O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


II. O’tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazish



Download 14,36 Mb.
bet85/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

II. O’tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazish.
SHUM BOLA
1. "Shum bola" qissasida domla shum bolani nima bilan ovqatlantiradi?
A) Ikkita non va choy B) Ikkita jo'xori va moshxo'rda
D) Moshxo'rda va palov
2. "Shum bola" qissasining muallifi kim?
A) Oybek B) G'afur G'ulom D) Anvar Obidjon
3. Domla shum bolani nima uchun savalaydi?
A) Uxlab qolgani uchun B) Eshakni so'yib qo'ygani uchun
D) Ho'kizni so'yib qo'ygani uchun
ALISHERNING YOSHLIGI
1. "Alisherning yoshligi" hikoyasidagl novcha bolaning otasi aytgan "Maktab senga chikora" gapidagi "chikora" so'zining ma'nosi nima?
A) Butun jahon B) Na hojat D) Dushman
2. "Alisherning yoshligi" hikoyasining muallifi kim?
A) Oybek B) Uyg'un D) Hamidjon Hamidov
3. "Ilohim, mulla bo'lsin, zehni yaxshi", - dedi.
"Alisherning yoshligi" hikoyasidagi bu gapni kim aytgan?
A) Gulbegim B) G'iyosiddin Kichkina D) Husayn
III. Yangi mavzu bayoni. BOLALIK Oybek
Peshin oqqan edi. «Oq machit»da, bobomning ko'chasida g'ildirak o'ynab yurar edim. G'ildirak yog'ochini ot qilib minganim holda «Oq machit»ning u boshidan bu boshiga yugurar edim. Machitda kichkina boloxonada zerikib, xunob bo'lib o'tirgan qorilar derazadan qarab: «Voy-voy, chop-chop, aravang bulutday chopqir-a», desalar, men g'urur ila ularni mensimay chopar edim, g'ildirakni zavq ila dumalatar edim. Tolning ho'l o'ymakor novdasidan egib ishlangan g'ildirak yog'ochida go'yoki toychaga minganday ko'cha tuprog'ini burqsitib chopar edim.
Birdan baland jiyron otda uzun mo'ylovli, kalta soqolli, quyuq qoshlariga qadar bostirib papax kiygan, qilich yonida, to'pponcha belida mirshab kelib qoldi. Bobomning yon qo'shnisi, elliklardan oshgan bu kishi takabbur va olchoq edi. Uning xotini ora-sira buvim oldiga g'irillab kirib hasrat qilar: «Mana, ko'rdingizmi, hammam shish, momataloq, zolim yana do'pposladi», deb yig'laganiga hayron bo'lib, qotib qolardim. Buvim uni aldab:
«Qo'y, yig'lama, sabr qil, bolam, ehtimol Tangrim insof bersa, la'natiga aql kirib qolar, yorug'likka chiqarsan», deb tasalli berar edi. Ana, mirshab keldi deganda, butun mahalla-ko'y qotib qolar edi.
Mirshab shartta otini oldimda to'xtatdi:
— Xo'sh, bola, ko'chani changitib yurasan, ot hurkib ketdi-ku, — dedi jahl bilan.
Birdan qo'rqib, qaltirab ketdim.
— Assalom! — dedim shoshib. — O'ynab yurgan edim.
Mirshab ko'z-larini ola-kula qi-lib, qamchini bir siltadi.
— Chaqir bobongni, tez bo'l, — baqirdi zarda bilan. Men boyoqish yugurganimcha ishxonaga kirdim:
— Tez yuring, bobo, mirshab chaqiryapti, — deb shoshirdim.
Bobom «A-a?...» dedi va munkillab ko'chaga yugurdi. Men esa yuragim duk-duk urganicha bobomning orqasiga siqilib to'xtadim.
— Assalomu alaykum, xo'sh, xizmat? — deb qo'llarini qovushtirdi bobom. — Ne voqea, tushunmayman?
Mirshab depsinib turgan, yiltiragan otda mag'rur o'tir-ganicha:
— Bolangizmi? — so'radi bobomdan.
— Nabiram, taqsir, bilasiz-ku, hovlingizga kirib-chiqib yuradi, oppoq oyimga suv tashib turadi, — deb javob berdi bobom.
Mirshab, albatta, yaxshi biladi meni, jo'rttaga bobomga qilayotgan do'qi bu.
— Xo'sh, otlarni hurkitib, ko'chani changitib yuradi, adab bersangiz bo'lmaydimi, qariya? — deya to'ng'illadi mirshab. — Bo'lmasa, men jazosini beraymi? — U ko'zini olaytirib men tomonga qaradi.
— Bola-da, bola, — dedi qaltirab bobom, — ammo yoshligi bor, sho'xroq, kechiring, taqsir, — u ikki bukilib qayta-qayta iltimos qildi.
— Xo'sh, bobo, bolani savalab turing, bolangiz yomon. Oq podsho oliy hazratlari davlati soyasidagi Turkiston mamlakatining katta-kichik fuqarolari mo'min-qobil bo'lmog'i lozim. O'rgating buni bolalarga. Gubernator hazratlariga hurmat va itoat hamda sidqidil bilan xizmat etmoqlari lozim. Lekin bolaning jazosini berardim-ku, ayadim bu galcha, yo'qsa... — menga qarab havoda qamchini bir aylantirdi.
Dir-dir titragan bobom sho'rlik qayta-qayta uzr so'radi. Mening jahlim chiqdi. Qovog'im soliq turardim.
IV. Mustahkamlash.
Savol- javob o’tkazaman:
1. Bobo bilan mirshabning tashqi ko'rinishini taqqoslang?
2. Mirshab boboga nima uchun do'q-po'pisa qildi?
3. Boboning mirshabdan uzr so'rashi bilan nabiraning jahli chiqishi o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
4. Bobo va mirshabga xos xislatlarni aytib bering.
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish