Alveolatalar (Alveolata) tipi
Reja:
1. Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va axamiyati.
2. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi.
3. Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi.
4. Amyobasimon bir ho‘jayralilar (Sarcodina).
5. Foraminiferea, Actinopoda, Radiolaria, Acantharea, Heliozoa sinflari vakillari o‘ziga xos belgilari .
6. Bir ho‘jayralilar kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va ahamiyati.
Alvelotalar tipi 3 ta kenja tipga bo‘linadi. Bular: Dinoflagellyatalar, Kipriklilar va Sporalilar kenja tiplaridir. Bularning barcha vakillarida ribosoma DNK tuzlishidagi oxshashlik va pellikulalari tarkibida al’veolalar bo‘ladi.
Sodda hayvonlar tanasi odatda faqat hо‘jayra membranasi bilan chegaralangan bо‘ladi. Tanani о‘zgaruvchanligi ya’ni ularda tana formasini о‘zgartirish imkoniyatini hо‘jayra membranasi ostida joylashgan sitoskelet belgilaydi. Hо‘jayra membranasi va sitoskelet sodda hayvonlarda о‘ziga xos “ hо‘jayra devori” ni “pellikula” hosil qiladi. Sitoskelet kо‘pincha oqsil plastinkachalari (flamentlari), mikrotrubkachalar va pufakchalardan (alveolalar kabi) yoki uchala elementlarni birgalikdagi kombinatsiyasidan hosil bо‘ladi. Oqsil plastinkalari hо‘jayra membranasi va sitoplazmasi orasida zich tо‘r hosil qiladi. Kо‘proq sezilarli darajadagi sitoskelet strukturasi – hо‘jayra yuzasini mustahkamlovchi pellikulyar mikrotrubkachalar hisoblanadi. Hо‘jayra membranasi ostida joylashgan pufakchalar (alveolalar) Dinoflagellyatalar, Kipriklilar va Sporalilar kenja tiplari kenja tiplarini barcha vakillarida uchraydi. Shuning uchun mazkur takson nomi ham Alveolata shundan olingan.
Dinoflagellata kenja tipiga 4000 dan ortiqroq tur kirib bu turlarning 2000 ortig‘ida ho‘jayra tarkibida xloraplast bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun Dinoflagellyatalar ikki guruhga fotoavtotrof va geteroavtotroflarga ajratiladi. Ba’zi turlari ikkala usulni ham o‘zlashtirgan.
Fotoavtotroflar dengizlarda birlamchi produtsent sifatida muhim rol o‘ynaydi. Dinoflagellyatalar kenja tipiga tegishli Ksantafillar taksoni vakillari “перидинин” pigmenti ishlab chiqaradi va dengiz suvini “ qo‘ng‘ir-tillo” rangga bo‘yaydi. Dengiz va okeanlarda zaharli “Qizil oqimlar” hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu oqimga tushgan hayvonlar zaharlanadi. Ulardan olingan mahsulotlarni inson iste’mol qilganda kuchli zaharlanish holatlari kuzatilgan.
Dinoflagellata kenja tipini aksariat turlari “plankton” hayot kechiradi. Ba’zi dengiz dinoflagellyatalari ko‘p ho‘jayrali dengiz suv o‘tlariga yopishgan holda yashaydi. Barcha turlar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |