V. O'quvchilarni rag'batlantirish
VI.. Uyga vazifa. Darslikda o'qilmagan yangi topishmoqlar topib, daftarga yozib kelish.
.
Sana:__________________________________
Mavzu: Maqollar
Darsning maqsadi.
1.O'quvchilarga maqollarning xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Maqollarni ifodali o'qish, mazmunini to'liq anglab yetish malakasini oshirish.
2.Maqollar orqali o'quvchilar ongiga vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko'ngillik tuyg'ularini singdirish.
3.O'quvchilarni ko'rgan-bilgan, eshitgan, o'qiganlari yuzasidan xulosa chiqarishga, o'z nutqida maqollardan foydalanishga o'rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, maqol o'qish darsi.
Darsning borishi.
I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarda yangi mavzuni o'zlashtirishga ishtiyoq uyg'otish. Maqollarnig xususiyatlari haqida ma'lumot berish.
Metod. Suhbat metodi.
1.O'qituvchi dokaga quyidagi maqollarni yozib qo'yadi:
Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar.
Avval o'yla, keyin so'yla.
O'qituvchi: Abdulla Avloniyning «Yaxshilik yerda qolmas» hikoyatini bilasizmi?
O'qituvchining hikoyasi: Yaxshilik yerda qolmas. Doskaga hikoya maz-EA muniga mos rasmlar ilinadi.
Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qa-notlari ho'l bo'lib ucharga kuchi yetmadi. O'lar holatga yetdi. Buni bir kabutar ko'rib, ariga rahmi kelub darhol bir cho'pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho'pni kema qilib, suv balosidan qutuldi. Arodan ko'p o'tmadi. Bir bola tuzoq qo'yib, kabutarni tutmoqchi bo'ldi. Ari buni ko'rgan zamon kelub, bolaning qulog'ini chaqdi. Bola qulog'ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog'ini ushladi. Kabutar vaqt-ni g'animat bilib, uchib ketub, o'limdan qutuldi.
2.Topshiriq. Doskadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib, belgilang. (O'quvchilar "Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqolini belgilaydilar.) — Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o'qigansiz? ("Bilim — aql chirog'i" maqoli mazmuniga mos "Ilm afzal" ertagini o'qiganmiz.) — Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? ("Dono fikr" deb atash mumkin.) — Bugungi darsda nimalarni o'rganar ekanmiz? Maqollar nima haqda bo'ladi? Maqollar nima maqsadda yaratiladi?
3.O'quvchilar javobi to'ldirib, umumlashtiriladi. — N a z a r i y ma'lumot. Maqollar — xalqning hikmatli ifodalari. Hayotiy tajriba asosida yuzaga kelgan dono fikrlarning ixcham shakli. Maqollar she'riy va nasriy tuzilishga ega. Maqollar ona — Vatanni sevishga, uning har bir qarich yeri uchun kurashga, kasb-hunar egallashga, mehant qilishga, to'g'ri so'z bo'lishga, yaxshi odob va olijanob xul-qli bo'lishga chaqiradi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad. Maqollarni ifodali o'qish, maz-munini misollar bilan ochib berishga o'rgatish. Metod. Suhbat, guruhlarga bo'linib ishlash. 1. O'quvchilar 4 guruhga bo'linadi. Har bir guruh uchun ma'lum mavzudagi maqollarni o'qib o'rganish topshiriladi.
2. Topshiriq. Ifodali o'qish mashqi. Guruhdagi har bir ishtirokchi bittadan maqolni ifodali o'qib beradi. Mustaqil ish. O'quvchilar darslikdan o'qigan maqollariga darslikdan mos asar-larni tanglab, maqolning ma'nosi bilan asarda aytilayotgan fikrn-ing bog'liqligini izohlab beradilar. Masalan, «Elidan ayrilgan yetti yil yigiar, Vatandan ayrilgan o'lguncha yig'lar» maqoliga Bobur haqidagi "Hidi tilimi va mazasidan" asarini misol qilib keltiradilar. Darslikdan "El boshiga tushgan ish".
"Er boshiga tushgani" maqoliga mos asarni eslang. Shu maqol qaysi asar goyasiga mos keladi? Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r min-gni yiqar maqoliga qaysi asar g'oyasi mos ("Mardlik va aql yorug'ligi") va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |