O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet1/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish


O’qish
4- sinf
1-dars
Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun.
Metod: izohli o'qish metodi, didaktik o'yin, muommoli izlanish, interaktiv metodlar.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomil-lashtirish, lug'at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga uni qadrlashga o'rgatish. Prezidentimizning "Bolalar - bizning kelajagimiz" gapining ma'nosini anglashlariga erishish.
Rivojlantiruvchi: to'g'ri, ongli, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish.
Darsning jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, AKT
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)
a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash;
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).
a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi.
b) Tezkor savollar:
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar:

1. “Istiqlol” va “Mustaqillik” so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?


2. Mustaqillikka qachon erishdik?
3. Mustaqillik to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4. Davlatimiz Prezidenti kim?

O‘quvchilar savollarga javob berib, darsga ruhan tayyorlanadilar.


Kartadan O‘zbekiston chegarasi ko‘rsatiladi.

1991 yil 31 avgustdan e’tiboran O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi.Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Mustaqillik tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan qurbonlarsiz, umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi.


Mana yigirma to’rt yildan beri 1 sentabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib kelinmoqda. Bu bayram Vatanimiz mustaqilligi, yurtimiz ozodligi ramzi bo‘lgani bois uni aynan shunday ta’rif etamiz.
Vatan dunyodagi eng buyuk, eng muqaddas ne’mat bo‘lgani uchun uning mustaqilligi ham shu qadar e’zozlidir.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Bu bir necha yillar mobaynida davom etgan kurashlar natijasi.
Mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz, ko‘xna qadriyatlarimiz tiklandi, biz jahondagi barcha xalqlar qatori ozod va erkin bo‘ldik.
Bugun hayotimizning qaysi jabha va sohasini olmaylik, erkinlikka va ozodlikka erishgan, o‘z aql-zakovati, bilimi va kuch qudratiga ishongan xalqimiz o‘zining amaliy ishlari bilan buyuk marralarga ko‘tarilishiga qodir ekanini isbotlamoqda (dars jarayonida mustaqillik va vatan mavzusiga oid slaydlar va plakatlar foydalaniladi).

III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)


MANGULIKKA TATIGULIK KUN
Safar Barnoyev
1991- yil 31- avgust O'zbekistonimiz uchun asrga tati-gulik kun bo'ldi. Shu kundan boshlab O'zbekiston zaminida mardona «Mustaqillik» so'zi tilimizga ko'chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi.
O'tgan davr mobaynida yoshi ulug'lar ham, yoshi kichiklar ham qayta tug'ildi. Bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik. Shoh va shoir, sarkarda Bobur Mirzoning ruhini shod etdik. Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy, Bahovuddin Naqshbandiy, Abdulxoliq G'ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi yuzlab ajdodlari-mizni bilib oldik.
Istiqlolga erishgach, qisqa muddat ichida O'zbekiston dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqib oldi. Bunda mashinasozlik, samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari, yer osti qazilma boyliklari, qishloq xo'jaligi katta ahamiyat kasb etadi.
O'tgan yillar ichida O'zbekiston o'z bug'doy zaxirasiga ega bo'l-di. «0'zbekiston bug'doyi» degan so'zlar til boyligimizdan mustahkam o'rin egalladi. Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Samarqand-dagi tarixiy obidalarga e'tibor kuchaydi.
Bugun qishloqlarimizga sanoat kirib bormoqda. Dunyoning eng so'nggi texnikasi O'zbekistonga ko'chib kelmoqda. Uning haqiqiy egalari, boshqaruvchilari sizlar bo'lasizlar, aziz o'quvchilar! Bugungi ishlar, qurilishlar siz — bolalarga abadiy mulk bo'lib qoladi.
O'zbekiston atalmish gullagan diyorning yer-mulk egalari har jihatdan o'qimishli, hunarmand, haq-huquqlarini biladigan bo'lib yetishishlari zarur. Zero, mustaqil respublikamiz bolalarining ilm olish va hunar egallashlari uchun dunyo darvozalari keng ochib berildi.
IV. Mustahkamlash.
Savol- javob o’tkazaman.
1. Nima uchun 1991- yilning 31- avgustini asrga tatigulik kun deymiz?
2. Mustaqillik qaytarib bergan allomalardan kimlarni bilasiz?
3. O'zbekistonning haqiqiy egalari kimlar? Siz kelajakda kim bo'lish niyatidasiz?

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish