mustaqil fikrlash –
insonning
o‘z oldida turgan muammoni aniq belgilangan maqsad va vazi-
falarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy tajribalariga taya
-
nib, o‘z intellektual imkoniyati darajasida turli yo‘l, usul, vosi-
talar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qaratilgan aqliy
faoliyatidir
.
Ma’lum bo‘lishicha, fikr mustaqilligi darajasi inson aqliy faoli
-
yatining tashabbuskorligi, pishiqligi va tanqidiyligida aks etadi.
Kishi fikri mustaqilligining belgilaridan biri –
tashabbuskorlik
in-
sonning o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yishi, ularni amal-
ga oshirish uchun zarur bo‘lgan usul hamda vositalarni qo‘llashida
namoyon bo‘ladi. Bu faoliyatning
pishiqligi
vazifalarni tez baja-
rish, bu jarayonda qo‘l keladigan usul va vositalarni tezkorlik bilan
izlab topish, ularni farqlashda ko‘rinadi. Aqliy faoliyat
tanqidiyligi
esa mustaqil fikrlovchining voqea-hodisaga munosabati, uning xu
-
susiyatlarini ajrata bilishida aks etadi.
Ma’lumki, tafakkur faqat ta’lim jarayonida shakllantirilmaydi.
Inson faqat ta’lim-tarbiya muassasalarida fikrlashga o‘rgatilmaydi.
U har bir ruhan sog‘lom insonda tabiatan mavjud bo‘lgan aqliy-jis-
moniy hosiladir. U har kimda o‘ziga xos tarzda, o‘z intellektual da-
rajasida mavjud. Ta’lim-tarbiya jarayonida tafakkurning shakli, si-
fati, darajasini tarbiyalash, ma’lum yo‘nalishini belgilash, uni say-
qallash va rivojlantirish mumkin. O‘quvchi fikrining ta’sirchanligi,
ehtiyotkorligi, harakatchanligi yoki faoliyatsizligi, o‘sish-rivojla-
nishi uning ta’lim jarayonida shakllantiriladigan sur’ati va sifatiga
ham bog‘liq. Inson fikrlashining hissiy, obrazli, mantiqiy salmog‘i
tafakkur jarayonining rivojlanish sur’ati bilan qanchalik aloqador
bo‘lsa, uning sifat yo‘nalishlari bilan ham shunchalik bog‘liq.
«Maqsad, vazifalari o‘zga shaxslar tomonidan belgilab
qo‘yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan holda boshqalar-
ning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan jarayonda
ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mustaqil tafak
-
kurga ega bo‘lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadilar.
Ularning tafakkuri ...o‘sish-rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaq-
il fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behaf
-
sala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qaramligi, muteligi
71
jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, alohida odam
uchun fojiadir»
31
,
– deydi taniqli psixolog E. G‘oziyev.
Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan
uzviy bog‘liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum
soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyalar yaratil
-
gan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday fikr
sermahsul, samarali hisoblanadi.
Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil
ravishda bajarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati (ishning pishiqligi,
asoslarning kuchliligi)
– tafakkur mustaqilligi darajasini o‘lchash
mezoni
bo‘lib xizmat qiladi.
Ish jarayonida inson aqlining faoliyati uning o‘zi tomonidan
kuzatilmaydi. O‘quvchilarda fikrlashning mustaqilligi darajasini
nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish o‘qituvchining
vazifasi. Buning uchun o‘qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayoni-
ning har bosqichida har bir o‘quvchi shaxsi, intellektual imkoni
-
yatlari, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.
Bola yosh bosqichlariga ko‘ra turfa qiziqishga ega bo‘ladi,
o‘ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat
ko‘rsatadi, borliqqa munosabati ham har xil bo‘ladi. Beshinchi,
oltinchi sinf o‘quvchilari – kichik o‘smir yoshidagi bolalarning
o‘qituvchilar va bir-birlari bilan o‘zaro munosabatida ma’lum
o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu davrda faollikning xususiy
shakllari kuzatiladi, ularning intellekti o‘zini namoyish eta bosh-
laydi. 11 – 13 yoshli bolalarning ko‘pchiligi o‘qishga beparvolik
bilan qaraydilar: o‘zlarini oshiqcha qiynamaydilar, uy vazifasini
berilgan topshiriq darajasidagina bajaradilar, ba’zan shuni ham qil-
maydilar. Ko‘pincha, o‘zlarini ovutadigan boshqa narsalarni o‘ylab
topishga moyil bo‘ladilar.
O‘smir yoshidagi o‘quvchida boshlang‘ich maktab bola
-
siga xos bo‘lgan insonni baholashdagi biryoqlamalik kamayadi.
5 – 7-sinf o‘quvchisini shaxsning axloqiy sifatlari, uning ichki
dun yosi, xarakterining shakllanishi va bunga turtki bo‘lgan omillar
qiziqtiradi. Ammo o‘smir hali adabiy qahramonni uning shaxsiga
xos bo‘lgan barcha jihatlar bilan yaxlit qabul etish va baholash
-
ga qodir emas. U ko‘pincha qahramonning biror fazilatiga taya
-
nib shaxsini baholaydi. O‘rta maktabning dastlabki bosqichidagi
bolalar fikrlashida anchagina sabrsizlik seziladi. Bu davrda ular
31
G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1990. 60-bet.
72
73
darsda bajari ladigan ishlarning tezligiga ehtiyoj sezadilar, oradagi
bo‘shliqlarni qiynalib o‘tkazadilar. Qiyin, murakkab vaziyatlarning
uzoq saqlanishini yoqtirmaydilar. Shunisi xarakterliki, bu yoshdagi
bolalar ning ko‘pchiligi berilgan topshiriqni yoki bir o‘tirishda qo-
yillatib hal qiladilar yoki umuman bajarmaydilar.
Bu bosqichdagi o‘quvchilar bilimlarni o‘ta maydalangan,
tay yor holda qabul qilishni xushlamaydilar. Ayrimlar vazifani
ko‘chirmasdan o‘zlari yechishga moyil bo‘ladilar, agar topshiriqni
o‘zlari hal qila olishlariga ko‘zlari yetsa, ustozining qo‘shimcha
tushuntirishlaridan qochadilar. Ba’zan ularning fikr ifodalashlarida
mustaqillikni ham ilg‘ash mumkin.
Mustaqil fikr aytish istagi, o‘rganganlari orasidan o‘zinikini
ajratib ifodalashga harakat 5-sinf bolasida ham kam uchray
-
di. O‘quvchilarning bunday xulqi shaxs taraqqiyotining yangi
pog‘onasiga ko‘tarilishi bilan izohlanadi. O‘smirlar ko‘proq oltin-
chi sinfdan boshlab o‘zlarida mustaqil fikrlash sifatini namoyon eta
boshlaydilar. Bolalarning bu davrdagi jismoniy va aqliy rivojlani-
shi tafakkur faolligi xarakterini ham o‘zgartiradi: ularni mustaqil
aqliy zo‘riqishga undaydigan topshiriqlarga boy darslar ko‘proq
o‘ziga torta boshlaydi. Bu hol, avvalo, har bir predmet bo‘yicha
alohida o‘qituvchi bo‘lishi, o‘qituvchiga munosabatning tubdan
o‘zgarishi va o‘quvchi mustaqilligining ortishi bilan izohlanadi.
O‘smir yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan faoliyatga moyillik,
ishtiyoqning zo‘rligi, mustaqillikka intilish shaxslik shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab ta’limi o‘rta bosqichining birinchi bo‘g‘ini – 6-, 7-sinf-
lar o‘quvchilarida mustaqillikning shakllanish davri hisoblanadi.
Bu yoshdagi bolalar boshlang‘ichdagi kabi intizomli o‘quvchi
bo‘lib, talab etilgan topshiriqlarni bajarishdan ko‘ra o‘z kuchini
o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan narsalarga sarflashni xush ko‘radilar.
O‘quvchilarda ayrim ishlar va amaliy topshiriqlarni mustaqil baja
-
rishga moyillik kuchli bo‘ladi. Bu davrda o‘quvchini avvalgi bos-
qichlarda uchramagan topshiriqlar ruhlantiradi.
Katta maktab yoshidagi (8 – 9-sinf) o‘quvchilarda (15 – 16
yosh) inson tuyg‘ularini, uning dunyoqarashini tushunishga
bo‘lgan qiziqish ortib boradi. To‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini
o‘smirlar bilan taqqoslab ularda nazariy fikrlarning rivojlangan
-
ligini payqash qiyin emas. Bu yoshdagi o‘quvchilarda har xil
73
muammolarni o‘zlaricha mustaqil hal qilishga intilish kuchayadi.
O‘zaro tortishuv lar, munozaralar, har xil muhokamalarda qatna-
shish o‘quvchining tabiiy ehtiyojiga aylanadi. Sinflar yuqorilab
borgan sari bolada tanqidiy mulohaza kuchayadi.
Ma’lumki, darsga tegishli bo‘lmagan biror qiziqarli hayotiy
mavzu va hodisalar, kino yoki futbol o‘yinlari kabilar muhokama
qilinganda o‘quvchilarning tillari «echilib ketadi». Bunday vazi
-
yatlarda ularning juda ko‘p narsa bilishlari ma’lum bo‘ladi. Shu-
ning uchun darsliklarda bolalarning tabiati va yosh xususiyatlariga
mos keladigan qiziqarli materiallar berilishi, matnlar yuzasidan
taqdim etilgan savol-topshiriqlar biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan
tarzda turfa bo‘lishi o‘quvchilarni faollashtiradi.
Maktab davrining bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish jarayo-
nida bolalarda shunchaki evolyutsion o‘zgarish emas, balki si
-
fat jihatidan bir yangilanish yuz beradi. Bu jarayonda o‘quvchi
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlarni umumlashtirgan
holda quyidagicha ko‘rsatish mumkin. Masalan, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari aqliy rivojlanishi bilan beriladigan bilim, ko‘nikma va
malakalar nomutanosibligi, bilimlarning hamisha ham mantiqqa
asoslanmagani, oila bilan maktab tarbiyasi o‘rtasidagi tafovut;
5 – 7-sinf o‘quvchilariga xos bo‘lgan harakatchanlik bilan intizom
tizimining nomutanosibligi, ishtiyoqning zo‘rligi, ayrim murak-
kab muammolarni mustaqil hal qilishga bo‘lgan moyillik, erkinlik,
mustaqillik sari intilishning balandligi bilan ta’lim-tarbiya jara-
yonidagi bir xillik, sustlik; 8 – 9-sinf o‘quvchilaridagi odamlarga,
atrof-muhitga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi hamda
ta’lim jarayonida bunday intilishlarni qondirish imkoniyatining ye-
tishmasligi, tabiiy taraqqiyot bilan ta’limiy-tarbiyaviy jarayon ora-
sidagi nomutanosiblik singari jihatlar ko‘zga tashlanadi.
Ma’lumki, bolalar maktabgacha bo‘lgan davrida favqulodda
ijodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladilar. 5 – 6 yoshida ona tilini to‘liq
o‘zlashtirib oladilar, o‘zlarining amaliy faoliyatlari va borliqni ang-
lashlari uchun zarur bo‘lgan har xil ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Ularning bu davrdagi taraqqiyoti, odatda, muntazam o‘qitish ish-
larisiz, kattalar va tengdoshlari bilan tabiiy muloqoti jarayonida
amalga oshadi. Bolalar maktab hayotiga kirib kelganlarida, ular-
ning faoliyati dasturlar asosida tizimli bilim olishga o‘tganda bir
qadar o‘zgaradi. Bu o‘qish-o‘rganish jarayonida tabiiylikning bu-
74
75
zilgani, unga sun’iylik aralashuvi tufayli sodir bo‘ladi. Bola mak-
tabga kirgach, uning mustaqilligi, o‘z intellektual darajasidagi fikr
-
lashi va ixtiyoriy faoliyati ma’lum darajada cheklanadi. U maktab
talablariga muvofiq ravishda ish yuritishga majbur etiladi.
Bolalarga bu tarzda singdirilgan bilim, ko‘nikma, malaka va
ma’naviy sifatlar ularni doimiy ma’rifiy xizmat ko‘rsatilishga muh
-
toj iste’molchiga aylantirib qo‘yadi. Bunday ta’lim boladan bilim
-
larni mustaqil ravishda ijodiy o‘rganishni talab qilmaydi. Bir ne-
cha yillik shunday o‘qitish natijasida bola mustaqil fikrlamaydigan
kimsaga aylanadi. U har qanday aqliy zo‘riqishdan o‘zini tortib,
bunday yumushlarni yaqinlari bo‘lmish o‘qituvchi, ota-ona,
o‘rtoqlarining zimmasiga orta boshlaydi. Bunday bolalar, tabiiyki,
biror ishni bajarishdan zavq, lazzat yoki qoniqish tuymaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |