II. Anglash bosqichi.
Maqsad. Salomlashish odobi haqidagi bilimlarini boyitish. «As-salomu alaykum» so'zining qudratini, salom berish har bir kishining vazifasi ekanligini anglashlariga erishish.
O'quvchilarning lug'atini boyitish. O'qish malakasi sifatlarini takomillashtirish.
Metod. Suhbat, tarmoqlash metodi.
1. Ichda o'qish. Topshiriq. Asarni ichingizda o'qing. Ma'nosi tushunarsiz so'zlarni lug'at daftaringizga yozib boring.
2. Matnning lengvistik tahlili. Suyukli so'zini qaysi so'z bilan almashtirish mumkin? Esingni yig'ib oling iborasini qanday tushunasiz? Ko'ngli tog'dek ko'tarilib iborasini-chi? .Slchqoncha o'zini o'tlarning bag'riga uribdi gapidagi bag'riga. uribdi so'zlari qanday ma'noda qo'llangan? Esingni yig'ib ol, zavqi jo'shib ketibdi, qittak, mo'jizagir, samimiy chehralar, sho'ra, dong qotib qolibdi va hokazo.
3. Matnni topshiriqlar asosida o'qitish.
— Mittigina sichqoncha yashayotgan joy ifoda etilgan qismini o'qing.
— Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqonchaning «Odobli bo'lish uchun nimalar qilish kerak?” savoliga onasi qanday javob berganligini so'zlab bering.
— Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holatini topibo'qing. «Shum baroq» ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nibdi» nima uchun?
— Nima uchun sichqonchaning ko'ngli tog'dek ko'tarilibdi?
— Echki nima uchun sichqonchani «kam bo'lma», deb duo qildi. Shu o'rinni topib o'qing.
— Sichqoncha yanada odobli ko'rinish uchun nima qildi? Shu o'rinni topib o'qing.
— Echki sichqonchaning ortidan qanday o'y-xayollar bilan qoldi? Shu o'rinni topib o'qing.
— Qanday orzular sichqonchaning yana oldinga qarab boraver-ash istagini yuzaga keltirdi? Shu o'rinni topib o'qing.
4. Reja tuzish. O'quvchilar hayvon maketlarining joylashish tartibiga qarab, matnni qismlarga bo'ladilar. Asarning bir darsga mo'ljallangan 1-bo'limi 3 qismga bo'linadi.
Reja
1. Onasining nasihati.
2. Mushukning duosi.
3. Echki buva xursand.
5. Reja asosida qayta hikoyalash. Topshiriq.
— Asar matnini bir marta o'qib chiqing va reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlaning.
— 1 -guruh o'quvchilari rejaning 1 -qismini, 2-guruh o'quvchilari 2-, 3-qismini 3-guruh o'quvchilari qayta hikoyaladi.
— Qayta hikoyalashda nutqingizda matndagi badiiy so'z va iboralarni qo'llang.
III. Fikrlash bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini aniqlash. Ertak g'oyasini ochish. Tarbiyaviy xulosa chiqarish.
Metod. Mustaqil ish, tarmoqlash metodi, test.
1. Sichqonchaga T tizimida tavsif berish.
1. Asar g'oyasini ochish. Savollar.
— Ertakni o'qib nimalarni bilib oldingiz?
— Anvar Obidjon bu ertakni yozish bilan sizga nima demoqchi?
O'zgalarga qanday holatlarda salom beriladi? Salom berish mavridini eslang.
Har bir guruh tarmoqlash usulida javoblarini tayyorlaydi.
2. Tarbiyaviy xulosa chiqarish.
— Biror narsadan hafa boiib turganingizda odamlar bilan qaytarzda salomlashasiz?
— Xursandlik chog'ingizda-chi?
O'quvchilar javobi sinf o'quvchilarining xatti-harakatlaridan, tartib-intizomga rioya etishlaridan misollar, dalillar keltirib umum-lashtiriladi.
3. Test yechish.
4. Uyga vazifa. Ertakni ifodali o'qish va reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib keling. Sichqonchaning xususiyatlarinitarmoqlash usulida yozib keling. Asardagi o'zingizga juda yoqqan o'rinni rasmda tasvirlang.
5. Guruhlarning to'plagan ballari e'lon qilinadi, guruhda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi.
Izoh: Asarning 2-bo'limi ham shu tarzda o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |