87-88 Qo’rqoq. S.Anorboev
Mavzu: Qo’rqoq. S. Anarboyev.
Darsning maqsadi. 1. Matn mazmuni bilan tanishtirish.
2. Matn asosida o'quvchilarning odob-axloq haqidagi tushunchalarini boyitish.
3. matn orqali o'quvchilarni muomala-munosabatgao'rgatish.
Dars turi.Ya'ngi bilim beruvchi dars.
Dars shakli. Noan'anaviy.
Dars metodi. Suhbat, badiiy o'qish metodi.
Dars jihozi. Matn mazmuniga mos ishlangan rasmlar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini baholayman.
3- 4 o’quvchiga matnni hikoya qildiraman.
Savol-javob o’tkazaman:
1. Qodir bilan Sobir kimning hikoyasi qahramonlari?
A) Xudoyberdi To'xtaboyev B) Hakim Nazir D) G'ayratiy
2. "Qodir bilan Soblr" hikoyasidagi Qodlrni nima uchun "Zo'ravon" deyishardl?
A) kurashda g'olib bo'lganligi uchun
B) yurgan yo'lida tegajoqlik qilavergani uchun D) To'g'ri javob berilmagan
3. Qodir va Sobirning o'qituvchisi kim edi?
A) Qudrat aka B) Fotima opa D) Mahkam aka
4. "Zo'r odam kuchini o'qishda ko'rsatadi". Bu gapni qaysi hikoyadagi qaysi qahramon aytgan?
A) "Qodir bilan Sobir" hikoyasida Qodir
B) "Qodir bilan Sobir" hikoyasida Fotima opa
D)"Odobli bo'lish osonmi?" hikoyasida sichqoncha
XATOSINI TUSHUNGAN BOLA
1. "Xatosini tushungan bola" hikoyasi qahramonlari to'g'ri keltirilgan javobni toping.
A) Qosimjon, Tohir, Odil B) Tohir, Muhabbat, Bahrom
D) Odil, Mahkam, Munisa
2. "Xatosini tushungan bola" hikoyasida qanday illat qoralanadi?
A) Yolg'onchilik B) Manmanlik, mensimaslik D) O'g'rilik, dangasalik
III. Yangi mavzu bayoni.
QO'RQOQ
Sunnatulla Anorboyev
Bolalar Bahromga «Qo'rqoq, qo'rqoq!» deb ozor berishardi. To'g'ri, u kechasi eshikka yolg'iz chiqishdan qo'rqardi. Agar qorong'i tushganda yotoqxonadan chiqmoqchi bo'lsa. birorta o'rtog'iga «yurgin», deb yalinar, ba'zan esa yon-veridagilarning o'rnidan turishini poylab, ko'zini mo'ltillatib votaverardi. Goho bolalar jo'rttaga uni mazax qilish uchun to'satdan: «Ana, bo'ri!» deb yotoqqa qarab yugurib qolishardi. Bahrom ham ularning ketidan ura qochardi.
Nima qilsin, ayb Bahromdami? Dadasi yo'qolgan otini qidirib kechasi tog'da yurganida, uni och bo'rilar yeb ketgan. O'shandan keyin oyisi yurak oldirib, Bahromni kechasi eshikka yolg'iz chiqarmaydigan bo'lgan. O'tgan yili ferma qishlovidagi boshlang'ich maktabni tamomlab, qishloq markazidagi yotib o'qiydigan maktabga ketayotganida ham oyisi: «Kechalari yolg'iz yura ko'rma!» deb qattiq tayinlagan. Mana, hozirgacha oyisining gapidan chiqmaydi.
Uchinchi fermadan kelib, birga yotib o'qiydigan bolalar bugun uni bekordan-bekorga xafa qilishdi: «Qo'rqoq» deb masxaralab tashlab ketishdi.
Bahrom noiloj yotoqqa qaytib kirdi. Xona huvillab turibdi. Er-taga yakshanba — hamma uy-uyiga ketgan. Bahrom karavotiga ham yaqinlashmay, xonaning o'rtasida qaqqayib turib qoldi. Nazarida Qoravoyning achchiq pichingi qulog'ining tagida ha-mon jaranglayotganday tuyuldi. To'satdan u:
— Bekorlarni aytibsan! Qo'rqmayman! — deb baqirib yubordi
Shu payt burunlarini jiyirib, tirjayib turgan bolalar ko'z oldiga keldi. Ular go'yo: «Qo'rqoq, qo'rqoq» deb masxara qilayotganday tuyuldi-yu, velosipedga irg'ib minib, orqasiga qaramay g'izillagancha ketdi...
To'satdan chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi Bahrom osmon qars yorilib, bosib tushadiganday bo'ynini qisdi. Tomchilayotgan yomg'ir sharros quyib yubordi. Yo'l birpasda loy bo'ldi. Yurish og'irlashdi. Sirg'anib ketib ag'anab tushsa bormi...
Bahrom pastga qaradi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi: payqamagan ekan, kuchli sel kelibdi.
Sel ovozi, momaqaldiroq guldirashi orasida Bahromning qulog'iga qo'y ma'ragani chalinganday bo'ldi. Saldan keyin yana eshitildi. Bu safar qo'y ovoziga qo'zichoqning zorli ma'ragani ham ulanib ketdi.
Ana o'zi! Katta sovliq qorong'i tun ichidan sho'ng'ib chiqdi. U suv yoqalab yelib kelardi. «Jalada suruvdan ayrilib qolib ketgan, jonivor!» — degan fikr ko'nglidan o'tdi Bahromning.
U qo'yni ko'rgan zahoti xuddi yo'ldosh topilganday qo'rquvni unutdi. Yashin yalt etganda, sel betida qalqib oqib borayotgan qo'zichoqqa ko'zi tushib qoldi. Sovliqning bunchalik telbalanib chopishiga endi tushundi.
Bahrom o'ylab-netmay velosipedini yerga yotqizib, kiyimlarini shartta yechdi-da, qo'zichoqqa intildi. Shu payt uzoqdan kimdir baqirdi:
— Qur-ey, qur-ey!
U suv kechib, qo'zichoqning ketidan borardi. Sel to'pig'iga, tizzasiga, soniga chiqdi. Qo'zichoqqa yetib qo'l cho'zganida esa belidan oshib qolgandi. Hali oqim bo'ylab yurgani uchunmi, suvning kuchini sezmagan ekan. Endi oyog'ini yerga tirab selga qarshilik ko'rsatgan ham ediki, suv chalqancha ag'dardi-yu, oqizib ketdi.
Sayozroq joyga yetganida oyog'ini yerga tiramoqchi bo'lgandi, suv zo'rlik qilib surib ketdi. Yaxshiyam Bahrom qo'li bilan xarsangtoshni ushlab qolgani, bo'lmasa... U shu ahvolda qancha vaqt tosh ustida yotganini bilmaydi. Qirg'oqqa qanday chiqib qolgani ham esida yo'q. Faqat uyqudan uyg'onganday ko'zini ochsa, kimdir uni chakmonga o'rayotgan ekan.
— Balli, ota o'g'il! — dedi u kishi.
Bahrom chakmonni egnidan tushirib yubormaslik uchun yaxshi-roq yopinib, o'rnidan turdi. Biqini og'rib turibdi. Sel xarsangga urgan ekan-da. Lekin og'riq chidasa bo'ladigan darajada. Qo'lini biqiniga olib borganida bir narsa yopishdi. Shilinganga o'xshaydi.
— Sovuq qotyapsanmi? — deb so'radi chakmonga o'ragan kishi.
Bahrom uni endi tanidi. Jumanazarning dadasi Ollonazar amaki-ku. U sevinib ketdi va junjikayotgan bo'lsa-da, bosh chayqab «yo'q» dedi. U olazarak bo'lib qo'zichoqni qidirdi. Nahotki, oqib ketgan bo'lsa?!
Endi so'ramoqchi bo'lib turganida, Ollonazar amaki qo'llari bilan uni dast ko'tardi-yu, eshakka mindirdi.
Shundagina u eshakning panasida turgan qo'yga ko'zi tushdi. Qo'zichoq bo'lsa onasining bag'riga suqilib, miriqib ennmoqda edi...
Ollonazar amaki «hayt» deb qo'zichoqning tinchligini buzdi. Sovliq oldinga qarab yurdi, qo'zichoq orqasidan yugurdi. Eshak ham yo'rg'alab ketdi. Yo'lda Bahromning kiyim-kechagini, velosipedini qidirib topishdi...
Peshindan keyin Bahrom fermadan davlat xo'jaligj markaziga ketayotgan mashinaga o'tirib maktabiga jo'nadi. Yer qurib qolgan, velosipedda ketishi ham • mumkin edi-ku, oyisi qo'ymadi: «Biqining tuzalsin», dedi. U kechki g'ira-shirada maktabga yetib keldi. O'rtoqlarining hammasi yotoqda ekan. Lekin qiziq bo'ldi. Odatda, «o'rtoq» o'rniga «qo'rqoq» so'zini qo'shib: «Bahrom qo'rqoq keldi» deb qarshi oladigan bolalar bugun negadir:
— Ana, Bahrom keldi! — deb o'rinlaridan gurra turib, uni o'rab olishdi.
IV. Mustahkamlash.
Matn mazmuni yuzasidan savol- javob o’tkazaman:
1. Bolalar nima uchun Bahromni «qo'rqoq» deb atashardi?
2. Bahrom nega kechqurun yo'lga otlandi?
3. U qo'zichoqni qanday qutqarib qoldi?
V. Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |