. Bu topshiriqni o‘z mud-
datida bajarish uchun o‘quvchi vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi va qi-
ladigan ishlarini puxta rejalashtirishi talab etiladi. Shuning o‘ziyoq
o‘quvchini mustaqil o‘ylashga majbur qiladi. Har ikkala g‘azalni
o‘qib, adabiy qahramon hissiyotini tuyib shu asosda muallifini
aniq lash o‘quvchini ilmiy haqiqatni topishga intiladigan tadqiqot
-
chi holatiga soladi.
32
Родари Ж. Грамматика фантазий. Перевод с итальян. Ю. А. Добровольский.
– Москва: «Прогресс», 1978. S. 190.
77
O‘smir o‘quvchilar oldiga har xil adabiy timsollarni mus
-
taqil taqqoslash talabini qo‘yish ularda qat’iy qaror qabul qilish
ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quvchida bunday
ko‘nikmani hosil qilish uchun, avvalo, uni konkret shaxs yoki
hodisani kuzatish, taqqoslab o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘ra
bilish, umumiy va xususiy jihatlarni, ikkinchi darajali narsalarni
ajrata bilishga yo‘naltirish talab qilinadi.
Adabiy ta’lim jarayonida taqqoslash – tafakkurning oddiy, shu
bilan birga favqulodda ahamiyatli turi hisoblanadi. U muayyan
umumiylikka ega bo‘lgan har xil hodisalarni qiyoslashdan yuzaga
keladi. Umumiy belgilarga ega bo‘lgan predmetlar solishtirilganda
ularning farqli tomonlari ham ko‘rinadi. Ikki yoki bir nechta tim
-
sol tabiatidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash uchun inson
fikran ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratadi, belgilarini aniq-
laydi (analiz qiladi) va ularni taqqoslagan holda umumiy tomonla
-
rini tayin etadi (sintez qiladi).
9-sinfda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qah-
ramonlari Kumushbibi va Zaynab timsollarini o‘zaro taqqos
-
lash mumkin. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchidan quyidagicha
yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlar tuzish talab qilinadi: «Kumush
-
bibi bilan Zaynabning qanday o‘xshash jihatlari bor? Kumush ta
-
biatidagi fazilatlarning ildizini matndan topib, izohlang. Zaynabda
o‘z baxti uchun kurashish fikri qanday tug‘ilgani haqida o‘ylab
ko‘ring. U kurashning boshqacharoq yo‘lini topishi mumkinmidi?
Nega topolmadi? Zaynabga nisbatan ko‘nglingizda qanday tuyg‘u
paydo bo‘ldi? Achinishmi, nafratmi, rahm-shafqatmi? Buning sa
-
babini toping» va hk.
Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi tafakkuri mustaqilligiga
erishish uchun o‘qituvchidan o‘quvchilarni darslikda berilgan
tushuncha-yu xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish va dalillashga,
bu yo‘lda eng qulay usul va metodlardan foydalanishga, har bir
narsa-hodisa yuzasidan mustaqil fikr yuritishga, vaziyatga ijodiy
yondashishga, birovlarga, hattoki o‘qituvchisiga ham, yoqish-yoq
-
masligidan qat’i nazar, o‘z fikrini aytishga o‘rgatish talab qilinadi.
Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr yuritish usullari bilan
tanishtirib borishi; qolipda fikrlashga yo‘l qo‘ymasligi, nafaqat
darslik mualliflari, balki o‘rtoqlarining fikr-mulohazalarini takror
-
lamaslikka, ijodiy izlanishga yetaklashi; o‘quvchilarning individu
-
78
79
al xususiyatlarini hisobga olib, ularning aqliy imkoniyatlarini ish-
ga sola bilishi; har bir o‘quvchi oldiga o‘ziga xos muammo qo‘ya
olishi va uni yechishga yo‘naltirishi; uchraydigan qiyinchiliklarni
yengishga odatlantirishi zarur.
O‘quv topshiriqlarining noto‘g‘ri qo‘yilishi, o‘quvchilardan
erkin mulohaza yuritishni izchil ravishda talab etmaslik va mus
-
taqil fikrlash qobiliyati qanchalik rivojlanganiga e’tibor bermaslik
adabiyot darslarida fikr yuritish faoliyati mustaqilligini rivojlanti
-
rishga to‘siq bo‘ladigan asosiy sabablardir. O‘quvchilardagi tan-
qidiy tafakkur va mulohazaning yetarli darajada taraqqiy etmagan-
ligi, estetik did hamda madaniy saviyaning pastligi badiiy asar
qimmatini yuzaki baholashga olib keladi. Asar to‘g‘risida chuqur
fikr yuritmasdan turib unga baho berishga shoshilish hollari asl tur
-
mush bilan badiiy asar o‘rtasidagi farqni anglay olmaslikdan kelib
chiqadi.
Bugungi adabiy ta’lim metodikasi o‘quvchining u yoki bu ba
-
diiy asarni o‘qib, tushunishining o‘zini yetarli emas deb hisoblay-
di. O‘quvchi asarga yangicha yondasha bilishi ham kerak. Shunda
uning mustaqil nuqtai nazari shakllanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki,
bu fazilat o‘zgalarning tashqaridan bergan ko‘rsatmalari mahsuli
emas, o‘spirinning shaxsiy fikri, mustaqil o‘ylashi va bir qarorga
kelishining natijasi bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarining tortin
-
choq bo‘lishiga, fikrini ochiq aytmay, dilida saqlab qolishiga yo‘l
qo‘ymasligi kerak.
Adabiyot darslarida o‘quvchini faqat o‘zi yaxshi bilgan, ko‘p
va chuqur o‘ylagan narsalar haqida fikrlashga, yozishga undash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchi uchun o‘zi yaxshi bilmagan,
o‘ylamagan mavzu haqida yozishdan azobliroq yumush yo‘q.
Bunday topshiriq uning shaxsida yuzakilikni keltirib chiqaradi,
ko‘chirmachilikka majbur qiladi. O‘quvchida bezovta, uyg‘oq qal
-
bni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga, tabiatga, hayvo
-
not va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish uyg‘otish, har bir
narsaning mohiyatiga kirishga yo‘naltirish lozim bo‘ladi.
O‘quvchining mehnati oson bo‘lishi kerak emasligi, ularni
mustaqil bilim olish, ko‘nikma shakllantirish, malaka hosil qi-
lish, mehnatga qiziqtirish, o‘zida muayyan axloqiy sifatlarni qa-
ror toptirishga odatlantirish zarurligi, bu esa qiyinchiliksiz amalga
oshmasligi taniqli pedagoglar tomonidan ko‘p bor ta’kidlangan.
79
Faqat qiyinchiliklarning me’yorini bilish muhim ahamiyat kasb
etadi. Toki, bu mehnat o‘quvchining yosh xususiyatlariga mos,
o‘zlashtiriladigan bo‘lishi, uni bajarish huzur va zavq bag‘ishlashi
lozim. Insonga nisbatan bo‘lgan talabchanlik uni kamolot sari ye-
taklashi va o‘zini rivojlantirishga undashi kerak.
O‘quvchilarda o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmasini shakllan
-
tirishga boshlang‘ich sinflardan e’tibor berish lozim. Ma’lumki,
boshlang‘ich sinf va kichik o‘smirlik davrida diktant yoki bayon
yozishda yaxshigina natijalarga erishgan o‘quvchilar yuqori sinf-
larga borganda adabiy yoki erkin mavzularda ijodiy ishlar yozishga
qiynalib qoladilar. O‘zgalarning fikrini juda chiroyli qilib takrorlab
beradigan «savodli» o‘quvchilar ko‘pincha o‘z fikrlarini ifodalab
berolmaydilar. Ular yo asar mazmunini qayta hikoya qiladilar
yoki darslik mualliflari yoxud o‘qituvchining asar haqidagi fikr
-
larini takrorlaydilar. Ko‘pchilik o‘quvchilar maktabni o‘z fikr va
qarashlaridagi originallik keraksiz ekaniga ishongan holda bitirib
ketyaptilar. Shuning uchun ham fikrni ifodalash ishini fikr aytish
-
ga uyalmaydigan davrdan, ya’ni boshlang‘ich sinflardan boshlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Adabiyot darslarida badiiy asarlar bilan ishlash ijodkor-
larning asarlari zamiriga singdirgan yuksak insoniy g‘oyalarni
o‘quvchining ko‘ngil mulkiga aylantirishdir. Bu o‘quvchilar ularni
faqat o‘qishi bilan emas, balki tom ma’noda uqishi, o‘rganishi va
bilganlarini yozma yoki og‘zaki ravishda ifodalashi orqali amal-
ga oshiriladi. Adabiyot darslarida asosiy ish asarni o‘qish, matn
haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish, uni tahlil qilishdan iborat.
Badiiy asarlar orqali o‘quvchining hayotga yaqin, qiziqarli masa
-
lalar bilan doim band bo‘lgan aqli o‘quv materialini o‘zlashtiradi.
Kuzatishga, mantiqiy asoslar va xulosalarga o‘rgangan o‘quvchi
asta-sekinlik bilan qachonlardir o‘zi uchun mavhum bo‘lgan fikr
-
larni ham ilg‘aydi, ularda ham qiziqarli narsalarni ko‘ra biladi.
O‘qilgan badiiy asarni o‘rtoqlari bilan birgalikda tahlil qi-
lish, asar matnidagi hayotiy muammolarga munosabat bildirish
o‘quvchida tanqidiy nazarni shakllantiradi. Bu hol tarbiyalanuv-
chilarni biror ishga yuzaki yondashmaslikka, puxta o‘rganmay,
asoslar topmay turib fikr aytmaslikka o‘rgatadi. Aslida tanqid
to‘plangan qator ma’lumotlar asosida tahliliy muhokama qilishdir.
O‘quvchini shunday belgilarni qidirishga va ularni tahlil qilishga
80
81
o‘rgatish uni jiddiy fikrlashga, ehtiyotkorlik bilan mulohaza yuri-
tishga moyil qiladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda ular bilan asar haqida suhbatlashish, ularni asar matni-
dan javob izlashga majbur etadigan savollar berish, bu savollar yor-
damida o‘quvchini asar mohiyatiga olib kirish, undagi tasvir haqi
-
da ongli ravishda, to‘la ishonch bilan ma’lum xulosalarga kelishga
ko‘maklashish juda muhim. Badiiy asar tahlili jarayonida asarning
mazmun va shakli orasidagi aloqani nazardan qochirmaslik, unda
aks etgan shaxs bilan jamiyat orasidagi munosabatga e’tibor qara-
tish darsning samaradorligini ta’minlaydi.
Badiiy asarni to‘laqonli o‘zlashtirish tuyish va fikrlashning
birligi orqali amalga oshadi. O‘zlashtirish uchun esa fikrlash lozim.
Har qanday asar zamirida uning tahliliga asos bo‘ladigan jihatlar
ifodalangan bo‘ladi. Hamma gap tahlil jarayonida hayotiy va ba-
diiy mantiq asosida mana shu jihatni ilg‘ay olishdadir. Masalan,
7-sinf «Adabiyot» darsligida «Ravshan» dostonidan parcha beril
-
gan. Darslikda «O‘zbek xalqining go‘zal qiz to‘g‘risidagi tasav-
vurlariga o‘z munosabatingizni bildiring» degan topshiriq bor.
O‘quvchi bu topshiriqni bajarish uchun doston matniga qayta-
qayta murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Darslikda berilgan par-
chada (22-bet) Zulxumorning go‘zalligi ta’rifi: «
Do'stlaringiz bilan baham: |