II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
“Laqma it“ mavzusi yuzasidan savol –javob o’tkazaman:
1. It Moshxon, Echki va Olaqashqalardan nima uchun yordam so'radi?
2. Moshxon nima uchun itni uyiga kiritmadi?
3. Echki va Olaqashqa unga qanday munosabatda bo'lishdi?
1. It yozni qanday o'tkazdi? U nima uchun o'ziga uy qurmadi?
2. Itning qilmishini qanday baholash mumkin?
III. Yangi mavzu bayoni:
BAQA BILAN TAQA Aziz Abdurazzoq
I
Taqachining ustaxonasiga yaqin yerdagi ko'lmakda bir baqa yashar ekan. U o'zining qanday qilib ko'lmak suvda paydo bo'lib qolganini bilmas ekan. Qiladigan ishining ham tayini yo'q ekan. Taqachini yaxshi ko'rar ekan-u, buni taqachi bilmas ekan. Azbaroyi yaxshi ko'rganidan uning sayrashi ham taqachining bolg'a urishiga o'xshar ekan. Taqachi shogirdi bilan birga «taqa-taq», «taqa-taq» qilib bolg'a urganida, baqa ham unga o'xshatib «vaqa-vaq», «vaqa-vaq» deb sayrar ekan. Bir kuni o'sha baqa ko'lmakdan chiqib, taqachining oldiga boribdi. Salom bergan ekan, taqachi eshitmabdi. Bolg'aning shovqinida baqaning tovushi yo'qolib ketibdi. Taqachi bolg'ani qo'yib, sandon ustidagi temirni olovga solayotganda baqa yana salom beribdi. Taqachi uning ovozini eshitibdi-yu, o'zini ko'rmabdi. U yoqqa-bu yoqqa qarayveribdi. Baqa o'zini bildirish uchun «vaqa-vaq» deb sayrab yuboribdi. Shunda salom bergan baqa ekanligini taqachi bilib qolibdi.
— Vaalaykum assalom! — alik olibdi taqachi. — Xo'sh, xizmat?
— Har kuni uzoqdan sizga tikilib yotaman, — deb gap boshlabdi baqa. — Nechta otga taqa qoqqaningizgacha bilaman. Sanab yotaman.
— Xo'sh, nima bo'libdi? — debdi taqachi. — Maqsading nima? Tezroq aytaqol.
— Maqsadim shuki, — debdi baqa, — menga ham taqa qoqib qo'ysangiz.
Taqachi hayron bo'libdi:
— Iye, iye, sen ot emassan-ku! Taqani nima qilasan?
Taqa menga juda zarur, — debdi baqa. — Nega desangiz, men baland sakraganim bilan oyog'imdan tovush chiqmaydi. Agar taqa qoqtirib olsam, sakraganimda hamma yoqni jaranglatib yuborar edim. Oyog'imdan o't chaqnar edi. Axir men ham dunyoga umid bilan kelganman. Besh kunlik umrimni o'zimning borligimni bildirib o'tkazsam deyman.
Taqachi baqani otashkurak bilan qisib olib, uloqtirib yuboribdi. Baqa shalop etib ko'lmak suvga tushibdi. U yerda ancha vaqt xafa bo'lib yotibdi. Lekin ertasiga yana taqachining oldiga borishga qaror qilibdi.
IV.Mustahkamlash.
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman. So’zngra savol- javob o’tkazaman.
1. Baqa nima uchun oyog'iga taqa qoqtirishni havas qiladi?
2. Gap uqmas baqaning qaysarligini qanday baholash mum-kin?
Qanday kishilarni baqaga o'xshatsa bo'ladi?
Test.
BAQA BILAN TAQA
1. "Borligingni bildirib yurmogchi bo'lsanq, sayrab yuraver. Taqani o'ylama".
Bu nutq kimga yoki nimaga qaratilgan?
A) Taqachiga B) Baqaga D) Otga
2. "Baqa bilan taqa" ertagi qahramonlarini toping.
A) Taqachi, baqa B) Baqalar, olapar D) Mosh, Ko'kcha
V.Uyga vazifa: ertakni o’qib, so’zlab berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |