V.Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
81-82 -dars
Odobli bo’lish osonmi?
MAVZU: NIMA YAXSHI-YU, NIMA YOMON?
O'quv materiali. Odobli bo'lish osonmi? Anvar Obidjon.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi dars, ertak o'qitish darsi.
I. Da'vat bosqichi.
Maqsad. A) ta’limiy: matn mazmuni bilan tanishtirish
B) Tarbiyaviy: o’quvchilarda ezgu fazilatlarni tarbiyalash.
C) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning nima yaxshi-yu, nima yomon haqidagi tushunchalarini aniqlash va ularni boyitish.
Metod. Aqliy hujum, izohli o'qish, suhbat. Guruhlab o'qitish.
Jihoz. Anvar Obidjon portreti, hayvonlar mamlakati, tabiat tasviri, hayvonlar maketi.
Aqliy hujum.
1.Hayotda nimani yaxshi deb hisoblaysiz?
O'quvchilar javobi doskaning bir tomoniga yozib boriladi yoki bir o'quvchi o'z fikrini qo'lidagi kartochkaga yozib, uni o'qib «Yaxshilik» daraxtiga iladi. Daraxt bo'lim tugaguncha turadi, o'quvchilar har darsda ularning shoxini boyitib boradi.
Taxminiy javoblar: Kattalarga salom berish; Odamlarning iltimosini bajarish; Yaxshi o'qish; Mehnat qilish; Kichiklarga yordam berish; Tabiatni sevish; Daraxtlarni sindirmaslik; Ko'p kitob o'qish; Hayvonlarga ozor bermaslik; Qishda qushlarga don berish..
2. Hayotda nimani yomon deb hisoblaysiz? Bularga aytilgan va yozilgan javob sandiqqa solinadi. Butun bo'limni o'rgnish jarayonida yomon narsalar sandiqqa solib boriladi.
— Kichiklarnixafaqilish;
— Atrofdagi kishilarga salom bermaslik... va hokazo
3. Odobli bola bo'lish osonmi?
— Odobli bo'lish insonning o'z qo'lida.
— Faqat yaxshilik qilishni istagan odamga odobli bo'lish oson.
— Odobli bo'lish qiyin.
Odobli bo'lish oson, deb hisoblaydiganlar o'ng tomonga, odobli bo'lish qiyin, deb bilganlar chap tomonga o'tib o'tiring. Har bir tomon o'z fikrini asoslaydi.
4.O'qituvchining hikoyasi. O'qigan asarlaringiz asosida hayotda nimaning yaxshiligini, nimaning yomonligini farqlay boshladin-giz.
Bugungi o'qish darsimizdan boshlab, «Nima yaxshi-yu, nima yomon?», «Odobli bo'lish osonmi?» kabi savollarimizga javob topa boramiz.
5. Shoir Anvar Obidjon portreti doskaga ilib qo'yiladi. Anvar Obidjonning hayoti va ijodi haqidagi ma'lumotlar eslatiladi.
— Anvar Obidjon kim?
— Uning qaysi asarlarini o'qigansiz?
— Yod olgan she'ringizni ayting.
O'quvchilar bilimini yangi ma'lumotlar bilan boyitish: Shoirning «Ona zamin», «Bahromning hikoyalari», «Juda qiziq voqea», «0ltovjon va uning do'stlari» to'plamlari sizlar o'qiydigan kitoblardir. Shoir ularda juda qiziqarli hangomalarni hikoya qiladi.
Bugun Anvar Obidjonning «Odobli bo'lish osonmi?» degan ertagini o'qiymiz.
" «Odobli bo'lish osonmi? savoliga Anvar Obidjon nima deb javob bergan ekan? Muammoli savol o'rtaga tashlanadi.
6. «Odobli bo'lish osonmi?» ertagi bilan tanishtirish.
Ertak qahramonlari maketi tayyorlanadi. Asarni o'qish davom-ida ular doska tagligiga yoki maxsus stolga tartib bilan terib boriladi. Bu o'quvchilarning asar voqealaridagi ketma-ketlikni izchil o'zlashtirishlariga yordam beradi. Qayta hikoyalash uchun reja vazi-fasini o'taydi.
7. Asar sujeti yuzasidan dastlabki suhbat.
— Ertakning asosiy qahramoni nima?
— U asarda nimalar bilan uchrashdi?
— Sichqonchani odobli deya olasizmi? (U uxlab yotgan toshbaqaga ham tinmay salom beradi...)
Bu savollar yordamida o'quvchilarning asar yuzasidan dastlabki taassurotlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |