Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi



Download 329,05 Kb.
bet5/17
Sana06.07.2022
Hajmi329,05 Kb.
#747857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10. Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi

To`qimalar gistogenezida, chunonchi, epiteliy to`qimada ham shunga o`xshash qonuniyat namoyon bo`ladi. Odam embriogenezining ma’lum bir bosqichida epiteliy bir qavat, keyinchalik ikki qavat va nixoyat, uch qavat silindrsimon hujayralardan tashkil topadi. Uning ustki qavat hujayralarining yadrosi yo`qolib, shoxsimon modda singadi. Voyaga yetgan lansetnik va suyakli baliqlarda esa bir qavatli epiteliyga aylansada, ularga shoxsimon modda singmaydi.

Anaboliyaga dengiz cho`rtanbalig`i — sargan (Be1one acus) ning individual rivojlanishi yaqqol misol bo`ladi. Bu baliq jag`ining tuzilishi bilan o`ziga yaqin bo`lgan boshqa baliqlardan farq qiladi. Odatda, uning yuqorigi va pastki jag`lari uzunasiga cho`zilgan bo`lib, uzun tumshuq hosil qiladi. Bu baliqning uzunligi 10 mm keladigan embrionida ikkala jag` uzunlashmagan, faqat pastki jag` bir oz oldinga bo`rtib chiqqan bo`ladi. Sarganga qon-qarindosh baliqlarning ko`pchiligida, chunonchi, aterinkada bunday holat voyaga yetgan baliqlarda saqlanadi.

Rasm. Sargan chavaqlarining rivojlanishidagi izchillik: I - uzunligi 10 mm li chavag`i; II - uzunligi 2 mm li chavag`i; III - uzunligi 91 mm li chavag`i;IV - voyaga yetgan sargan; 1-yuqori jag`i; 2 - pastki jag`i.

Sarganda esa avval pastki jag` uzunlashib, 20 mm ga yetadigan chavog`ida u yuqorigi jag`dan bir necha marta uzun bo`ladi. Sargan chavag`ining uzunligi 9 sm ga etgandan so`ng, yuqorigi jag` ham uzaya boshlaydi. Bu holat Hemiramphus avlodiga mansub baliqlarning voyaga etgan formalarida bir umr saqlanib qolgan. Sargan balig`ida esa yuqorigi jag`ning uzayishi keyinchalik ham davom etadi. Binobarin, aterinka balig`iga nisbatan sargan balig`ining individual rivojlanishida ikkita qo`shimcha faza — gemiramfus va aterinka fazasi bo`ladi. Xuddi shunga o`xshash, dengiz shaytoni deb ataluvchi baliqlarda ham ko`krak suzgich qanotlari individual rivojlanishda ikki marta o`z holatini o`zgartiradi. Rivojlanishning birinchi bosqichida ular ko`krak suzgich qanotining akulasimon baliqlarnikiga o`xshash gorizontal holati, keyin esa ko`pchilik suyakli baliqlarga xos bo`lgan vertikal holati namoyon bo`ladi. Keyingi rivojlanishda ko`krak suzgich qanoti yana gorizontal holatga o`tadi, lekin uning uchi orqaga qayrilgan bo`ladi.


Download 329,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish