Bog'liq 10. Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi
Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqtining bunday o`zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ontogenezda organlarning tanada joylashishi ham o`zgaradi. Yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo`yin vujudga kelishi hisobiga yurakning o`rni baliqlarnikiga nisbatan ko`krak qafasining ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o`zgarish geterotropiyadeb ataladi.
Gekkel va Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli hayvon guruhlarining filogenetik tarixini tiklashga oid tadqiqotlarni avj olishiga sabab bo`ldi. Bu qonun paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L. Vyurtenberger qirilib ketgan boshoyoqli mollyuskalar — ammonitlarda, Gayett qazilma mollyuskalarda, Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyatsiya hodisasini aniqlashga muvaffaq bo`ldilar.
Rekapitulyatsiya botanika sohasida ham o`z ifodasini topdi. Natijada yuksak o`simliklarda tuban formalarga xos shoxlanish tipi, paporotniklarda birinchi barglarining dixotomik tuzilishi kabilar kashf qilindi.
Asosiy mazmuni Darvin, keyinchalik F. Myuller, E. Gekkel tomonidan bayon etilgan biogenetik qonunga ko`ra, ontogenez bilan filogenez o`rtasidagi munosabatlar to`g`ri ifodalab berildi. Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o`z ontogenetik rivojlanishi bilan ozmi-ko`pmi o`xshash ekanligini ko`rsatdi. Bu bilan organik olamniig monofiletik kelib chiqishi haqidagi g`oya yana bir marta tasdiqlandi. Lekin Gekkel biogenetik qonunga uncha to`liq ta’rif bermadi. Chunki u ontogenez bilan filogenez muammosini bir tomonlama yoritgan. U biogenetik qonunga ta’rif berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidan iborat» degan iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik belgi-xossalar ahamiyatlidir, degan. E.Gekkel evolyutsiya jarayonida filogenezga katta o`rin berib, unda ontogenezning rolini to`liq ko`rsatmadi. Uning mulohazasiga ko`ra, ontogenezda paydo bo`lgan har qanday yangi lik filogenezni xiralashtirar ekan (masalan, geterotopiya va geteroxroniya).
Darvin evolyutsiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini qamrab oladi, ontogenez ham evolyutsiyani o`z boshidan kechiradi va uning yangi lanishi filogenetik tarixga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan ontogenez har xil usullar bilan o`zgaradi va ular evolyutsion rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi, deb ko`rsatdi. Darvinning bu sohadagi mulohazalari F. Myuller tomonidan aniqlashtirilgan bo`lsada, u Gekkel uchun tushunarsiz bo`lib qoldi. Shunga ko`ra, qayd qilingan Darvin — Myuller fikrlari Gekkelning biogenetik qonunida o`z ifodasini topmadi.