182. Jamiyat ijtimoiy tabaqalanishning dafn marosimlari bilan bog’liq urf-odatlarda aks etishi (juft dafn qilish, ijtimoiy tabaqalanish, mozor, buyumlar).
Qabr, go’r — marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Qabr har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiy-ilmiy tasavvurlari, diniy e’tiqodlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. O’liklarni ko’madigan xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda ham qabrning lahad, kamin, tik chuqur va satana tiplari bor.
Lahad. Aksariyat er osti suvlari chuqur bo’lgan qurg’oq joylarda lahad qaziladi. Lahad tipidagi qabrlar O’zbekistonda bundan 3500 yil ilgarigi jez davri qabristonlarida ham uchraydi. Qabr tayyorlash uchun erdan bir metr
chamasi tik chuqur — «ayvoncha» qazib, uning bir burchagidan o’lik bo’yi baravar gorizontal kavak — «lahad» kavlanadi, tuprog’i tashqariga olinadi. O’lik ko’yilayotganda go’rkov lahad ichiga tushib, o’likning bosh tomonini qibla (g’arb)ga qaratib yotqizadi. Lahadning teshigiga g’isht, tosh, guvala, chim qalab bekitiladi, so’ngra «ayvoncha» tuproq bilan to’ldiriladi. Ortib qolgan tuproq qabr ustiga tepa qilib qo’yiladi.
Kamin (yoki kamgoh) tipidagi qabrda er bir metrdan ortiq tik va cho’zinchoq o’ra qilib qaziladi. O’ra devori ostki yonidan uchburchak shaklida o’yiladi. O’lik shu kamin (kamgoh)ga qo’yiladi. Kamgoh og’zi g’isht, guvala va bilan bilan bekitiladi, so’ngra qabr tuproq bilan to’ldiriladi.
Tik chuqur shaklidagi qabrda er o’lik bo’yiga teng qilib kavlanadi, o’lik chuqurga chalqancha yotqiziladi. Qabr og’ziga katta yassi toshlar zichlab teriladi, so’ngra ustiga tuproq tortiladi.
Sag’ana, asosan, er osti suvlari yuza bo’lgan joylarda — Buxoro, Samarkand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Sag’anada er qazilmaydi. Ulik er yuzasiga qo’yiladi, uning ustiga pishiq g’ishtdan gumbazsimon sag’ana bino qilinadi. Qabrlarga qayta-qayta o’lik qo’yish, ba’zan bir oilaning erkaklarini bir qabrga (oldin o’lganlarning suyaklarini bir chetga surib, o’rniga yangi o’likni sag’anaga) qo’yish odati bo’lgan. Xotinlar ham shunday tartib bilan qo’yilgan. Ba’zi turkiy xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda boy tabaqalar sag’ana qurdirib qo’yish odati bo’lgan.
Qabriston, mozor — marhumlar dafn etiladigan maxsus joy. Qabriston turlari va ularni muhofaza qilish tartibi dafn marosimi, muayyai xalq, din, mazhab, ijtimoiy guruh va boshqalar bilan belgilanadi. Dafn etish joylari antik davrda va Qadimgi Sharqda nekropol deb atalgan. O’zbekistonda qabritonlarga qadimdan alohida e’tibor berilgan. Qabristonlar uchun ko’pincha tepalik joylar tanlangan, atrofi devor yoki panjaralar bilan o’ralgan. Mashhur kishilar uchun esa maqbaralar qurilgan.
Qo’rg’on qadimgi qabriston turi (mozorqo’rg’on), Janubiy-Sharqiy Osiyoda jasadni kuydirish rasm bo’lgan xalqlarda marhumning xoki ustiga tuproq tashlangan, shu tarzda tuproq tashlanaverib, qo’rg’on hosil bo’lgan. Amerika, Evropa, Shimoliy Osiyoda yog’och, tosh, loy-tuproqdan maxsus inshootlar qurib dafn etiladigan joylar tayyorlangan, bu inshootlar ustiga tuproq yotqizilgan, goh gumbaz bilan yopilgan. Qo’rg’onlarning balandligi 3-6 m, diametri 3-4 m O’zbekistonning Namangan viloyatidagi 1-5 asrlarga mansub Go’rimiron qo’rg’oni (balandligi 1-2 m, diametri 4-6 m)da marhumlar sopol idishlar, temir qurollar bilann dafn etilgan. Bunday qo’rg’onlar To’ytepa, Chirchiq, Samarkand viloyatidan hamda Lavandak qabristonidan topilgan.
183. Yoztepa arxeologik yodgorligi va uning o’rganilishi (Jan.Turkmaniston, Murg’ob, V. Masson, Yoz I,II,III, so’nggi jezdan ilk temir davri, qo’rg’on).
Yoztepa, Yozdepe — ilk temir davriga oid qishloq harobasi (mil. av. 9— 4-asrlar). Turkmanistonning Murgʻob vohasida, Bayramali sh.dan 34 km shim.gʻarbda joylashgan. Mayd. 16 ga ga yaqin. 1954—56 y.larda prof. V. M. Masson oʻrgangan. Tepalik ustiga yirik xom gʻishtdan qurilgan hisor atrofi devor bilan oʻrab olingan. Hisorning jan. qismidan jamoat binosi — saroy yoxud ibodatxona qoldiklari qazib oʻrganilgan. Bu yerda usti yopiq bir nechta tor xona hamda katta, tarxi toʻrtburchak zal tadqiq qilindi. Binoning shim. tomonida hovli joylashgan. Hisor atrofida 3 uy va kichik tor kucha qoldigʻi chiqqan. Xonalarning bir qismi xoʻjalik xizmatini oʻtagan (omborxona, oshxona). Aholining asosiy mashgʻuloti sugʻorma dehqonchilik boʻlgan. Yirik kanallardan iborat irrigatsiya shoxobchasi izlari aniklangan. Bu kanallarning har ikki tomoniga dalalarni bevosita sugʻoradigan ariqlar chiqarilgan. Xumdon, temir boltalar, pichoq, yorgʻuchoq, igna, bigiz, jez paykonlar topilgan. Yo. II davri (mil. av. 7-asrdan) dan boshlab barcha sopol buyumlari (oshxona idishlaridan boshqa) kulolchilik charxida tayyorlanib, sirti tiniq angob bilan qoplangan. Qozonlar qoʻlda, qoʻpol qoliplarda tayyorlangan. Yo.liklar xom gʻisht (55x25x11 sm)dan ishlangan koʻp xonali uylarda yashashgan. Xilma-xil shakldagi naqshli sopol idishlarning topilishi Yo.da kulolchilik keng taraqqiy etganidan dalolat beradi. Sopol idishlar, asosan, kulolchilik charxida va qoʻlda ishlangan. Idishlarning sirtiga toʻr, tasmasimon, toʻrtburchak, uchburchak shaklida rangli naqsh berilgan. Bundan tashqari jez va temirdan qilingan ov va mehnat qurollari, turli taqinchoqlar uchraydi. Yo.da oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar Murgʻob vohasida dehqonchilik bilan shugʻullangan eng qad. oʻtroq qabilalarning hayoti haqida boy maʼlumotlar berdi.
183. Yoztepa arxeologik yodgorligi va uning o’rganilishi (Jan.Turkmaniston, Murg’ob, V. Masson, Yoz I,II,III, so’nggi jezdan ilk temir davri, qo’rg’on).
Yoztepa, Yozdepe — ilk temir davriga oid qishloq harobasi (mil. av. 9— 4-asrlar). Turkmanistonning Murgʻob vohasida, Bayramali sh.dan 34 km shim.gʻarbda joylashgan. Mayd. 16 ga ga yaqin. 1954—56 y.larda prof. V. M. Masson oʻrgangan. Tepalik ustiga yirik xom gʻishtdan qurilgan hisor atrofi devor bilan oʻrab olingan. Hisorning jan. qismidan jamoat binosi — saroy yoxud ibodatxona qoldiklari qazib oʻrganilgan. Bu yerda usti yopiq bir nechta tor xona hamda katta, tarxi toʻrtburchak zal tadqiq qilindi. Binoning shim. tomonida hovli joylashgan. Hisor atrofida 3 uy va kichik tor kucha qoldigʻi chiqqan. Xonalarning bir qismi xoʻjalik xizmatini oʻtagan (omborxona, oshxona). Aholining asosiy mashgʻuloti sugʻorma dehqonchilik boʻlgan. Yirik kanallardan iborat irrigatsiya shoxobchasi izlari aniklangan. Bu kanallarning har ikki tomoniga dalalarni bevosita sugʻoradigan ariqlar chiqarilgan. Xumdon, temir boltalar, pichoq, yorgʻuchoq, igna, bigiz, jez paykonlar topilgan. Yo. II davri (mil. av. 7-asrdan) dan boshlab barcha sopol buyumlari (oshxona idishlaridan boshqa) kulolchilik charxida tayyorlanib, sirti tiniq angob bilan qoplangan. Qozonlar qoʻlda, qoʻpol qoliplarda tayyorlangan. Yo.liklar xom gʻisht (55x25x11 sm)dan ishlangan koʻp xonali uylarda yashashgan. Xilma-xil shakldagi naqshli sopol idishlarning topilishi Yo.da kulolchilik keng taraqqiy etganidan dalolat beradi. Sopol idishlar, asosan, kulolchilik charxida va qoʻlda ishlangan. Idishlarning sirtiga toʻr, tasmasimon, toʻrtburchak, uchburchak shaklida rangli naqsh berilgan. Bundan tashqari jez va temirdan qilingan ov va mehnat qurollari, turli taqinchoqlar uchraydi. Yo.da oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar Murgʻob vohasida dehqonchilik bilan shugʻullangan eng qad. oʻtroq qabilalarning hayoti haqida boy maʼlumotlar berdi.
184. «Avesto» kitobida jamiyatda ijtimoiy munosabatlar (ijtimoiy toifalar, “nmana’- katta oila, “vis”, “zantu” va h.z., “dahyupati”).
O’lkamiz hududlarida yashagan qadimgi qabilalar haqida nisbatan qadamgiroq ma’lumotlar «Avesto»da beriladi. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, jamiyat to’rt asosiy qismga - uy, oila jamoasi - «nmana» yoki «dmana», urug’ jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar ittifoqi - «daxiyu»ga bo’linadi. Yashtning uchinchi bobida shunday deyiladi: «Xudo Mitrani biz ulug’laymiz. Unga hyech kim yolg’on gapirolmaydi: uyda-oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila boshlig’i va mamlakat sardori yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra bu
tunlay oilani, urug’ni, mamalakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi
O’lkamiz hududlarida yashagan qadimgi qabilalar haqida nisbatan qadamgiroq ma’lumotlar «Avesto»da beriladi. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, jamiyat to’rt asosiy qismga - uy, oila jamoasi - «nmana» yoki «dmana», urug’ jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar ittifoqi - «daxiyu»ga bo’linadi. Yashtning uchinchi bobida shunday deyiladi: «Xudo Mitrani biz ulug’laymiz. Unga hyech kim yolg’on gapirolmaydi: uyda-oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila boshlig’i va mamlakat sardori yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra butunlay oilani, urug’ni, mamalakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi».
Avestodagi boshqaruv tizimi ma’lumotlariga qaraganda viloyat «daxiyu» deb atalib, uni boshqaruvchisi «daxiyupati» deyilgan. Mamlakatni idora qilgan shaxs «kavi» yoki «sastar» deb atalgan. Ammo, manbada shaharlar hukmdorlari haqida ma’lumotlar berilmaydi. Umuman, Avestoning bizgacha yetib kelgan eng eski qismlari ham jamiyat ijtimoiy rivojlanishining dastlabki bosqichlari haqida ma’lumotlar bersa-da, shaharlar va shahar hayoti haqida hyech qanday ma’lumotlar bermaydi. Shuning uchun ham bu manbadan O’rta Osiyo qadimgi shaharlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega emasmiz. Avesto qadimgi jamiyatning to’rt toifasini ajratib beradi. Bular - qoxinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlardir. Manbaning turli ma’lumotlaridan xulosa chiqarib qadimgi shaharlarda zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik va temirchilik rivojlanganligini tasavvur qilish mumkin.
185. Samarqand paleolit makoni - O’rta Osiyoning etalon yodgorligi (o’rta paleolit, “Dinamo”, G. Grigoryev, tosh ashyolar, chig’anoq, madaniy aloqalar).
Samarqand makoni - soʻnggi paleolit davriga oid yodgorlik (mil. av. 40—12 ming yillik). Samarqand shahrida, uncha katta boʻlmagan Chashmasiyob soyining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. 1939 yilda N. G. Harlamov tomonidan ochilgan. Shundan soʻng turli yillar (1958 yildan 1967 yilgacha)da D. N. Lev, M. J. Joʻraqulov, B. X. Botirov, Yu. P. Xolyushkin va V. A. Xolyushkina kabi tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Soʻnggi paleolitga oid 3 ta — yuqori, oʻrta va quyi madaniy qatlamlar aniqlangan. Tadqikotlar natijasida 6 mingdan ziyod hayvon suyaklari, juda koʻplab tosh qurollar topilgan. Bu topilmalar aholining , asosan, ovchilik bilan shugʻullanganligidan dalolat beradi. Nayza oʻq uchlari, asosan, tosh va suyakdan, qisman yogʻochdan ishlangan. Sm. jamoasi xoʻjaligida yogoch va suyakni qayta ishlash hamda tosh kurollar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Tosh, suyak va chigʻanoqdan takinchoqlar yasashgan. Makonda hunarmandchilik bilan shugʻullanish uchun maxsus maydon boʻlgan. Tosh qurollar yasash uchun xom ashyo Choʻponotadan keltirilgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning asosi boʻlgan mehnat qurollari astasekinlik bilan takomillashib borgan. Makondagi har uchala qatlamdan topilgan topilmalar shundan dalolat beradi.[1]
186. So’g’diyona hududlarida ilk shaharlarning paydo bo’lishi (So’g’d, manbalar, xudud, Sarazm, Afrosiyob, Uzunqir, Yerqo’rg’on, Ko’ktepa, YLa. G’ulomov, A. Ishoqov, A. Asqarov, T. Shirinov, M. Isomiddinov).
muntazam kovlash ishlarini 1904 yilda V.V.Bartold va V.L.Vyatkin boshlaganlar. 1958 yil maxsus Samarqand arxeologik guruh tuzilgan. Guruhning maqsadi – O‘rta Osiyoning ko‘hna shahar markazlaridan birining kelib chiqishi va mavjudligi tarixi, shahar hayotining barcha davrlarida uni o‘rab turgan turli-tuman ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish edi. Ekspeditsiya 30 yil davomida 50 dan ortiq qidiruv-kovlash va tuproq kesmasini tekshirish ishlarini olib bordi. Afrosiyobning arxeologik davri aniqlandi, shaharning har xil davrlaridagi topografik plani tuzildi. Me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, ishlab chiqarish faoliyati, numizmatika, terrakota, sopol buyumlar bo‘yicha ulkan ma’lumot yig‘ildi va umumiylashtirildi, mashhur devoriy naqshlar topildi va ta’mirlandi. Shaharning hayotiga doir ko‘p sonli maqolalar va monografiyalar nashr etildi. 1989 yildan boshlab Afrosiyobda o‘zbek-fransuz ekspeditsiyasi ishlab kelmoqda.
Ekspeditsiya ishlari shaharning shimoliy qal’asining birinchi istehkomigacha bo‘lgan qismini qamrab olgan, qal’aning sharqiy qismida VIII asr oxiriga to‘g‘ri keladigan ulkan ma’muriy bino ochildi. Qal’aning g‘arbiy qismida VIII asr o‘rtalaridagi va mil. avv. III-II asrlardagi binolarning kovlash ishlari olib borildi.
187. Sopolllitepa arxeologik yodgorligi va uning o’rganilishi (L. Albaum, A. Asqarov, sug’orma dehqonchilik, protoshahar, qal’a qo’rg’on).
Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod choʻlini kesib oʻtgan Oʻlanbuloqsoy yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968 y. arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969—74 yillarda A. Asqarov tomonidan oʻrganilgan S.ning maydoni taxminan 3 ga. Uning 1 ga.ga yaqin markaziy qismi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol sinikdari kalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida S. deb atalgan. S.da oʻtkazilgan arxeologik kazishmalar natijasiga koʻra, uning markaziy qismi murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qalʼadan iborat. Qalʼaning tomonlari goʻyo 3 qator mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Aslida esa, qalʼani oʻrab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yoʻlaksimon qopqonlardan tashkil topgan boʻlib qalʼa tashqi mudofaa chizigʻida tomonlarga parallel qilib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Qalʼaning ichki mudofaa chizigʻining markaziga va har toʻrt tomon burchaklariga bittadan, hammasi boʻlib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Yoʻlaksimon qopqon tizimining joylashish rejasiga koʻra, qalʼaga kirish darvozasi ham goʻyo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qalʼa jan. tomonining markaziga joylashgan, qolgan "darvozalar" harbiy xavf tugʻilganda qopqon vazifasini bajargan. Qalʼaning ichki mudofaa tizimida, yoʻlaksimon qopqonlar oraligʻida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan xonalar boʻlib, ularga qalʼa ichki tomonidan eshik ochilgan. Aynan ana shu xonalar tomon qalʼa ichiga joylashgan turar joy majmualari oralab tor koʻchalar oʻtgan. Qalʼa ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari boʻylab joylashgan. Ular ana shu koʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan. Qalʼa markazida esa ochik, maydon bor. Qalʼa darvozasidan boshlangan keng yoʻl va tor koʻchalar ana shu maydon bilan bogʻlangan. Bularning barchasi S. jamoalarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab meʼmoriy inshoot oldindan oʻylangan aniq reja va gʻoya asosida qurilgan. S. qalʼa qoʻrgʻonining meʼmoriy tarhi protoshahar tarkibini eslatadi, uni maxsus oʻylab topilgan mudofaa rejasi esa amaliy tajribadan kelib chiqib, qalʼa bosh rejasi gʻoyasiga qatiy boʻysundirilgan. Aynan, mana shunday mudofaa tizimi S. xavfsizligini yukrri darajada taʼminlay olgan. S. mudofaa tizimini tashkil etgan uzun yoʻlaklar dastlab mudofaa inshooti vazifasini bajargan. Ularga mudofaa inshooti sifatida talab soʻngach, sekinasta boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Mac, shim. va sharqiy ichki yoʻlaklar xilxona sifatida foydalanilsa, gʻarbiy va jan. yoʻlaklar kulolchilik ustaxonalari sifatida foydalanilgan. Har bir mahallada urugʻ jamoalarining xilxonalari boʻlib, marhumlar mudofaa devorlari ostiga, uylarning poli ostiga koʻmilgan. Urugʻ boshliklarining qabrlari esa, odatda, oila oʻchogʻi roʻparasida uchratiladi.
188. Markaziy Osiyo hududida davlatlarning davrlanishi (dastlabki manzilgohlar, bronza, temir davri, Baqtrya, So’g’diyona, Xorazm, Farg’ona).
Endi, “davlatchilik”masalasiga to’xtalsak. 3- yil ichida olib borilgan arxeologik izlanishlar O’zbekiston xududida qiyu bronza va ilk temir (m.avv. II- minginchi yillarning 2-yarmi va I-ming yillar boshi) davridanoq kichik-kichik ilk davlatlar shakllaganligi haqida ma’lumotlar berdi. Bunday davlatchalarning markazi sifatida Jarqo’ton, Dalvarzin, Kuzaliqir, Ko’ktepa keyinroq Afrosiyob - kabi shaharlar dehqonchilikka asoslangan qarorgohlar orasidan ajralib chiqadilar. Bunday ilk shahrlarning arki a’losi va mudofaa devoir o’rab olingan “shahristoni” bo’lgan.Qadimgi Shrqda bu kichik davlatlar “nom”lar yoki “shahar-davlatlat”lar deb yuritilgan. Tadqiqotlarda m.avv. II ming yilliklarda Baqtriya xududida kichik daryolar havzalarida 11 ta dehqonchilik vohalari borligi aniqlangan. Bunday vohalar So’g’d, Xorazm, Farg’ona xududlarida ham ko’plab mavjud bo’lgan. Xuddi shu bohalar bag’rida dastlabki davlat birikmalari shakllangan. Shu tariqa, O’zbek davlatchiligining ilk ko’rinishi “voha-davlatlar” shaklida bo’lgan, deb taniqli olim T.Shirinov. Shunday qilib, bronza davrida O’zbekistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hodisa “voha-davlatlar” shakillangan
189. Jarqo’ton arxeologik yodgorligi
va uning o’rganilishi (V. Masson, A.Asqarov,T. Shirinov, ark, saroy, kvartallar, ibodatxona).
Jarqoʻton — qad. shahar harobasi (mil. av. 2-ming yillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmogʻi Boʻstonsoy oʻzanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi. J. aholisi sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining A. Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973 y.dan). J. (mayd. 100 ga) mudofaa devori bilan oʻralgan markaziy qoʻrgʻon, otashparastlar ibodatxonasi (qarang Jarqoʻton otashkadasi), qabriston (mayd. 20 ga), bir necha dahalardan iborat boʻlgan. J.da turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 1000 dan ortiq qabrlar ochib oʻrganildi. Turar joy binolari katta bichimli xom gʻishtdan (55x29x9 sm) bir yoki bir necha xonali qilib qurilgan. Xonalar sahni va devori somonli loy bilan suvalgan. Koʻchalar tor, daha ibodatxonasiga boruvchi yoʻlga shagʻal yotqizilgan. Erkaklar oʻng yonboshi, ayollar chap yonboshi bilan gʻujanak holda koʻmilgan. J.dan toshdan yasalgan omoch tishi, koʻplab sopol idish (xumcha, koʻzacha, togʻora, kosa, piyola, togʻoracha, lagan) lar jez igna, bigiz, xanjar, sopol andava, chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, jez taqinchoqlar (rangli toshlar qadalgan koʻplab toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, zirak, oyna) qimmatbaho toshlar va suyakdan yasalgan munchoqlar, jez surmadon, qabila muhr tamgʻalari, ip mato qoldigʻi va b. topilgan.
J. ashyolariga oʻxshash yodgorliklar Surxondaryo viloyatidan tashqari Jan. Tojikiston, Turkmaniston va Shim. Afgʻoniston, Eron hududlarida uchraydi.[1]
190. O’rta Osiyoda dastlabki shaharlarning qishloqlardan asosiy farqi nimada bolgan (urbanizatsiya, hunarmandchilik, ma’muriy markaz, ark, mudofaa devori).
4-SEMINAR: O’rta Osiyoning qadimgi davlatlari va shaharlari to’g’risida yozma manbalar.
Description
O’rta Osiyoning qadimgi davlatlari va shaharlari to’g’risida yozma manbalar.
Reja:
1. “Avesto”, “Shohnoma” – Turon va Eronning qadimgi davlatlari to’grisida.
2. Yunon-rim manbalarida qadimgi davlatlar va xalqlar to’grisida.
Asosiy adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10...
Qo’shimcha adabiyotlar: 21,22,23,24,.25...
Tayanch iboralar: “Avesto”, “Shohnoma”, sivilizatsiya, urbanizatsiya, davlatchilik, davlat, skiflar, saklar, massagetlar, so’g’diylar, toxarlar, moddiy manba, yozma manba.
Dars maqsadi: Talabalarga “Avesto”, “Shohnoma” – Turon va Eronning qadimgi davlatlari to’grisidagi hamda yunon-rim manbalarida qadimgi davlatlar va xalqlar to’grisidagi masalalar ahamiyatini ochib berish va talabalarda xolisona ilmiy dunyo qarashni, ko’nikma va malakani shakllantirishdir.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar).
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, yerkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollar tahlil ketish. Talabalarga “Avesto”, “Shohnoma”, yunon-rim manbalari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada O’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil yetishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
♦ Darsning xrono kartasi - 80 minut. sh O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
♦ Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati - 2 minut
♦ Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
♦ Yangi mavzu bayoni - 50 minut
♦ Mavzuni O’zlashtirish darajasi - 7 minut
♦ Sinov savollar namunasi - 10 minut
♦ Uyga vazifa berish - 3 minut
1-masala. Davlatning dastlabki bosqichlarini o’rganishda Zardo’shtiylarning muqaddas diniy kitobi Avestoning ahamiyati beqiyosdir. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto Sharq xalqlari qadimgi davrini tadqiq etishda hozircha muhim manba bo’lib, u Uzining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi. Bu kitob dastavval, e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so’z bilan aytganda, ma’naviy hayot rivojlanishi bosqichlari haqidagi ilk to’plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishning umumiy doirasida bo’lib o’tgan.
Avesto davri turli qabila va elatlar, jamoalar e’tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davr edi. Shuningdek bu davr tub iqtisodiy Uzgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg’a siljishlar davri bo’lganligi bilan ham izohlanadi-ki, bu holat iyerarxik tuzumga ega bo’lgan davlatchilik hamda urbanizasiyaning yangi bosqichiga ko’tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda, metallurgiyaning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratgan edi. Mis, bronza keyinroq esa temirning paydo bo’lishi ishlab chiqarishdagi katta o’zgarishlarga, jumladan, hunarmandchi-likning maxsus tarmoqlarga ajratilishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon shaharlarning shakllanishi hamda rivojlanishiga, dehqonchilik va chorvador aholi turmush tarzidatub o’zgarishlar bo’lishiga imkon yaratdi.
Avestoda ko’pgina ma’lumotlar qatori metallurgiya sohasida erishilgan yutuqlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. Bunga Avesto xudolarining boy qurol-yarog’lari misol bo’la oladi. Masalan, zardo’shtiylarning ulug’ xudolaridan biri Mitra «oltin arava»da tasvirlanib ko’lida «sariq ma’dandan yasalgan, tilla bilan qoplangan, yuz tig’li va yuz zarbali, eng kuchli va eng zafarli» bolta ushlab turadi.
191. Choch-Shoshtepa shahar madaniyati
Shoshtepa, Chochtepa — koʻp qatlamli arxeologik yodgorlik. Toshkent shahri hududida qad koʻtargan eng qadimiy qishloq va ilk qoʻrgon — Chochkatning xarobalari (mil. av. 6-asr — mil. 16-asrlar). Yodgorlik Joʻnariqning chap va oʻng sohillarida joylashgan biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 ga. Dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzosi N.S.Likoshin tomonidan qayd etilgan, N.P.Ostroumov arxeologik qazishlar oʻtkazgan (1896); G.V.Grigoryev tekshirgan (1934), N.I.Krasheninnikova (1956), Gʻ.Dadaboyev (1970)lar arxeologik kuzatishlar olib borgan. 1978 yildan Toshkent arxeodogiya ekspeditsiyasi(V.I.Sprishevskiy, M.I.Filanovich) tomonidan muntazam arxeologik qazishlar oʻtkazilgan. Tadqiqotlarni hozirgi vaqtda M.I.Filanovich davom ettirmoqda.
Joʻnariqning soʻl sohilida joylashgan bal. 18–19 m li tik tepa (maydoni 150– 120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi boʻlib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qad. deqqonchilik madaniyati (qarang Burganli madaniyati )ning soʻnggi bosqichi (mil. av. 6-4-asrlar)da yashagan oʻtroq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan.
Arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, mil. av. 3-asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan jan.ga tomon siljigan koʻchmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimiy Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar.
Mil. av. 2 — 1-asrlarda shahrida qadimiy qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼaqoʻrgʻon qad koʻtargan. Qalinligi 4 m li qoʻrgʻon devori yirik xom gʻishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 m li qoʻrgʻon devorining ichki aylanasi boʻylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yoʻlak bino qilingan. Ioʻlak qismlarga boʻlingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad koʻtargan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yoʻlaklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shim. qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning 2 biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qoʻrgʻon binosining umumiy tarhi: yoʻlakli aylanma tashqi devoriyu, xochsimon markaziy binosi, ravoqli peshtoqiyu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta oʻylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir meʼmoriy obidalaridan hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |