Reja:
Kirish
I Bob. Fransiyada XVIII asrda inqilob
Bastiliyaning qulashi
Inson va fuqaro huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilinishi
Monarxiyaning tugatilishi
II Bob 1800-1815 –yillarda Fransiya
2.1 Yakobin diktaturasi davri davlati va qonunchiligi
2.2 Napaleon tor-mor bo‘lishi va Vena kongressi, Muqaddas Ittifoq tuzilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
“Tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi.”
Kirish
Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga yerishganini ko‘ramiz.” Masalan, Yaponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday og‘ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Xo‘sh, ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar rivojlanishga yerisha oldi? Axir, bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, minyeral resurslar deyarli yo‘q-ku! Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin yapon va koreys xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas.Shuning uchun «yapon mo’jizasi» yoki «koreys mo’jizasi» haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xarakteri», «koreys tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan. Bunday xulosaning tasdig‘ini nafaqat mazkur ikki davlat, balki boshqa mamlakat va xalqlar misolida ham ko‘rish qiyin emas. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil 14-iyulda bir guruh tarixchi olimlar va yetakchi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tarix fanini, bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tashkil etish haqidagi o‘z fikrmulohazalarini bildirib, bu yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo‘ydi.Birinchi Prezidentimiz: ”Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga yerishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar faoliyatini izohlash yo‘li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak”, - deb ta’kidladi.1 Ushbu vazifalardan eng muhimi - yangi jamiyatimizni isloh, qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq, singdirish va teran anglatishdan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.” O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga yerishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqdi. Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Biz ko’rib chiqadigan davr XVIII asrning ikkinchi yarmidan XVIII asr oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, Fransuz inqilobi - ehtimol XVIII asrning eng kuchli zarbasi - Fransiyaning qiyofasini o‘zgartirib, unga zamonaviy tus berdi. U ko‘plab davlatlarning taqdiriga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. U yangi siyosiy madaniyatning butun qatlamini yaratdi, bugungi kungacha muhim bo'lgan darslarni o'tkazdi, ammo odatdagidek biz tarixdan qanday saboq olishni bilmaymiz. Bundan tashqari bir qancha dalil-isbotlar orqali bayon qilib, mavzuning dolzarbligini ochib berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |