Muhammad Yusuf shE’R



Download 57,1 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi57,1 Kb.
#248750
Bog'liq
shox


Muhammad YuSUF ShERLAR

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabdan so‘ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-

1992 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, O‘zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi.
U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlar, ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi. So‘ngra Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), Halima enam allalari (1989), Ishq kemasi (1990), “Ko‘nglimda bir yor” (1991), Bevafo ko‘p ekan (1991), Erka kiyik” (1992), “Yolg‘onchi yor” (1994) kabi she’riy to‘plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989 yilda esa Uyqudagi qiz” nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998 yili Muhammad Yusufga O‘zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.
Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan o‘tdi.


Vatanim
Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim,

O‘zim xoqon, O‘zim sulton,

Sen taxti Sulaymonim, Yolg‘izim,

Yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga,

Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi,

Onam deymi,

Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o‘zing mehri Ilig‘imsan, Vatanim.


Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,

Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida

Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko‘ringan da’vo qilgan, Ming bir yog‘i ochilmagan Qo‘rig‘imsan, Vatanim.


Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan,

Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig‘i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon, Cho‘lig‘imsan, Vatanim.


Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin – Kurdistonda, Boburing – Hindistonda,

Bu qanday yuz qarolig‘, deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to‘qson olti Urug‘imsan, Vatanim…
O‘g‘lim desang osmonlarga G‘irot bo‘lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo‘lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug‘beging quchgayman, G‘ichir-g‘ichir tishimdagi So‘lig‘imsan, Vatanim…
O‘tgan kuning – o‘tgan kundir, O‘z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun.

Qo‘lin bog‘lab, Dilin dog‘lab, Yetaklashib ketgan kun,



Voh bolam! deb aytolmagan

Dudug‘imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig‘lagan bir

Shoiringga qarab qo‘y,

Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa, Detdomlarni so‘rab qo‘y. Hech bo‘lmasa Usmon xokin Keltirmoqqa yarab qo‘y, Olislarda qurib qolgan Qudug‘imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim, Ota desam,

O‘g‘lim deb,



Bosh egib turgan chinorim, Qo‘ynimdagi iftixorim, Bo‘ynimdagi tumorim, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim!
Onamga xat
Men sizni o‘ylayman shomu saharda, Ona, sog‘insam ham bora olamayman, Tunlari charog‘on shunday shaharda Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat:

O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,



Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men – zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim, Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos. Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim, Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda, Ona, sog‘insam ham bora olmasman. Tunlari charog‘on shunday shaharda

Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman…


Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib, Baxtimga hamisha Siz sog‘ bo‘ling deb, Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.
Ona tilim
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim. Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim, Parovozni hansiratgan bug‘doylarim, Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar, Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta, Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,

Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar, Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar, Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


Bir qarasam har shevangda ming jilolar Har novdangda, har mevangda ming jilolar. Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar, Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim, Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Samarqand
Samarqandga borsam men agar, Ulug‘bekni ko‘rib qaytaman.

U qon yig‘lab tu pap har safar: Men dardimni kimga aytaman?..


Bag‘rimda bo‘y yetgan bo‘z bolam, Mergan bolam, lochin ko‘z bolam, Bo‘g‘zimga tig‘ urgan o‘z bolam… Men dardimni kimga aytaman.
Sezmay qoldim. O‘shanda chog‘im, Yulduzlarda ekan nigohim. Bilmadim ne edi gunohim… Men dardimni kimga aytaman.
Qancha g‘amga botmagan edim, Kdncha og‘u yutmagan edim…

O‘z bolamdan kutmagan edim… Men dardimni kimga aytaman.


Tanim muzlab, goh tosh qotaman, Men shoh emas, axir, otaman. Go‘rimda ham o‘ylab yotaman,

Men dardimni kimga aytaman?..


Samarqandga borsam men agar, Ulug‘bekni ko‘rmay kelmayman. U menga qon yig‘lar har safar, Men dardimni kimga aytaman!

Biz baxtli bo‘lamiz
Mayli-da, kimgadir

Yoqsa, Yoqmasa,

Ularga qo‘shilib Yig‘lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa

Uchrasharmidik…


Rayhon hidlaringni

Yo‘llarimga sep, Kut meni,

Har oqshom, Ko‘kka oy chiqqan. Faqat, Yig‘lamagin, Gunohim ne deb, Aybing –

Onang seni

Chiroyli tuqqan!..
Menga

Bir tabassum Hadya et, ey yor, Nur tomsin Lablaring Sohillaridan. O‘zing ayt, Senday qiz

Yana qayda bor, Kipriklari uzun Kokillaridan?..


Iymanib yashama Xayol pinjida, Yoyil,

Yayra jonim, O‘rtanma g‘amda. G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida,

Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda.
Men esa

Oshig‘ing sening – Eng g‘arib.



Tundan so‘z Qarz olib, Tongga tutguvchi.

Sening yoningda ham

Seni axtarib,

Sening yoningda ham

Seni kutguvchi.
Ista,

Tiz cho‘kaman Hozir oldingda. Sevdim, Sevganimdan Uyalmoq nechun. Barcha farishtalar Sening qalbingda Ijarada turgan Qizlar men uchun!..


Biz baxtli bo‘lamiz

Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik?!
Mening dardim
Tuzalmaydi dardim mening, O‘lsam kerak.

Tuproq bilan og‘a-ini

Bo‘lsam kerak.
O‘lim nima? Bu ham bitta

Sayr, Ona.

O‘g‘ling qaro yerga ketdi, Xayr ona…
Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo‘q.

Xira shamdek ko‘zlarimda

So‘nmoqda cho‘g‘.
Cho‘g‘ nimadir? Cho‘g‘ ham tutab, Kul bo‘ladi.

Inson bir kun o‘z mayliga



Qul bo‘ladi…
Yuragimni tamom qildim, Yig‘layverib.

Huzurimda ajal turar, Qoshin kerib.
Men hayotda o‘limga tik

Boqib o‘sdim…

Qani menga atalgan joy, Ketdik, do‘stim!


Lolaqizg‘aldoq
Shavkat Rahmon xotirasiga

Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der,

Men seni o‘ylayman O‘zimdan ko‘proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Men ketsam, yomondan Yiroq bo‘l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko‘rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo‘lar-u,

Yomon odam yaxshi Bo‘lmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim,

Lolaqizg‘aldoq!
Uyda yotibman-u, Sezib turibman, Ko‘kda ketayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog‘dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib.

Bor, mening uchun ham

Ularga qo‘l qoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!


Ularni men yana Ko‘rarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim.

Kuz. To‘ylar boshlandi. Yuragim pora –

Bitta qizimni ham Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan To‘y ko‘rmay o‘lmoq, Lola, lolajonim,

Lolaqizg‘aldoq!


Biroq, ko‘nglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam to‘ladi.

Hali to‘ylar qilib Charchaysan, erkam, Mening qizlarim eng Baxtli bo‘ladi! Kelinlar ko‘ylagi Ruhimday oppoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!


Gulim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo,

Bu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz: Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Menga esa havo Yetmaydi, xolos. Tiriklar mudroqda, O‘liklar uyg‘oq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Ko‘ksim kuyib borar, Ko‘krak yonmoqda, Ayting do‘xtirlarga, Yorishsa yorsin!

Jism o‘z ulfati – Jondan tonmoqda. Bechora jon endi Qaerga borsin. Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Buni hayot derlar, Unutma aslo,

Bir kun ochilasan, Bir kun so‘lasan. Qalbimda-ku, faqat Sen eding tanho, Qabrim ustida ham O‘zing bo‘lasan.

Sen bizning sevgidan Xotira – bayroq, Lola, lolajonim,

Lolaqizg‘aldoq!
Ayol qalbing bilan

Suv kech, olov kech,

G‘am kelsa boshingdan Hushing uchmasin. Xudodan so‘radim: Mendan keyin hech

Nomard kimsalarga Ishing tushmasin. Ularning qo‘lida Hamisha tuzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Ishing tushsa, inim Muhammadga bor, Shoirlar ichida Ishonganim shu. Biroz ichishini Aytmasa agar,

Ko‘ksi tiniq bola, Halol bola u.

Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Jon so‘nggi boshpana

Toparkan ongda, U yurak ostida Derdim men bo‘lsam. Ajablanma agar Ertaga tongda

Seni o‘pib, O‘shni Quchoqlab o‘lsam!.. O‘tinchim – tepamda, Yig‘lama uzoq,

Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!


Xavotir
Qo‘rqaman, ertaga men o‘lib ketsam, Yotar bo‘lsam qumga botib ko‘zlarim, Ko‘nglimni ko‘chkiday bosadi bir g‘am – Yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim…
Eng yaqin do‘stlarim g‘iybatim qilar, Eng zaif dushmanim ustimdan kular. Ular-ku, ne qilsa o‘zlari bilar,

Yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim…


Shoir o‘lsa kim ham kuyinar deysiz, Madhiyaboz hozir suvarakday ko‘p. Ular misli qishda tarnovdagi muz, Barmoq tegsa yerga to‘kilar to‘p-to‘p…
Tildan qolsam ko‘zda qotib yoshlarim, Ko‘nglimdan boshqa bor axir, ne zarim? Yerlarga egilgan kuni boshlarim, Yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim…

Ular yosh. O‘limdan qo‘rqaman yomon, Chunki, dardiga hech quloq solmadim. Qabrimning ustida yig‘lasin debon, Qizlarim ko‘zyoshin asray olmadim!


Sevgi bu…
Sevmoq bu –

Kechirmoq degani asli,

Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor. Yalpizlar gullagan shu bahor fasli, Sodiq hamdam bo‘lgin sen menga, dilbar.
G‘iybatlar tingladim, aylandi boshim, Ho‘l tuproq kuydirdi tovonlarimni, Va mana men uyda ko‘nglimni yulqib Ko‘mdim beor do‘stdek gumonlarimni.
O‘ylar suraverdim kechalar tanho, Goho, jiqqa yoshga to‘lganda ko‘zim. Va seni sevmoqdan oldin bir kuni

Dildan sevib qoldim o‘zimni o‘zim…


Sevmoq bu – o‘zingni anglamoq asli, Toki zamin aro quyosh bor, gul bor. Rayhonga ko‘milgan shu bahor fasli, Sadoqatli yor bo‘l sen menga, dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman, tamom, G‘amgin ko‘zing, hadik to‘la ko‘zingni. Sevmoq bu – kunda bir ko‘rmoq baxtidir Ozg‘in qo‘llaringni, sepkil yuzingni…
Hazil
Mening haqimdagi g‘iybatlar yolg‘on, Ixtiyor o‘zimda bo‘lsa qaniydi.

Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam, ul zotning ko‘ngli ranjiydi.


O‘zim boshladimmi, o‘zim qilgum bas, Do‘stlarim behuda zavolim izlar, Agar qirqqa kirmay o‘lsam, may emas, Meni xarob etgan bevafo qizlar!..
Sodda Muhammadman
Sodda Muhammadman, Sodda Muhammad.

Turkman qizni maqtab baloga qoldim. Ko‘ylagiga havas qilgandim faqat, Toabad tuganmas g‘avg‘oga qoldim…
Nedan ranjidingiz, jon singillarim, Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.

Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim, Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
Yorug‘ dunyoda-ku bari qiz go‘zal, Millat tanlamas-ku husn degani, Nigohim Jayhundan sakrab o‘tsa sal, Qaydan bilay sizga malol kelganin.
Yurtim suluvlari, sizga yo‘q ta’rif, Qoshingizda o‘sma yursa sirg‘alib, Uzun sochingizni o‘rsangiz tarab, Boqsa degan edim oy ham suqlanib.
Asli turkman qiz bir bahona, xolos, Izlaganim edi sizlar kabilar, Qo‘msaganim hayo – momomlarga xos, Sog‘inganim edi Kumushbibilar…
Yonsam, hajringizda mening yonishim, Kuysam, siz tufayli ko‘nglimdagi cho‘g‘, Turkman qizlarda yo‘q mening tanishim, Qalinga tuyam ham tushib qolgan yo‘q!
Manzara
Bedapoya to‘ridagi juftin qidirib,

Sayray-sayray jimib qoldi bedana dilgir. Suvsumbulni va’dasiga ko‘mib, ko‘ndirib, O‘ynatgani olib ketdi ipmoq qaygadir.


Qir tomondan poda qaytib kelarkan qator Kumush sohil bo‘ylariga changlar yastanib, Qishloqning eng chekkasidan bahaybat chinor Ufq tarafga qarab qo‘ydi xavotirlanib.
Quyosh osmon etagiga osilib, mana,

Bir xo‘rsinib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldiyu keyin – Qo‘shni qizning havasini keltirib yana Tolko‘chaga suv sepishni boshladi kelin…
Qushlar ham yig‘lar
Terlar oqdi suv bo‘lib bizdan Va gursillab yiqildi terak… Aka, bizning qilmishimizdan Tunda qushlar yig‘lasa kerak.
Ona chumchuq aylanib ketmas, Ko‘ngliga qil sig‘masa kerak. Eski indan tashib borib xas, Yangi inda yig‘lasa kerak.
Baland bo‘lar uyimiz tog‘dek, Ayvonida ustun ul terak.

Biz yasharmiz, ko‘nglimiz chog‘dek, Shunda qushlar yig‘lasa kerak…

Ruh to‘tisi
Bosh bir kun tosh yostiqqa yetar, Ruh to‘tisi tanni tark etar. Deydilar, yosh tanlamas ajal, Xudo bilar, kim oldin ketar…
Oftob yelib tolsa ko‘k uzra, Unga osmon sandig‘i hujra. Haqdan hukm, bandadan ijro, Xudo bilar, kim oldin ketar?!
Pok dilingni kemirdi hasad, Qadamingda topding aziyat. Do‘stim, menga qilma vasiyat, Xudo bilar, kim oldin ketar.
Aso tutmish qancha qaddi dol, Men bir kuchga to‘lgan navnihol, Otam meni ko‘mar ehtimol… Xudo bilar, kim oldin ketar.
Ko‘zim ko‘kda, sizda xayolim, Jujuqlarim – mening kamolim!.. G‘animatmiz, jufti halolim, Xudo bilar, kim oldin ketar!..
***
Tanish terak. Ariq yoqasi. Bo‘tana suv, shirin loyqa suv. Tol ko‘chada otlar taqasi, Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga…
Yalpiz hidi tutgan dalalar, Gapga chechan boqchaxolalar, Belanchakda yotgan bolalar, Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun, Shiyponlardan o‘rlagan tutun, Tut shoxiga osilgan tugun… Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
O‘qariqdan yolg‘izoyoq yo‘l,

Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l, O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l, Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.


Yog‘och eshik ochilar sekin, Toshmehrman men juda, lekin Hozir yig‘lavorishim mumkin – Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga…
* * *

Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni samo tushungaydir,

Sen, ey inson, tushunmaysan..
Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam, Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam, Meni daryo tushungaydir,

Sen, ey ummon, tushunmaysan.


Men ham shaydo, men ham maftun, Men ham hech kimi yo‘q Majnun, Meni laylo tushungaydir,

Sen, ey jonon, tushunmaysan.


Mening yo‘lim uzun armon, O‘zim dovon, o‘zim karvon, Meni sahro tushungaydir, Sen, ey sarbon, tushunmaysan.
Mening borim erur ko‘nglim, Mening yorim erur ko‘nglim, Ma’yus tanho tushungaydir,

Sen, ey xandon, tushunmaysan…


Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni Olloh tushungaydir, Sen, ey xoqon, tushunmaysan.
Ko‘nglim gul, ko‘zlarim guldir, Yuzim gul, qo‘llarim guldir. Meni sabo tushungaydir,

Sen, ey to‘zon, tushunmaysan…


G‘uborimdir bo‘yi rayhon, Minorimdir tilim biyron. Meni dunyo tushungaydir, Sen, ey nodon, tushunmaysan.
Yaxshi
Xurshid Davronga
Ey do‘stlarim,bu dunyoda Ortda qolgan iz yaxshi, Bulbuli yo‘q bahordan Qumri to‘la kuz yaxshi. Minnat to‘la halvodan Ayvondagi muz yaxshi, O‘pich ko‘rgan paridan Sepkil toshgan yuz yaxshi, Ichmasang ham qimiz zo‘r, Quchmasang ham qiz yaxshi.

Ey do‘stlarim,dunyoda Ortda qolgon yod yaxshi, To‘qligingda yo‘qlagan Qarindoshdan yot yaxshi, O‘nta nomard do‘stingdan Bitta cho‘loq ot yaxshi.


Olisdagi oltindan Quchoqdagi gard yaxshi, Vafosi yo‘q xotindan Davosi yo‘q dard yaxshi, G‘alamis bergan g‘aznadan Burda arpa non yaxshi, Qirqta chala mulladan Bitta musulmon yaxshi.
Bir kecha
Bir kecha bexosdan uyg‘onib ketsam, Yig‘lab o‘tiribdi yuragim yum-yum.

Cho‘chib turdim: senga nima bo‘ldi, erkam, Nimaga yig‘laysan,

Men nima qildim?
Unday desam bo‘lmas, Bunday desam ko‘nmas,

Chekdim. Chiqib sekin hovlini kezdim. Hamma yulduz so‘ndi. Bir yulduz so‘nmas — Ko‘zimga mo‘ltirab turar ilk sevgim.


Yulduzdan ham olis o, sen buyuk g‘am, Bugun o‘zing yo‘qsan faqat yonimda. Hijron kuyin chalib qon o‘rnida ham Armon aylanadi joni tanimda. Uylayman, o‘ylayman, o‘ylarim uzun, Qo‘lim qisqa, sevgim, bo‘ylarim uzun, Endi sen mening uchun eng uzun ertak, Endi meni yomon qiynar bu yurak!.. Chekaman. Tu tunga to‘ladi xona,

Ilk sevgim mo‘ralar to‘rt burchagidan. Men dalli, yuragim mendan devona — Yotmayman, deb yig‘lar par to‘shagingda.


Sog‘indim
Toshkanda… tog‘larni sog‘indim, Yashil o‘tloqlarni sog‘indim.

Suv bo‘yiga chordona kurgan

Momoqaymoqlarni sog‘indim.


Kechagina yomg‘irda ivib, Yurar edim kapalak kuvib, Shudringlarga yuzimni yuvib… Bolalik chog‘larni sog‘indim.

Toshkanda tong shunday boshlanar: Quloq yirtar baland poshnalar, O‘zim tashna, menga tashnalar — Yalangoyoqlarni sog‘indim.


Yashirib ne qildim sizlardan, Lola yonoq, hilol yuzlardan, To‘ydim tillobarmoq qizlardan, Qo‘li qadoqlarni sog‘indim.
Bilganimni bilgancha bildim, Yo‘qdan borin binolar qildim, Shahar keng deb, zinolar qildim, Uzoq-uzoqlarni sog‘indim.
Aldovlarga qoldim o‘rganib, Qo‘rqib qoldim ko‘ngil bergani, Kelganim yo‘q Seni ko‘rgani — Zilol buloqlarni sog‘indim!..
Iqror
O, ota makonim. Onajon o‘lkam,

O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q,

Seningdek ko‘rkam.

Rimni alishmasman bedapoyangta.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.

Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin,



Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin,

Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat — Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.


Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram — bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim,

Seni bilmaslarga rahmim keladi.



Sahifa quyisida Muhammad Yusufning «Saylanma» va «Uyqudagi qiz» kitoblarini mutolaa qiling
Download 57,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish