Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi



Download 329,05 Kb.
bet2/17
Sana06.07.2022
Hajmi329,05 Kb.
#747857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10. Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi

Darvin «Turlarning kelib chiqishi» va boshqa asarlarida ontogenez bilan filogenez o`rtasida uzviy bog`liqlik borligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko`ra, ontogenez turli tuzilish va xossalarning shakllanishiga olib keladigan murakkab va qarama-qarshi jarayondir. Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish bosqichlarining takrorlanishi tufayli har xil organizmlarning embrion rivojlanishi umumiylikka ega bo`ladi. Embrion o`z rivojlanishining turli bosqichlarida tabiiy tanlanish ta’siriga beriladi. Natijada muayyan bosqichlarda yangi moslanish xossalari vujudga kelib, ular organizmning rivojlanishi tarixiy rivojlanish doirasidan chetga chiqishiga sabab bo`ladi.

Shunga ko`ra, ontogenez individual rivojlanish, filogenez esa ajdod rivojlanishining oddiy takrorlanishi emas. Ontogenezdagi o`zgarishlar ayrim organlar, belgilarning rivojlanishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tushib qolishiga, murtak va lichinkada moslanish ahamiyatiga ega yangi xossalar vujudga kelishiga, organizmning tuzilishi ajdodlarinikiga nisbatan murakkablashuviga yoki soddalashuviga olib keladi.

Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishida avlod-ajdodi belgi-xossalarining takrorlanishini rekapitulyatsiya deb, ajdod belgilarining o`zini esa palingenezlar — palingenetik belgilar deb atadi.

Quruqda yashovchi umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jabra yoylari, ikki kamerali yurakni palingenezlarga misol qilib keltirish mumkin.

Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik davrida muhitga moslashtiruvchi belgilari borligini ko`rsatib, Gekkel ularni senogenetik belgilar, ya’ni senogenezlar deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi (amnion, allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo`ldoshi, qushlar tuxumining sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senogenezlarga organlarning rivojlanish muddati va o`rnining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlarni ham kiritdi, Odatda, ma’lum gruppa hayvonlarda progressga uchragan organlar rivoji doim oldin boshlanib, boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan, umurtqalilarning yuksak vakillari (qushlar va sut emizuvchilar) da bosh miya va sezgi organlari tuban vakillari (amfibiya va boshqalar) dagiga nisbatan oldin rivojlanadi va uzoq muddat davom etadi. Aksincha, ontogenezda regressga uchragan organlarning individual rivojlanishi sekinlik bilan boradi. Umurtqalilarning yuksak vakillarida jinsiy bezlar tuban vakillariga nisbatan keyinroq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi.


Download 329,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish