O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet61/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

IV. Mustahkamlash.
Ertakni qismlarga bo’lib ifodali o’qittiraman. So’ngra savol- javob o’tkazaman.
1. It Moshxon, Echki va Olaqashqalardan nima uchun yordam so'radi?
2. Moshxon nima uchun itni uyiga kiritmadi?
3. Echki va Olaqashqa unga qanday munosabatda bo'lishdi?
Test
LAQMA IT
1. Qish keladi qilich olib.
Bo'ron bilan dovrug' solib - misralari qaysi she'rdan olingan?
A) "Laqma it" B) "Buni toping qizlarim" D) "Qish"
2. "Laqma It" ertagidan olingan quyidagi gaplarni qaysi hayvon aytgan?
"Uyda yotding oyoq cho'zib,
Sog'in sutni hadeb buzib"
A) Echki B) Sigir D) Mushuk
V.Baholash.
VI.Uyga vazifa: Ertakni ifodali o'qishga tayyorlanib kelish.

Sana:_____________________________________________
63.MAVZU: TOPISHMOQLAR.
O'quv materiali. Topishmoqlar.
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarga topshiriqlarning janriy xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o'qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o'rgatish.
2. O'quvchilarning muomala madaniyatini oshirish.
3. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Ijodiy faoliyatga yo'llash.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, topishmoq o'qish darsi.
Darsning borishi.
Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning topishmoq haqidagi tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg'otish.
Metod. Suhbat, izlanish metodi.
1. O'qituvchi doskaga osmondagi yulduzlar, yong'oq, yeryong'oq, arra rasmlarini ilib qo'yadi.
Doskaga quyidagi topishmoqni yozadi: Tunda ko'rib, cho'g' deysan,
Tongda ko'rib yo'q deysan.
— Shu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping.
— Qaysi so'zlar orqali topishmoqlarning javobi yulduz ekanini bildingiz?
Doskaga 2-topishmoq yoziladi: Qo'shaloq tovoq. Ichi toia yog'.
— Qaysi belgilariga ko'ra topishmoqning javobini topdingiz?
3-topishmoq yoziladi. Pilla kabi bo'g'indor. Har bo'g'inda mag'zi bor.
— Yeryong'oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan?
4-topishmoq.
Og'zi yo'g'-u tishi bor, Duradgorda ishi bor.
— Javob qaysi so'zlar orqali topdingiz?
O'qituvchi. Topishoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi?
— Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so'zlar bo'ladi.
— Topshimoqlarda ko'pincha kirn?, nima? so'zlariga javob bo'ladigan so'zlar yashirinadi.
2. Topishmoqlar haqida ma'lumot berish. O'qituvchining hikoyasi.
Topishmoq matnida — narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, hara-® kati, holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo'ladi. Topishmoqlar qadimda jumboq, top-top deb yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusmlari bilan bog'liq bo'ladi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad. Darslikda berilgan topishmoqlar bilan tanishtirish. Mustaqil o'qishga, topishmoqlar yuzasidan o'zaro muhokama qilishga o'rgatish.
Metod. mustaqil ish, krossvord yechish, suhbat metodi.
1. Topishmoqni ifodali o'qish va javobini topish.
2. Savol-javob o'tkazish. Savollar. — Birinchi topishmoqning javobi nimaga o'xshatilgan? (G'o'zaga) Tungi osmon nimaga o'xshatilgan? (ko'k ko'ylakka). — 2-topishmoqda oy nima deb ta'riflangan? ( patir) — 3-topishmoqda karamni qaysi belgilariga ko'ra topdingiz? (Karamning qavat-qavat bargi qat-qat to'nga o'xshatilgan).
3. Krossvord yechish.
O'qituvchi krossvordni vatmanga oldindan quyidagicha tayyorlashi mumkin. Krossvord savollari topishmoqlar ko'rinishida bo'ladi. Sinfni 3 guruhga bo'lib, har bir guruhga 1 tadan krossvord yechish uchun beriladi. Bu, bolalarning topishmoqni tez topishga ishtiyoqini oshiradi. 1-guruh uchun krossvord. Bo'yiga:
1. Keragida suvga otasan Qimirlashin poylab yotasan.
2. Kasbi doim taqir-tuqur, Qayda ilon ko'rsa cho'qir.
6. Birlashtirib kiyimni Issiq tutadi sizni. Eniga:
2. Qo'lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
4. Katta oppoq dasturxon Yer yuzini qoplagan.
5. Og'zi yo'g'-u, tishi bor, Duradgorda ishi bor.
Javoblari: 1. Qarmoq. 3. Laylak. 6. Tug'ma. 3. Shamol. 4. Qor. 5. Arra.
2-guruh uchun krossvord. Bo'yiga: 1. Tikuvchimas, Eniga:
Bichuvchimas, 2. Uyning shiftida ini,
Ignasi ancha ekan. Kuylab berar har kuni
3. Kundalik tarix o'zi Bahorda kutib olib
Har yerda uning so'zi Kuzatamiz kuz uni.
5. Bir onadan yuz bola, 4. Xo'ppa semiz, bir tuki yo'q.
Yuzovi ham bo'z bola. 6. Uzun terak, ichi kovrak.
Javoblar. 1. Tipratikan. 2. Gazeta. 5. Uzum. 2. Qaldirg'och. 4. Tarvuz. 6. Qamish.
3-guruh uchun krossvord. Bo'yiga:
1. Pishirsang osh bo'lur, 5. Bodom kabi yaprog'i,
Pishirmasang qush bo'lur. Sollanadi butog'i,
3. Gulsiz meva qiladi, O'zi shirin, tukligina,
Ko'p yesang — til shiladi: Mazasi ham totligina
G'ir-g'ildirak oy kulcha,
Bu nima, kim biladi?
Eniga:
2. Ikki ajib qulog'i bor:
Biri tinglar, biri so'zlar.
4. Chopsa chopilmaydi,
Ko'msa ko'milmaydi.
6. O'zi qizil, go'zal biram,
Qirga yozar qizil gilam.
7. Pak-pakana bo'yi bor,
Yetti qavat to'ni bor.
Javoblar: I. Tuxum. 3. Anjir. 4. Soya. 5. Shaftoli. 2. Telefon trubkasi. 6. Lola. 7. Piyoz
III. Fikrlash bosqichi. Maqsadi. Darslikdagi savol-topshiriqlarga javob olish orqali egallagan bilimlarini aniqlash. O'yinlar orqali ijodiy izlanish ko'nikmasini shakllantirish.
1. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash.
— Topishmoqlarni kim yaratgan?
— Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan?
— Topishmoqning qanday foydasi bor?
— O'zingiz qanday topishmoqlar bilasiz?
2. O'quvchilar bir necha qatorlarga ajratiladi. Qator bosh-liqlari o'quvchilarga biror narsa rasmini beradi. O'quvchi rasmga oid topishmoq aytadi. U aytolmasa, orqadagi o'quvchiga uzata-di. O'quvchilarning o'zlariga shunga doir topishmoqni o'zingiz to'qishingiz ham mumkin deb aytiladi. Qaysi qator topishmoqni birinchi aytsa, o'sha g'olib sanaladi.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish