V.Darsni yakunlash. O'qituvchi keyingi STO' darsida qaysi bolalar yozuvchilari ijodi bilan tanishishni istashlarini so'raydi. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa. Keyingi darsdagi sinfdan tashqari o'qish uchun asarlar tavsiya qilinadi, Anvar Obidjon she'riaridan yod olib kelish topshiriladi, sahna asarlarini rollarga bo'lib o'qishga tayyorlanib kelish, she'r va sahna asarlari mazmuniga mos rasmlar chizish vazifa qilib beriladi. O'quvchilarning o'zlari ham she'r yozib kelishlari mumkinligi aytiladi.
Sana:______________________________
65.Mavzu:Adabiy ertaklar. 7-nazorat ishi. Laqma it“ matnini qayta hikoyalash.
Mavzu: Laqma it. Sh.Sa’dulla.
1. O'quvchilarning ertak jangi haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash, boyitish. Ularning matnni ifodali o'qish, topshiriqlar ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish.
2. O'quvchilarning rostgo'ylik, to'g'riso'zlik fazilatlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, yolg'onchilik, ochko'zlikka qarshi nafrat uyg'otish, laqma emas, zukko bo’lishga undash.
3. O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog'lanishli nutqini o'stirish, nutqlarining ta'sirchan bo'lishiga erishish.
Darsning turi: naz
orat darsi.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash;
II. Nazorat ishi.
O’quvchilar “Laqma it” matnini qayta hikoya qiladilar.
O’qituvchi ularning og’zaki nutqi va matnni qanday egallaganliklarini baholaydi.
III.Uyga vazifa: takrorlash.
Sana:_______________________________
66.Mavzu:. Qish to'zg'itar momiq par. Qudrat Hikmat.
Darsning maqsadi:
1.O'quvchilarni she'rni ifodali o'qishga, she'r matni ustida ishlashga o'rgatish; shoirning qishning xususiyatlarini she'r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib berish; o'quvchilarning qishning xususiyatlari, qorning hayot uchun foydasi haqidagi tushunchalarini boyitish.
2.O'quvchilarning lug'atiga bulut to'shagi, momiq par, oq narnat (qor), izg'irin, hovuz, mo'rkom, surunkasi, fayz bermoq, oq choyshab kabi so'z va ibora, tasviriy ifodalarni kiritish.
3.O'quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatla-rini oshirish.
4.Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o'rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, lirik she'r o'rganiladigan dars.
Darsning metodi. Izohli o'qish, mustaqil ish metodi, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Qish fasli tasvirlangan rasmlar. Q.Hikmat por-treti, shoir haqidagi ma'lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |