O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet88/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

83- dars
Mavzu: Hozir buvijon!

Metod: Didaktik o'yin, ifodali o'qish, tushuntirish, muammoli izlanish, munozara.


Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O'quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e'lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta'limiy: O’quvchilarning matnni o'qish malakasini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish. Kuz haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni kuzning asosiy belgilarini ajrata bilishga o'rgatish, kuz faslidagi tabiat go'zalligidan zavqlanishga va ushbu go'zallikni qadrlashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mantiqiy fikrlash va hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
1. Tashkiliy qism. Darsni tashkillashtirish.
1. O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini aniqlash.
Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman. Og’zaki savol- javob o’tkazaman. O’quvchilar tuzgan savollarni o’qittiraman. Birgalikda savollarga javob toptiraman.
III.Yangi mavzu bayoni.


HOZIR, BUVIJON!
Yayra Sa’dullayeva
Dilbar maktabdan keldi-yu, apil-tapil choy ichdi. Stol ustini naridan beri yig‘ishtirgan bo‘lib, ko‘chaga yugurdi.
- Qayoqqa, qizim? - so'radi Malika xola nabirasining indamay chiqib ketish odatini bilgani uchun.
- Hozir, buvijon, - dedi ko‘cha eshikka yaqinla-sha turib Dilbar. Buvijonisi orqasidan: «Tezroq kel!» -deb qoldi va chala artilgan stol ustini boshqatdan art-di. Keyin erinibgina yog'ayotgan qordan oqarib qolgan yo'lakni supurib qo'ydi. Krandan suv burab, paqirlarini to'ldirdi, oshxonaga eltdi. «Bolam tushmagur-ey, kap-kat-ta bo'lib qoldi-yu, nima qilarkin, bilib-bilib ish qila qol-sa! Hatto, ovqat yegan idishini ham yuvmaydi. «Hozir», deydi-yu, lip etib g'oyib bo‘ladi», - dedi o‘z-o‘ziga.
Malika xola katta naqshinkordarvozadan ko'chagaqaradi. Chuvullashib o'ynayotgan bir to'da bolalar orasida Dilbar ham bor edi. Malika xola bir-ikki qadam bosib, nabirasini chaqirdi: - Dilbarxon, hoy Dilbarxon!
Dilbar bir qaradi-yu: «Hozir, buvijon», - deb yanao'yinga tutindi.
- Kela qol, yordamlashib yubor, qizim! - dedi Malika xola yalingansimon.
Bu so'zlar Dilbarning qulog'iga kirdimi-yo'qmi, har qalay, u buvisining gapini javobsiz qoldirmadi:
- Hozir, buvijon!
Malika xola hovlisiga kirib ketdi. Un eladi. Xamir qordi. Xamirni kelini kelganda qilsa ham bo‘lardi-yu,uni ayadi. Axir Dilbarning oyisi ishdan charchab kela-di-da! Oradan ancha-muncha vaqt o'tdi. «Hozir» degan qizchadan hamon darak yo'q.
Malika xola yana ko'cha eshigidari mo'raladi. Tavba, Dilbar qayoqqa ketdiykin? Bolalar ham siyraklashib qolibdi. Malika xola bolalardan so'radi. «Lolalarnikiga ketdi», - deyishdi. «Chaqirib bera qol, bolam», -dedi Malika xola ulardan biriga. Bola yugurib bordi-yu, yugurib keldi:
- «Hozir», dedilar.
Malika xola chiqib qolar, deb kutib turdi. Chiqmadi. Oradan ancha mahal o‘tgach, qo'lidagi qo'g'irchoqning ro'molini to'g'rilab, bitta-bitta qadam bosib, Dilbar bilan o‘rtog‘i kela boshladi. Oshxona oldidan o‘tib ketayot-gan edi, buvisi: «Kela qol, qizim, kartoshka archib yubor», - dedi xafa bo'layotganini yashirishga urinib.
- Hozir, buvijon! - shunday dedi-yu, Dilbar o‘rtog‘ini boshlab uyga kirib ketdi. O'rtog'inikidan olib chiqqan qo‘g‘irchoqni karavotiga yotqizdi, ustiga oq choyshab yopdi. Qulog‘iga yana buvisining ovozi chalindi. Mayin-gina qilib: «Hozir, buvijon!» - dedi.

IV.Mustahkamlash.


1. Dilbarning xatti-harakatlarini qanday baholaysiz?
2. Kattalar chaqirishganda siz nima qilasiz?



Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish