VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:______________________________
61-62.Mavzu: Laqma it. Sh.Sa’dulla.
1. O'quvchilarning ertak jangi haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash, boyitish. Ularning matnni ifodali o'qish, topshiriqlar ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish.
2. O'quvchilarning rostgo'ylik, to'g'riso'zlik fazilatlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, yolg'onchilik, ochko'zlikka qarshi nafrat uyg'otish, laqma emas, zukko bo’lishga undash.
3. O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog'lanishli nutqini o'stirish, nutqlarining ta'sirchan bo'lishiga erishish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, ertak o'qish darsi.
Darsning borishi:
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash;
d) qish tabiati haqida savol- javob.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
“bo’rining tabi b bo’lgani haqida“ mavzusi yuzasidan savol –javob o’tkazaman:
Quyon bilan to'ng'iz nima uchun qochib qolishdi?
— Bo'rining huzuriga kimlar shifo izlab keldi?
— Qo'shimcha savollar.Bo'ri nima maqsadda tabib bo'ldi?Tabiblar qanday bo'lishi lozim? Sizning ichingizda shifokor bo'lishni istovchilar bormi?Shifokor bo'lish uchun nima qilish kera k deb o'ylaysiz?
Yoz bo'lsa-chi, quray bir uy,
Uymas, saroy... so'rama, qo'y!
Dang'illama va serhasham,
Havaslaring kelsin biram.
Pechka yonar erta-yu kech,
Yozdan farqi bo'lmagay hech.
O'lay agar uy qurmasam,
Poshsholardek kun ko'rmasam.
Faqat menga ber joy — makon,
Yoz kelguncha saqlayin jon!
Moshxon kular ko'zin suzib:
— Aldoqchi! — deb bo'yin cho'zib
— O'tgan yili ko'z yosh to'kding,
Issiqqina uyga cho'kding.
Quvding meni ko'cha-ko'yga,
Kirolmadim erkin uyga.
Qo'y yalinma, echkiga bor,
Bilasan-ku, uyimiz tor...
Kuchuk borar echki tomon,
Sovuq Qotar yana yomon.
Har bir tukin nayza deysiz,
Itni ko'rib sovuq yeysiz.
Qo'yxonaga borar chopib,
Akillar u sovuq qotib.
Eshik qoqar, so'ng tinglar jim,
Echki quloq solib der: — Kim?
— Men, eshikni och, echkijon,
Keldim senga bo'lib mehmon.
— Sen laqmani men bilaman,
Kela ko'rma, yo'q qilaman.
Yozi bilan laqillading,
Meni ko'rsang akillading.
III. Yangi mavzu bayoni:
Birdan tushib qoldi sovuq,
Itning ko'rpa-yostig'i yo'q.
Na uyi bor, na boshpana
Hech kimi yo'q — yakka yana.
Qish keladi qilich olib,
Bo'ron bilan dovrug' solib.
Qaltiraydi kuchuk dir-dir,
Sovuq deydi: — «Ichkari kir».
Na qilarin bilmas kuchuk,
Qo'rqqanidan toshar uchuq.
Mosh bilan u urish edi,
Buning uchun afsus yedi.
Chidolmadi, qoqdi eshik,
Derazadan boqdi mushuk.
— Kechir, — dedi, yolvordi it,
Mushuk dedi: — Yalinma, ket!
Yozi bilan do'stlashmading,
Biror og'iz so'zlashmading.
Yurding doirri sanqib bekor,
Bo'yning ishga bermadi yor.
Ajab bo'ldi... Uy qurmading,
O'z va'dangda sen turmading.
Ko'z yosh to'kar kuchuk sho'rlik:
— Yomon bo'ldi bu ko'rgulik,
Uy qurardim, attangki, qish,
Qishda qilib bo'lmaydi ish.
Ketmon botmas yer o'yganda,
Qish quritmas g'isht quyganda.
Qo'lni suvga urib bo'lmas,
Xullas, qishda uy qurilmas.
Yalinadi yalqov kuchuk:
— Rahming kelmas menga nechuk?
Issiq bo'lsa suvda suzding,
Qorning ochsa g'o'ra uzding.
Salqin joyda qilding rohat,
Sovuqqa ham qil-da toqat.
Kuchuk rosa sovqotadi...
Kecha tugab tong otadi.
Qor yog'adi gupillatib,
Molxonani do'pillatib.
Yolboradi bo'ribosar,
Sigir asta quloq osar.
- Govmish sigir, Olaqashqa,
Do’stim yo'qdir sendan boshqa.
Menga joy ber, qishlay yana,
Tor bo'lsa ham ber boshpana.
Nishxo'rdingdan ko'rpa qilay,
Senga uzoq umr tilay.
— Menga bundoq hiyla qilma,
Sigirlarni ahmoq bilma.
Ishontirding o'tgan yili,
Rahm qildi hayvon eli.
Uyda yotding oyoq cho'zib,
Sog'in sutni hadeb buzib.
Ta'zirimni yeganman xo'p,
Sololmaysan og'zimga cho'p.
Do'stlaringiz bilan baham: |