63
lar, ijodiy insholar, mustaqil i
shlar ko‘magida o‘quvchi insonni
o‘rgana boradi. U orqali o‘zini taniydi;
– a
dabiy asarlarda adib shaxsining aks etishini anglatish
.
Ma’lumki, har bir asar – bir insonning ijodi mahsuli. Hatto, xalq
og‘zaki ijodi namunasini ham kimdir, qachondir yaratgan. O‘sha
asar botiniga inson o‘z dardini to‘kadi, unga orzu-istaklari, hayo-
tining iztirobli yoki quvonchli lahzalarini joylaydi. Asar yaratuv-
chisi
ruhiyatini his etish, uning shodlik va iztiroblarini tuyish
ma’naviyatni poklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Matn ustida
ishlashda asar qahramonlari kechinmalari va shaxsini baholash
o‘quvchiga insonni o‘rganish, tanish orqali o‘zligini shakllantirish
imkonini beradi. O‘quvchini o‘z shodligi, qayg‘u va iztiroblariga
sherik qila olgan, uni loqaydlikdan chiqarib hamdardligiga sabab
bo‘lgan adibni tushunish, yozganlarini o‘rganish orqali uning shax-
sini bilish bugungi adabiy ta’limning muhim jihatlaridandir. Asar
qahramonlarini baholash o‘quvchilarda qilgan amallariga qarab
atrofidagi odamlarga baho berish qobiliyatini shakllantiradi;
–
adabiyot darslarida o‘quvchini baholash
. Hamonki ada-
biyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma’naviyat shakllantirar ekan,
ko‘ngilga «yomon» baho qo‘yish, ma’naviyatni salbiy baholash
unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida
alohida ta’kidlanadi. Asarlar ustida ishlash mobaynida uning mo-
hiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikri va munosabatlarini asardan mi
-
sollar keltirib asoslayotgan, mustaqil fikr bildirayotgan yoki bun
-
ga intilayotgan o‘quvchiga yomon baho qo‘yilmaydi. Umuman,
adabiy ta’lim jarayonida salbiy baholardan
imkon qadar tiyilish,
o‘quvchilarni bilimlari uchungina emas, ma’naviy qiyofalari uchun
ham baholash lozimligi yodda tutilishi joiz. Zero, adabiyot mak
-
tab ta’lim tizimidagi o‘zga predmetlarga o‘xshamaydi, shu bois
uni o‘zlashtirganlik yuzasidan qo‘yiladigan baho bir qadar shartli
bo‘lib, aslida o‘quvchi ma’naviyati baholanishi lozim.
O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchini mustaqil mulohaza
yuritishga yo‘naltiruvchi topshiriqlar berib, bilimini tekshirar ekan,
u yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish bilan birgalikda uning sababla-
rini aniqlashga e’tibor qaratishi va ulardan qutulishga yo‘naltirishi
lozim. Masalan, «Menga yoqqan tasvir» mavzusida insho yozish
topshirig‘ini olgan o‘quvchi ijodiy ishni boshlashdan oldin asar
64
65
matnidan o‘ziga yoqib qolgan, mazmunan boy
va qiziqarli tasvirni
ajratib oladi. Inshoda tasvirga mos sarlavha qo‘yiladi, tasvirning
asar umumiy mazmuniga ta’siri; uning badiiy qiymati; bu tasvirni
tanlash sabablari, u o‘quvchida qanday fikr va tuyg‘ular uyg‘otgani
kabi masalalar yoritiladi.
O‘quvchi asardagi biror tasvirni ajratib olish uchun uni qayta-
qayta o‘qiydi, o‘ylanadi, izlanadi. Tanlangan tasvir tahlil qilinadi.
Tasvirni o‘rganishdan olingan taassurotlar, fikr va tuyg‘ular ifo
-
dalanadi. Bunday ishlarning darajasi qanday bo‘lishidan qat’i na-
zar, ularga yomon baho qo‘yilmaydi. Odatda, o‘quvchilar yozgan
ishlarida darslik mualliflari yoki o‘qituvchining timsollar haqidagi
fikrlariga yopishib olishadi. Ularning yozma ishni qanday bajarish
-
ni bilmagani, o‘z fikrini ifodalashga o‘rganmagani, asar timsollari
haqida o‘z qarashlarining yo‘qligi, matn mazmuni yoki timsollar-
ning qaysi o‘rni va jihati unga ta’sir etganini ajrata olmaganliklari
bu holning asosiy sabablaridir. Bunday ishlarni tekshirishdan oldin
o‘qituvchi tarbiyalanuvchilar badiiy asarni qanday o‘qigani va
qan chalik tushunganini aniqlaydi. O‘quvchi bilan suhbat asnosida
tushunilmagan o‘rinlar va uning sabablari aniqlanadi. Shu tariqa,
o‘quvchi shaxsiyatida tafakkur mustaqilligi va ma’naviyatning
sog‘lomlashuvi amalga oshiriladi. O‘quvchi ma’naviyatining
sog‘lomlashuvi esa: «
...o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatiga qar-
shi qo‘ymaslik, o‘zinikini afzal bilmaslikdir. Boshqalarning ham
o‘zi singari inson ekanini his qilish va ularga daxl qilmagan, ha-
lal bermagan holda birgalikda yashay bilish san’atidir. Sog‘lom
ma’naviyat – o‘zni yengmoq, o‘zning istagu mayillarini jilovlay
bilmoq, ayni vaqtda o‘zlikni tanimoqdir. Sog‘lom ma’naviyat xud-
binlikni yenga bilmoqdir, makonda turib makoniy manfaatlardan,
zamonda yashab zamoniy tuslanaverishlardan balandroq tura ol-
moq demakdir
»
25
.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarida o‘quvchi shaxsi
bosh qadriyatga aylansa, unga bilim berish bilan birga ma’naviy
dunyosini shakllantirishga ham ustuvor qaralsa, o‘quvchi shaxsi
-
yatidagi asosiy ko‘rsatkich bo‘lgan ma’naviyatning sog‘lomlashuvi
jarayoni ham tabiiy ravishda tezlashadi.
25
Yo‘ldoshev Q. O‘zlikni tanish – Allohni tanishdir. // «Tafakkur» jurnali, 1996
yil 4-son. 22 – 27-betlar.