...
sog‘lom e’tiqodli, umuminsoniy qadriyatlarni anglaydigan, ax-
loqan barkamol, o‘z xatti-harakatlariga ma’naviy mas’ul bo‘la
oladigan yetuk shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish
»ga
xizmat qiladigan darajada emasdi. Boz ustiga, «Adabiyotshunos-
lik terminlari lug‘ati»dan ko‘chirib olingan yaxlit ilmiy parchalar
darsliklar hajmining 40 foizga yaqinini tashkil etardi. Vaholanki,
bu bosqichda o‘quvchini asarning mohiyatiga olib kirish, badiiy
so‘z bilan unga ta’sir ko‘rsatish, uni so‘z sehriga oshno qilish
orqali ma’naviy qiyofasini shakllantirish muhim edi. Bu – ada-
biy ta’limning asosiy vazifasi hisoblanardi. Ravshanki, nazariy
ma’lumotni bilish bilan bolaning ma’naviy dunyosi shakllanib
qolmaydi. «Achavotda qanday voqea yuz berdi?», «Ko‘kterak bo
-
zorida Omon bilan Shum bola nimalar qilishdi?», «Asarning kirish
qismi mazmunini so‘zlab bering» (5-sinf), «Ona yerga muhabbat
tuyg‘ulari ifodalangan misralarni qayta o‘qing. Mazmunini o‘z
so‘zingiz bilan izohlang», «She’rning har bir bo‘limiga sarlavha
toping», «Reja asosida hikoyaning mazmunini so‘zlab bering»,
«Bola durbin orqali nimalarni ko‘rdi?», «Dialogni rollarga bo‘lgan
holda ifodali o‘qing» (6-sinf), «8-qism mazmunini so‘zlab bering»,
«3-qismda kimlar haqida so‘z yuritiladi?» (7-sinf) kabi savol-top
-
shiriqlar o‘quvchilarda ma’naviy fazilatlar shakllantirishga xizmat
qilolmaydi.
50
51
1991-y
ilda «O‘zbek adabiyoti» fani bo‘yicha yangi ruhdagi
dastur yaratildi, 1993-yildan shu dastur asosida darsliklar chop
etildi. Bu borada 7 – 8-sinflar darsliklari adabiy ta’lim maqsa
-
diga yaqinlashtirilgani, o‘quvchilar yosh va ruhiy xususiyatlarini
ko‘p darajada hisobga olganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek,
9-, 10-, 11-sinflarning «Adabiyot» darslik va majmualari ham
pedagogik maqsadga muvofiq darajada tuzilgan. Aytilgan dars
-
liklar bilan tanishilganda, mualliflarning adabiyotga doir bilim
-
larni o‘smirlarga yetkazish yo‘lida astoydil harakat qilganliklari
ko‘zga tashlanadi. Faqat, bu darsliklarda ham maktabdagi adabiy
ta’limning bosh maqsadi ba’zan-ba’zan nazardan qochirilgandek
tuyuladi. Darsliklarda takrorlarga yo‘l qo‘yilgan: asarlari bir ne-
cha sifda o‘rganiladigan adiblarning tarjimai hollari deyarli bir xil
qaytarilgan. Shu bilan birga, tazkirachilik va tazkira yozgan kishi
-
lar, sayohatnomalar haqidagi ma’lumotlar, adabiyotshunoslikning
uzundan-uzoq tarixi, «Shohnoma», «Boburnoma», Bayoniy, Al-
maiy, Ibrat kabi adiblarning hayoti va ijodi, mumtoz adabiyotga
xos bo‘lgan she’riy san’at namunalari ko‘paytirib yuborilgan.
Hamzaning 7-sinf darsligida berilgan she’rlari negadir 11-sinfda
yana takrorlanadi. Bu darsliklarda ham o‘quvchilarga imkon qadar
ko‘proq ma’lumot berishga urinish ustuvorlik qilgan.
6-sinfda O‘tkir Hoshimovning «Urushning so‘nggi qurboni»
hikoyasini o‘rganish uchun uch soat ajratilgan. Vaholanki, asarning
matnini o‘qish uchun darsning 23 – 25 daqiqasi kifoya qiladi. Bi
-
rinchi darsning qolgan qismi va ikkinchi soat asar ustida ishlashga
bemalol yetadi. Mazkur asar uchun ajratilgan uchinchi soat ortiqcha.
Bunday holatni boshqa darsliklarda ham uchratish mumkin. Aslida,
shu yozuvchining «Dehqonning bir kuni» va «Dehqonning bir tuni»
hikoyalari ham darslikka kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ayon
bo‘ladiki, ushbu darsliklarga material tanlash va vaqt taqsimoti un-
chalik to‘g‘ri bo‘lmagan. Bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining
sababi shundaki, bu darsliklar pedagog-muta xassis tomonidan yozil-
magan, hech bo‘lmaganda, tahrir qilinmagan.
1991 – 1992 va 1993 – 1999-yillarda yaratilgan ikki avlod
darsliklarida mavjud bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bolalarning
o‘zlari mustaqil ishtirok etishi, fikrlashiga yetarlicha e’tibor beril
-
magan. O‘quvchilarning vazifasi darslik mualliflari nima degan
bo‘lsa, o‘shani o‘qituvchisining ko‘magida o‘zlashtirib olishdan ibo
-
51
rat, deb qaralgan. «Adabiyot» darsliklarining har ikkala avlodi ham
fikrlatishni emas, faqat xabardor qilishni, o‘zlashtirishni nazarda
tutgan. Ko‘pchilik darsliklarda ma’lumot berish bosh maqsad bo‘lib
turadi va o‘quvchilarga mualliflarning tayyor qarashlari taqdim eti
-
ladi. Ularda barcha o‘quvchilarni adabiyotshunos qilib tarbiyalash
maqsad etib qo‘yilganday tasavvur paydo bo‘ladi kishida.
Istiqlol davrida yaratilgan ikkinchi avlod darsliklarining
ko‘pchiligi uslubi, bolalar dunyoqarashiga mosligi jihatidan, birin
-
chisiga nisbatan ham bo‘shroq. Birinchi avlod darsliklarining ay
-
rimlarida pedagogik tamoyillarga amal qilingani ko‘zga tashlanib
turadi.
Bugun adabiy-estetik tarbiya borasida adabiy ta’lim oldida tur-
gan vazifalarni bajarish uchun «Adabiyot» darsliklarini yaratish va
ulardan foydalanish bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yiladi:
– bolaning yoshi, shaxsi, dunyoqarashi doimo adabiy ta’lim
jarayonining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Darsda o‘quvchi
shaxsini shakllantirish asosiy vazifaga aylantirilishi zarur. Adabi-
yot saboqlarida shakllanib kelayotgan avlodni filolog mutaxassis
qilish emas, balki sog‘lom ma’naviyatli odam sifatida tarbiyalash
maqsad sanalishi kerak. O‘quvchilar o‘rganilayotgan asar qahra
-
monlarini jonli odamlar sifatida tushunishlari, tuyishlari va ular-
dan ibrat olishlari darkor. Adabiy ta’limda darslik ham, dars ham
bolaning ruhiy-ma’naviy tarbiyasi, uning o‘zligini shakllantirishga
xizmat qilishi kerak;
– adabiyot darslari o‘quvchilarda so‘z yordamida go‘zal si
-
fatlar, ijobiy fazilatlar tarbiyalashi kerak. Go‘zal xulqli kishilar-
ning so‘zi ham, ishi ham o‘ziga munosib ekani badiiy so‘z orqali
anglashiladi. Shuni anglab yetgan bola o‘zini o‘zi nazorat qilib,
ma’naviy kamolot sari intiladi. Bunday olijanob vazifalar bevosita
asarlar tahlili, ular yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlar ustida ish-
lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Adabiyot» darsliklarida taqdim
etilgan asarlar ham, ularning matni yuzasidan kiritilgan didaktik
ashyolar ham o‘z zimmasiga ma’naviyat shakllantirish yukini oli-
shi zarur;
– o‘quvchilarda o‘rganilayotgan asar yuzasidan munosabat
paydo qilish, ularni mustaqil xulosalar chiqarishga o‘rgatish diqqat
markazida turishi lozim. «Adabiyot» darsliklaridagi savol-top-
shiriqlar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, asar qahramonining xat
-
52
53
ti-harakat va kechinmalariga munosabat bildirishga yo‘naltirsin.
Darslikda muallifning asar va uning qahramonlari haqidagi qa-
rashlari ochiq ko‘rinib turmasligi maqsadga muvofiq. Asar o‘qilib,
tahlil etilgach, uning ma’no-mazmuni, har bir qahramoni haqida
o‘quvchi o‘z fikri, qarashi, munosabati va xulosasini bildira olsin.
Darsliklardagi didaktik ashyolar shu maqsad ijrosiga xizmat qilishi
zarur;
– «Adabiyot» darsliklari o‘quvchilarni o‘z ma’naviyatini
shakllantirish uchun o‘zlari harakat qilishga yo‘naltiradigan tarz-
da tuzilishi zarur. Badiiy asarning o‘quv tahlili jarayonida, adabiy
qahramon shaxsiga doir munozaralar vaqtida har bir o‘quvchining
fikr aytish va munosabat bildirishiga erishilishi muhim. Munosabat
bildirish jarayonida bola, o‘zi sezmagan holda, o‘z ma’naviyatini
shakllantirayotgan bo‘ladi. Bu jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirish
o‘qituvchining eng muhim vazifasidir;
– o‘quvchilarning har qanday kashfiyotlari rag‘batlantirilishi
lozim. Badiiy asar zamiridagi badiiy-estetik topilmalarni
o‘quvchilarning o‘zlari kashf etishlariga erishish kerak. Darsliklar
shunga qaratilmog‘i zarur. Inson uchun o‘zi qilgan kashfiyot o‘ta
qadrli. Adabiyot darslarida shu holat hisobga olinsa, bolalarda ada-
biyotga nisbatan chinakam muhabbat uyg‘onadi;
– tarbiya jarayonida o‘quvchining bevosita ishtirok etishiga
erishilishi zarur. Buning uchun darsliklarda o‘quvchilarning yosh
va psixologik xususiyatlari maksimal darajada hisobga olinishi
kerak. O‘qish davrining ma’lum bosqichlarida o‘quvchi tabiatan
nasihatlarni xushlamaydigan, kattalarning ortiqcha e’tiboridan
g‘ashlanadigan, ehtiyotkorligidan og‘rinadigan bo‘ladi. Odob-
axloq va hikmat xazinasi bo‘lmish adabiyot olamiga bolaning o‘z
ixtiyori bilan kirishi, matnlar ustida mustaqil ishlashiga erishish
orqali o‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalash ko‘nikmasi shakllantirila
-
di. U muayyan bir asar yoki uning qahramoniga munosabat bildirar
ekan, o‘z qarash, munosabat va nuqtai nazariga ega bo‘lib boradi.
Insonning ichki «men»i, dunyoqarash va e’tiqodi shu tariqa shakl-
lanadi. Yaratilajak darsliklarda shu holat inobatga olinmog‘i dar-
kor;
– adabiy ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlik bo‘lishiga
erishish kerak. Ta’lim tizimida o‘qituvchining yakka hokimligiga
barham berish vaqti keldi. Bugungi adabiy ta’limda bunday muno-
53
sabat mutlaqo samara bermaydi. Adabiyot saboqlari teng huquqli
hamkorlarning birgalikdagi faoliyati bo‘lishi, ya’ni o‘quvchilar
ham, o‘qituvchi ham birday ishlashi va izlanishi lozim;
– o‘quvchilarni darslarda o‘rganilayotgan asar qahramonlari
-
ga ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, balki o‘ziga xos o‘zgaruvchan
fe’l-atvor egasi bo‘lgan insonlar deb qarashga o‘rgatish zarur. Yara-
tilajak yangi avlod darsliklarida har bir adabiy personajni jonli odam
sifatida talqin etish, uning ichki olami, kechinmalari, xatti-harakat
-
lari zamirida uning shaxsligiga xos belgilar yotganligini anglatish
ustuvorlik qilishi kerak. Darslikdagi savol-topshiriqlar ko‘magida
o‘quvchilar qahramonlarni o‘zlari kashf etishlari maqsadga muvo
-
fiq. Darsliklarning didaktik ashyolari o‘quvchilarning personajlar
orqali o‘zligini topib borishlariga qaratilishi zarur;
– adabiyot darslari o‘quvchilarni asar qahramonlarining ke
-
chinma va xatti-harakatlari orqali insonni baholashga o‘rgatishi
lozim. O‘quvchilarda personajlarning shodlik va qayg‘ulariga
sherik bo‘lish, ular haqda o‘ylash va mulohaza yuritish, ularni ang-
lash va qadrlash orqali odamiylik sifatlarini qaror toptirishga eri-
shish darsliklarning vazifasi hisoblanadi;
– adabiyot bo‘yicha yaratiladigan darsliklar o‘quvchilarda
ezgu ma’naviy qiyofa shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Dars-
liklarda hech narsa qolipga solinmasligi kerak. O‘quvchidan dars
-
lik muallifi yoki o‘qituvchining fikrlarini quruq takrorlash talab
qilinmasligi lozim. Savol-topshiriqlar bilan ishlash jarayonida asar
mohiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikr va munosabatlarini asardan
misollar keltirib asoslayotgan, munosabat bildirayotgan o‘quvchini
shakl lantirish «Adabiyot» darsliklarining asosiy vazifasidir.
Xullas, yangi yo‘nalishda yaratiladigan darsliklar mazmuniga
ham, didaktik ashyolariga ham yuqoridagi talablar nuqtai nazardan
yondashilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Adabiyot» darsliklariga
milliy va chet ellar adabiyotidagi eng sara badiiy asarlar kiritilishi
lozim. Lekin adabiyot olamidagi eng zo‘r asarlarning barchasini
darslikka joylab bo‘lmaydi. Darsliklarning, undagi didaktik ashyo-
larning vazifasi o‘quvchini o‘sha eng zo‘r asarni qidirib topib
o‘qiydigan darajaga keltirishdan iborat. Afsuski, bugun maktab-
da adabiyotdan dars berayotgan o‘qituvchilar tomonidan bu haqi-
qat anglab yetilganicha yo‘q. Ularga ko‘mak berish maqsadida
«O‘qituvchi kitobi» metodik qo‘llanmalari chop etilmoqda. Biroq,
54
55
bular hali yetarli emas. Bizningcha, «Adabiyot» darsliklariga kiri-
tilgan har bir badiiy asarni o‘rganish yo‘llari bo‘yicha maxsus ish
-
lanmalar yaratish zarur.
Ko‘rinadiki, maktab adabiy ta’limida samaradorlikka eri-
shishda puxta darslikka ega bo‘lish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Lekin har qanday yuksak qurilma mustahkam poydevorga tayansa-
gina uzoq turgani kabi, «Adabiyot» darsliklarining samaradorlik
darajalari ham boshlang‘ich sinflar «O‘qish kitobi» darsliklarining
saviyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Psixologiya ilmidan ma’lumki, darsda o‘zlashtiriladigan bi-
limga o‘quvchining qiziqishi uyg‘otilsa, o‘qish-o‘rganish unga
hech qachon qiyin bo‘lmaydi. Me’yordagi o‘quv qiyinligi bola ga
malol kelmaydi. Bolaning maktabdan tashqarida kechadigan ha
-
yoti yaxshilab o‘rganilsa, u o‘zini qiziqtirgan hamma ishni qil-
gisi, bajargisi kelganini ko‘rish mumkin. Bola o‘z harakatlarining
natijasini ko‘rishni istaydi. Bu yo‘lda qiynalishi, yiqilib-surinishi,
kuyib-yonishi mumkin, lekin ortga qaytmaydi.
Tuzukkina savodxon, o‘qituvchisi fikrlarini juda chiroyli
takrorlay oladigan ayrim o‘quvchilar o‘z fikrini ifodalashi ke-
rak bo‘lganda qiynaladi, o‘z fikrini aytishdan qo‘rqadi. Afsuski,
ko‘pchilik o‘quvchilar mustaqil fikr-mulohazalarini, shaxsiy qa
-
rashlarini yuzaga chiqarmay maktabni bitirib ketayotirlar. Bilim
berish jarayonida bolalarning mustaqilligiga diqqat qilmaslik
– tarbiyachining katta xatosi. Zarur bilimlarni mehnat qilib
o‘zlashtirishdan ma’naviy ozuqa olish mumkinligi, bu yo‘ldagi
mehnat o‘quvchining ehtiyojiga aylanishi uni ma’naviy qaramlik
-
dan qutqarishi bola ongiga singdirilishi kerak. O‘quvchi mehna
-
tini tashkil eta bilmaslik, bolaning o‘zini bilim olish yo‘lida ishlata
olmaslik darslik muallifining ham, o‘qituvchining ham kechirib
bo‘lmaydigan xatosi hisoblanadi.
Xullas, tuyg‘ulari to‘g‘ri tarbiyalangan, ko‘ngil mulki obod
bo‘lgan boladan yomonlik chiqmaydi. U ezgulik yo‘lida yonib ya
-
shaydigan chinakam barkamol inson bo‘lib yetishadi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |