O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING ASOSIY



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING ASOSIY 
TAMOYILLARI
Reja:
1.
 
Ta’lim tamoyillari.
 
2. Ta’lim tamoyillarining o‘qitish jarayonidagi o‘rni.
3. Umumiy tamoyillar va ularning tasnifi.
4. Adabiyot o‘qitishda yetakchi tomoyillar va ularning o‘ziga 
xos xususiyatlari.
Ta’lim tamoyillari 
(prinsiplari – lotincha 
principum
– negiz, 
boshlang‘ich) – ta’lim kechimini tashkil etishda tayaniladigan eng 
muhim qoida va qarashlar tizimi. Tamoyillar pedagogik amaliyotni 
to‘g‘ri tashkil etish ehtiyoji natijasida vujudga kelgan. Tamoyillar 
o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar majmuasidir. Ta’lim ta-
moyillarini quyidagilarga ajratish mumkin: 
– rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiya tamoyili
– ta’limning hayot bilan bog‘liqligi tamoyili
– ta’limning ilmiyligi tamoyili
– ta’limning tizimliligi va izchilligi tamoyili; 
– o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy 
faolligi tamoyili; 
– ta’limning ko‘rsatmaliligi va o‘quvchilarning nazariy fikr
-
lash qobiliyatini o‘stirish tamoyili; 
– ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustahkam bilimga ega 
bo‘lish tamoyili; 
– ta’limning o‘quvchilar shaxsini e’tiborga olgan holdagi ja
-
moaviyligi tamoyili va h.k. 
Ta’limning ushbu tamoyillari ayrim-ayrim holda emas, 
balki bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. 
O‘qitishning juda ko‘p tamoyillari mavjud bo‘lsa ham, hamma 
pedagoglar uchun amal qilinishi shart bo‘lgan quyidagi bir qator 
umumiy tamoyillar mavjud:
1. O‘qitishning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi tamoyili.
2. Ilmiylik, tizimlilik va izchilliktamoyili.
3. Ta’limning amaliy hayot bilan bog‘lanishi tamoyili.
4. Onglilik va faollik tamoyili.
5. Ko‘rsatmalilik tamoyili.


57
6. Tushunarlilik tamoyili.
7. Puxtalik va boshqa tamoyillar.
Ta’lim kechimida mana shu tamoyillarga rioya qilinishi shart. 
Ammo predmetlarning mazmuniga, o‘quvchilarning yosh xususi
-
yatlariga, ko‘rsatmali qo‘llanmalar mavjudligiga bog‘liq holda 
tamoyillarning nisbati hamda mazmuni ma’lum darajada o‘zgaradi. 
Masalan, ko‘rsatmalilik tamoyili tabiatshunoslikni o‘qitish jarayo-
nida tajribalarni namoyish etish bo‘lsa, tilni o‘qitishda grammatik 
jadvallarni ko‘rsatish, darstaxtaga yozish, chizmalar chizish va ho
-
kazolardan iborat bo‘ladi. Lekin har qanday predmetni o‘qitishda 
jonli mushohada, ya’ni narsa va hodisalarni muayyan idrok etish, 
fikrlash tamoyillariga amal qilish, nazariy xulosalarni tushunish va 
bilish, ularni tajribada, hayotda qo‘llay olish zarur
24
.
Adabiyot darslarini tashkil etishda esa o‘quvchini ezgu 
ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish uchun ta’limning quyi-
dagi tamoyillari yetakchilik qiladi: 

dars tartibini o‘zgartirish
. Bunga ko‘ra darslar an’anaviy 
yo‘sinda, ya’ni tashkiliy qism, uy vazifasini so‘rash va uni mus-
tahkamlash, yangi dars bayoni va uni mustahkamlash, uyga vazifa 
berish tarzida amalga oshirilmaydi. Dars jarayoni dasturda taqdim 
etilgan yangi asar ustida ishlanayotganda, o‘quvchilarning av
-
valgi bilimlari, hayotiy tajribalariga tayangan holda bahsli-mu-
nozarali savollar berish va o‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini 
ta’minlash asosida tashkil etiladi. Bu jarayonda bir xillikdan, tak-
rorlardan qoch gan holda har xil ta’lim metodlaridan foydalaniladi. 
O‘quvchilar asarni tahlil qilishdagi ishtiroklariga qarab baholanadi. 
Uy vazifalari o‘quvchilardan mustaqil fikrlashni va ijodiy ishlashni 
talab qiladigan tarzda beriladi;


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish