1-boshlovchi



Download 51 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi51 Kb.
#543411
Bog'liq
Ona tabiatni asraylik tadbir ishlanmasi


1-boshlovchi
Assalomu alaykum qalbi quyosh mehri ummon kabi cheksiz aziz va muhtaram ustozlar.
2-boshlovchi
Assalomu alaykum bilim olish bilan charchamagan, o’z vatanini, xalqini, ona tabiatini sevuvchi, ilmga tashna, bilimdon, zukko maktabdoshlar!
1-boshlovchi
Aprel oyi bayramlarga,tarixiy sanalarga boyligi bilan boshqa oylardan ajralib turadi.
2-boshlovchi
-Ha-ha to’g’ri aytasiz.Bolalar yaqinda biz “Qushlar kuni”,”Gullar bayrami”,”Kitobsevarlar kuni” kabi bayramlarni o’tkazdik!
1-boshlovchi:Bu kun esa 22-aprel “Atrof tabiatni asrash” kunini ham kutib oldik.
2-boshlovchi:Bu kunda biz 2-,,B’’sinf o’quvchilarining tayyorlab kelgan mavzuli davramiz ham xuddi shu kunga to’g’ri keldi.
Shahriyor :Barchangizni ushbu tadbirimizni tinglab tomosha qilishga taklif etamiz..
Tabiat bizning uyimiz
Uni asrash burchimiz
Shavkat:Tabiatjon sen onamiz
Chiroyinga parvonamiz
Sendan chiroy olgan bizlar
Ota ona o’g’il qizlar
Sen go’zallik konidirsan
Odamlarning jonidirsan
Chiroyinga yana chiroy
Qo’shajakmiz har kun har on
Biz tabiat so’zini yolg’iz ayta olmaymiz Unga albatta dunyodagi eng aziz va mo’tabar nomni qo’shamiz.Chunki har kuni ona tabiatning yorqin nuri,sof havosi,toza suvi,behisob noz ne’matlaridan bahramand bo’lamiz.
Shahzod:Birinchi ustozim Tabiat deya faxrlanib e’tirof etadi avar shoiri Rasul Hamzatov .Tabiat hamma narsaga guvoh.Tog’lar sukut saqlashadi,go’yo 5daqiqadan so’ng kul bo’lib sochilib ketishidan xavotirlanayotgandek.
Mehriddin:Odamlar esa xuddi 5ming yil umr kechirayotganday shoshilishadi.Kim tabiat tilini insoniyat tiliga tarjima qila olsa,o’sha shoir.Tabiatdan mohir haykaltarosh ham,bastakor ham,rassom ham yo’q bu dunyoda.
Azamat:Tabiat hodisalari dov –daraxt,o’simlik,jonivor va qushlar –tabiat in’omlari.Bizning yashashimiz va go’zallikdan quvonishimiz uchun tabiat tomonidan taqdim etilgan sovg’alardir.
Shahrizoda
Bizga ma’lumki dunyodagi jamiki tirik mavjudot,insonlar tabiat qo’ynida yashaydilar.Biz tabiatni onamizga qiyoslaymiz.Chunki tabiat bizni boqadi,kiyintiradi.Tabiat juda boy va saxiy.Biz uning boyliklaridan keragicha foydalanamiz.
Shavkat:Tabiatdagi hech bir narsa abadiy emas.Shunday ekan yer osti va yer usti boyliklarni,isrof qilmay,oqilona foydalanishimiz zarur….
Ravshan:Biz mevazor bog’lar barpo etishimiz va o’zimizning sog’lom bo’lishimiz uchun u mevalardan iste’mol qilishimiz darkor.
Munisa:Manzarali daraxtlar barpo etib,havoning sof va musaffo bo’lishiga o’z hissamizni qo’shamiz.Suvni tejab ishlatishga atrof toza bo’lishiga harakat qilamiz.Tabiatni yashil olamni o’simliklar va daraxtlarsiz tasavvur etish qiyin
Tabiblarning tabibi Abu Ali Ibn Sinoning aytishicha yerdan unib chiqqan har bir giyoh borki insonning bir dardiga davo.
Javohir:Bir niholdan eksa har kim
Olam o’rmon bo’ladi
Bir niholdan kessa har kim
O’rmon cho’l biyobon bo’ladi.
Nazokat:Hayot yo’qdir daraxtlarsiz
Bog’ qilmoqqa hissang qo’sh
Biz quvnoq bolalarmiz
Tabiatni sevamiz
Behruz:Uni ardoqlab doim
Yosh nihollar ekamiz
Unib bo’sgan nihollarga
Mehr bilan qaraymiz
Dilimizda bordir g’ayrat
Xor:Tabiatni asraymiz!
Munojot:Tabiatni suv havosiz tasavvur etish qiyin.Turli korxona va zavodlardan chiqayotgan zaharli gazlar va chiqindilar tufayli bugungi kunda atmosfera nihoyat ifloslanib bormoqda.
Shohijahon :Bu esa o’simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Ularning kamayishiga tuproqning suvning havoning ifloslanishiga sabab bo’ladi.
Javohir:Suv-bu hayot manbai.Dunyo bo’yicha 25%ichimlik suvi bo’lib bu juda oz miqdorni tashkil etadi.
Tabiat yoydi gilam
Borliq bo’ldi mujassam
Barchaga berib salom
Tilga kirdi bu olam
Dedi onalar onani
Dedi bolalar bolam
Asraylik avaylaylik
Ko’zlaridan ko’rmay nam
Orif
Osmon der bolalarga
Musaffo havo bo’lsin
Kuy qo’shiq kulgilari
Hamisha yangrab tursin
Ruslan
Quyosh der bor mehrini
Sochaman shu olamga
Har bir xonadondagi
Shirin shakar bolamga
Diyor
Oymomo der bola bol
Allayin uxlay qol
Also cho’chima qo’zim
Tepangda uyg’oq ko’zim
Osmonning bolalari
Biz o’yinqaroq yulduz
Siz uxlasangiz tunda
Bizlar uxlaymiz kunduz
Quyosh bobomiz qaytgach
Siz tomon oralaymiz
Shirin tushlar ko’ring deb
Darchadan mo’ralaymiz
Jahon
Tabiat der borimni
Bolajonlarga sochay
Siz qayerda yursangiz
O’zim bag’rimni ochay
Nilufar
Baxtli diyorimizning
Bayramlari mo’l bo’lsin
Xonadoningizda
Sizlar uchun to’y bo’lsin
Ruslan:Keyingi yillarda tabiatni asrash muhofaza qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Endilikda tabiatni asrash o’simlik va hayvonot dunyosi kamayib ketishi oldini olish maqsadida yurtimizda turli hududlarda 9ta qo’riqxona tashkil etilgan.
Bular:,,Zomin tog’ archa’’,’’Qizilqum tog’ay cho’l,, ,’’Chotqol tog’ o’rmon,, ,’’Surxon’’, ’Baday to’g’ay,, ,’’Nuroto tog’ yong’oqzor,, ,’’Zarafshon to’g’ay,, ,’’Hisor tog’ archa,, ,’’Kitob davlat geologiya’’qo’riqxonalaridir
Lobar:Ularda barcha o’simlik va hayvon turlari muhofaza etiladi.
Shaxzod :Ulardan tashqari yo’qolib ketish xavfli bo’lgan o’simlik va hayvonlar O’zbekiston ,,Qizil kitobiga’’kiritilgan.
Farangiz :Qizil kitobga sut emizuvchi va baliqlarning 5hamda o’simliklarning 163 turi haqida ma’lumot berilgan.
Behruz:Tabiatni muhofaza qilish hammaning ishi.O’simlik va hayvonot dunyosi bizlarning sog’ salomat yashashimiz uchun nihoyatda zarur.
Ruslan :Hozirgi kunda atrofni flora va founasining chorak qismi yo’qolib ketish xavf ostida ekan
Jahongir:Qanday achinarli holat.Agar biz bu ishga o’z hissamizni qo’shmasak tabiatga putur yetadi.
Shahrizoda:Atrof muhitni asrash nihoyatda muhim.
Shahzod:Qizil kitob yer yuzida kamayib borayotgan jonivor va o’simliklarni himoya qilish uchun dono kishilar tomonidan o’ylab topilgan kitob.
Behruz:
Gul lolalar qo’lin cho’zib
Go’yo salom berar menga
Sho’x qushchalar shirin kuylab
Izzat ikrom qilar menga
Munojot :Quyosh ko’kdan boqib mendan
Hol ahvolim so’rab turar
Atrofimni ko’m ko’k tog’lar
Ko’rmagin deb o’rab turar.
Nilufar:O’t o’lanlar shivirlashib
Kel yonimga kelgin deydi
Yashil daraxt shoxin silkib
Ol mevamdan olgin deydi.
Jahongir:Mayin shamol esib birdan
Go’yo shirin mehrin yoqar
Soy suvlari shildirashib
Orom ol deb jo’shqin oqar
Diyor:Shu dala qir shu bo’ston
Shu kitobning shu doston
Shu oromgoh tog’ bag’ri
Soya salqin bog’ bag’ri
Senga boqqan har chechak
Bugun erta kelajak
Bari bari seniki
Bolam shuni uqib ol
Barini sev sodiq qol
Shohruh:Vatanimda to’rt fasl
Biri biridan asl
Ular haqda qancha she’r
Qo’shiq to’qisam arzir
Lobar:Bahori gullarga boy
Yurtga beradi chiroy
Mehrli qaynoq yozi
Tinmas qushlar ovozi.
To’kinchilik fasli kuz
Oq oltinni tering tez
Qishda esa hamma yoq
Bo’ladi pardek oppoq
Shodlikka to’ladi dil
Yana kelar yangi yil
Azamat:Gullarimiz rang barang
Lolalarga bir qarang
Xushbo’y hidin taratgan
Atirgullarni sanang
Ruxshona:Nafis gul chechaklarning
Tarovatli o’zgacha
Ko’zimni quvnatib
Yashnab turar kuzgacha
Shahzod:Bog’ daralarda ming bitta ovoz
Go’yo tabiat bizga so’ylar roz
Yo’llar kezamiz chorlar dala bog’
Tabiat so’ylar tutamiz quloq
Aziza:Aytring sharqirab ne derkin suvlar
Shamollar ne der bog’ma bog’ uvlab
Boshimiz uzra yaproq shildirar
Bo’lmagin dermi yo soyaparvar
Ravshan:Ne derkin qushlar sayrab kun bo’yi
Gullar ham so’zlar taratib bo’yin
Saqlashib sukut go’yo tog’lar jim
Xo’shtoshlar tilin kim tushunar kim
Shahrizoda:Ko’kda quyosh ham so’zlar ku hatto
Nurin soz ekan bo’larmi xato
Nadir demoqchi ona tabiat notanish bizga so’zlari faqat
Ruxshona :Tilin albatta olamiz bilib
Chunki berar aql bilim
Hayvonot dunyoi haqida qiziqarli fikrlar
1.Yer yuzidagi barcha hayvonlar orasidagi jirafalar eng kattayurak va yuqori qon bosimiga ega.
2.Tuyaqushning 1dona tuxumi 1,5kg bo’lib undan 11yarimta quymoq pishirish mumkin.
3.Ilonlar hech nima yemasdan 3 yil uzluksiz uxlay oladilar
4.Chumolilarning miyasi boshidan katta
5.Fillar 4tizzali yagona hayvonlardir
6.Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.
7.Timsohlar chuqurroqda sho’ng’ish uchun tosh yutadilar.
8.So’ngi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmagan
9.Tuya o’rkacha bo’lsada ammo uning umurtqa pog’onasi to’g’ri
10.Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
11.1kg asal yig’ish uchun asalari 2millionga yaqin gul ustidan uchib o’tib shira yig’ishi kerak.
12.Shimpanzelar o’zini ko’zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
Javo hir:Qani endi do’stginam
Oynomani och
January va februaru
Undan keyin March
Asad:April,may so’ngra kelar
Yozning oylari
June,julu,August
Nurga boylari
Shahzod :September va octomber
November so’ngra
Yilni essa December
Yakunlab berar
Furqat:Tabiat tarozi
Buzsang bo’lar norozi
Olar bo’lsa sendan o’ch
Ko’tarasan qayga kuch
Fasllar adashar navbatdan ba’zan
Yil aro kechikib aldar ko’klamlar
Lek osmonimiz bo’lsin musaffo
Ruslan:Mana tabiatning qizil kitobi
O’qing misralarim uchajak hushlar
Sizu bizdan so’rar haqqoniy javob
Tilsiz jonivorlar bedarak qushlar
Boshlovchi:Shuning bilan 2-“B” sinf o’quvchilari tayyorlab kelgan mavzuli davramiz o’z nihoyasiga yetdi.E’tiborlaringiz uchun rahmat!

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish