Ochiq dars ishlanmasi



Download 391 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2019
Hajmi391 Kb.
#31777
  1   2
Bog'liq
Ochiq dars ishlanmasi

Tasdiqlayman”

Maktab O’IBDO’_____________ __________________________


№____sonli umumta’lim maktab

3___-sinf o’qituvchisi

_________________________ning

Ona tili fanidan

OCHIQ DARS ISHLANMASI

Mavzu:DARAK GAP

Sinf _________ Sana : _______

Mavzu: Darak gap. .

Texnologik xarita

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: suhbat, tushuntirish, noan`anaviy usullardan foydalanish.

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.

Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.



Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy: Tilshunoslik qoidalari bilan tanishtirish.Til birliklari haqida ma`lumot berish.O`quvchilar savodxonligini oshirish.Tinish belgilarini ishlatish ko`nikmalarini hosil qilish.

Tarbiyaviy: o’quvchilarda mehnatga muhabbat tuyg’ularini uyg’otish, kasb egalariga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, imlo malakalarini takomillashtirish.

Tayanch kompetensiya elementlari: axborot bilan ishlash kompententsiyasi, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi

Nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish,yozish):

O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiroqlarini tinglab tushuna oladi: gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanishi va ma’lum bir vazifani bajarishini bilib oladi.

Lingvistik kompetensiya elementlari: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi.


Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metod

Vaqt

I-bosqich

Tashkiliy qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o‘quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

kayfiyat mashqi

2 daqiqa

2-bosqich

Ehtiyoj

(refleksiyalarni aniqlash)

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar belgilanadi.

suhbat

2 daqiqa

3-bosqich

Darsning borishi

1. O‘tgan darsni so‘rab baholash, uy vazifasini tekshirish.

2. Darslik bilan ishlash.

3. Darslikdagi qoida ustida ishlash

4. Savol-javob

5. Multimedia ilovasidagi topshiqni bajarish


suhbat

mustaqil ish

qoidalarni eslab qolish

izlanish


4 dаqiqa

7 daqiqa


3 daqiqa

5 daqiqa


6 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

1. Darslik bilan ishlash.

2. Multimedia ilovasidagi topshiqni bajarish



mustaqil ish

namoyish suhbat



5 daqiqa

7 daqiqa


5-bosqich

Dars yakuni va baholash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.

baholash

2 daqiqa

6-bosqich

Uyga vazifa berish

Uyga topshiriq qilib berilgan mashqni bajarib kelish

tushuntirish

2 daqiqa

Darsning maqsadi:

A)o'quvchilarning darak gaplar haqidagi bilimlarini kengaytirish

B)lug'at boyligini oshirish; muomala madaniyatini tarbiyalash.;

D)matn tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: izlanish.

Darsning jihozi: uydan maktabgacha bo'lgan yo'l tasviri, 4 faslga oid rasmlar.

Darsning borishi:O`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash .



I.Tashkiliy qism:

1.Salomlashish

So`zlarning eng shirini,

Ochiq aytay sirini,

Odob bog`in sharbatin,

Qalb gavharin qimmatin,

Qo`l berib shu so`z bilan,

Dillar qulfin ochamiz.

Aql nurin sochamiz.

Qaysi shirin so`z ekan?

Assalomu alaykum!

____Bolajonlar omonmisiz?

Bugun darsga tayyormisiz?

____ Ha, ustozjon, omonmiz,

Bugun darsga tayyormiz!

O`qituvchi: Darsimiz nima bolajonlar?

O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .

navbatchi axboroti tinglanadi


Vatanimizning nomi nima bolajon?

Poytaxtimiz nomi nima? Prezidentimiz kim?

21-oktabr “O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.O`zbek tiliga So`z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy asos solgan.

2. Uy vazifasini tekshirish.

76- mashq. Matnda nechta gap borligi va ular qanday gap ekanligi aniqlanadi.

. „Muzyorar“ mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bu mashg'ulotda o'quvchilar iliq so‘zlar aytib, bir-birlariga gul beradilar. Ra’no Muhayyoga gul berayotib: „Ozoda kiyinibsan“ desa, Muhayyo Botirga: „Kecha futbolda g'olib bo‘libsizlar, tabriklayman“, deb yaxshi so'zlar aytishadi. Bu bilan o'quvchilarning faolligi oshadi, bir-birlari bilan tezda muloqotga kirishib ketadilar.
III. Yangi mavzu

Darslik bilan ishlash. 77- mashq.

O'quvchilarning uydan maktabga kelguncha kimlami ko'rganlari, kimlar bilan suhbatlashganlari, qanday voqea-hodisalarning guvohi bo'lganlari haqida savollar bilan suhbat uyushtiriladi.

— Yo'lda kimlarni uchratdingiz?

— Nima haqida suhbatlashdingiz?

– Yo'lda sizni nima qiziqtirdi?

— Qanday voqeaning guvohi bo'ldingiz?

Savollarga berilgan javoblardagi gaplardan 3 — 4 tasi yoziladi, Gaplarning mazmuni aniqlanadi.

Masalan: I, Bolalar maydonchada o'ynamoqdalar.

2, Avtobus bekatga kelib to'xtadi.

3. Qo'y-qo'zilar o'tladi.

Gaplar o'qilib, nima haqida aytilgani so'raladi:

— Birinchi gapni o'qing. (Bolalar maydonchada o'ynamoqdalar.)

— Gap oxirida ovoz nima qildi? (Pasaydi.)

— Gap kirn haqida aytilgan? (Bolalar haqida.)

— Gap qanday ma’no bildiryapti? (Xabar ma’nosini.)

— Gap oxiriga nima qo'yiladi? (Nuqta.)

Keyingi gaplar ham xuddi shunday tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi.



Bu qoida darslikdan topib o'qitiladi. O'quvchilar doskadagi gaplarni ko'chirib yozadilar.



Ijodiy ish. O'quvchilarga topshiriqlar beriladi.


.

O'quvchilar 1-, 2-topshiriqni yolg'iz bajarganlarida biroz cho'chiydilar.



. Bu topshiriq sheriklari bilan bajarilganligi uchun osonroq kechadi.



Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish