Hidlaringni sog’indim bahor
Qo’llarimdan ilk bor tutganding,
Sochlarimni silab o’pganding,
Bag’ringga sen ilk bor olganding,
Hidlaringni sog’indim bahor.
Yomg’irlaring yuzimni silar,
Rayhon hiding meni mast etar,
Erkalatar meni shamollar,
Hidlaringni sog’indim bahor.
Yana qaytib kel bahorginam
Zulmatni yeng ey sen xorginam
Gullaring sep yo’llarimga ham
Hidlaringni sog’indim bahor
Sog’inch
Bag’ringizda gul-u lola kabiman,
Mehringiz nechun qumsaydi dilim.
Mehrga muhtoj bola kabiman,
Bag’ringiz taftini so’raydi qalbim.
Sog’inaman bu kecha zorlanib nechun
Otajon taftli bu qo’llaringiz
Izlayman sarsonlar bo’lib bu kecha
Jigarim qalbimga bergan daldangiz.
Ona shirin so’zlaringiz topolmay qoldim
Qaylardan izlayin manzilin ayting
Sizdek mehribonni hech uchratmadim
Borlig’im yonimga siz tezroq qayting
Hayotim ma’nosi shu kichik oilam
Ular bilan men bor va shod hurram
Allohdan birgina so’rayman shuni
Baxtimga sog’ bo’lsin hammalari ham
Men baxtli hayotta yashayveraman
Bu kun qalbim so’zin aytayin sizga
Mayli ta’rif denglar, mayli takabbur
Ichimdagi sabrim maqtayin sizga
Keyin ming bor aylaysiz menga tashakkur
O’ylamang bir so’zim o’ldiradi deb
Kulib qarshingizda yashayveraman
Hayotning sinovi yiqitadi deb
Sabrimni qanot deb uchaveraman
O’ylamang ojiz deb, o’ylamang kuchsiz
Siz bergan sinovga chidayveraman
O’ylamang to’lqinlar asirasi deb
Dengizda jahyundek suzaveraman
Mayli achchiq so’zingiz kanda qilmang hech
Men ham beparvodek yuraveraman
Ozorning qo’lidan tuting mahkamroq
Ortga qayrilmasdan ketaveraman
Topolmay qolasz dunyoni izlab
Manzilim aytmayin asta ketaman
Dard kemirib ichingiz, bo’lasiz xasta
Men baxtli hayotda yashayveraman.
Ona
Mehr ila dunyoni kaftida tutgan
Farzandin kamoli chun o’zin unutgan
Ozorlarin unutib dilbandim degan
Onadek mehribon bormikin ayting
To’qqiz oy vujudda saqlab murg’akin
Shirin tushlaridan ayrib tunlarin
Shubhasiz baxshida aylab bor budin
Onadek suyguvchi bormikin ayting
Onaning poylarin jannat bilaylik
Mehrini tugamas ne’mat bilaylik
So’zlarin doimo odat qilaylik
Onadek ulug’ zot bormikin ayting
Onajon siz mening mehribonginam
Albatta siz meni eng suyguvchi ham
Siz men uchun doim ulug’, mukarram
Dunyoda sizdek zot bormikin ayting.
Otam
Ota, siz bo’lasiz mehr bulog’im
Qalbim quvonchisiz, so’zi ardog’im
Siz buyuk tog’imsiz, suyanchim, bog’im
Baxtimga doim siz sog’ bo’ling otam
Doimo boshimda bor bo’ling otam
Mehringiz adosin ko’rmadim hech ham
Siz bilan men kamlik sezmadim hech ham
Boshimda bo’ldingiz humo qushim ham
Baxtimga doim siz sog’ bo’ling otam
Doimo boshimda bor bo’ling otam
Umr
Umr o’tar qiziq murakkab
O’tar umr shamol-u yeldek
Ushlay olmay sen albat halak
Demak yasha erta ketgudek
O’tkinchilik umrning do’sti
Ajralmaydi ikkisi hech ham
Shu sababli o’tar barchasi
O’zi butun asr bo’lsa ham
Kapalakdan o’rnak ol do’stim
Rohat olar qisqa umrdan
Bajarib bor majburiyatlarin
Kulib ketar hayot bag’ridan
Sen ham kulgin doimo rostdan
Yaxshilik qil hamisha qalbdan
Shunday yashaginki hayotdan
Do’stlar yig’lasin chin yurakdan
Do'stlaringiz bilan baham: |