Takson, taksonomiya va taksonomik lingvistika haqida ma`lumotlar
Takson — oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan va b. guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, oila va b. ga mansub boʻlgan organizmlar guruhi. Takson muayyan biologik obyektlarga tegishli boʻlishi bilan taksonomik kategoriyalardan farqqiladi. Mas., «kitsimonlar» yoki «umurtqalilar» tushunchalari tasnif qilinishi lozim boʻlgan organizmlar guruhini bildi . radi. Shunday qilib, «tur», «oila» va boshqalar Takson boʻlolmaydi, lekin muayyan tur, mas., oddiy qaragʻay, uy pashshasi Takson hisoblanadi
Taksonomiya (yun. taxis — joylanish, qator va nomus — qonun) — sistematikaning organizmlarni tasnif qiladigan nazariy va amaliy boʻlimi. Terminni shved botanigi O. Dekandol (1813) tavsiya etgan. Baʼzan Taksonomiyadan sistematika va tasnif sinonimi sifatida foydalaniladi, lekin sistematika, odatda, organizmlarning xilmaxilligi va ularning oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi, Taksonomiya esa tasnif prinsiplari, usullari va qonuniyatlarini oʻrganadigan fan hisoblanadi. Tasnifning anʼanaviy usullari organizmlarning oʻxshashligi va ular belgilari gomologligini hamda kelib chiqishi umumiyligini aniqlashga asoslangan. Taksonomiyaning asosiy vazifasi organizmlar tabiiy tasnifini ishlab chiqarishga imkon beradigan taksonomik kategoriyalar va ular iyerarxiyasi toʻgʻrisida ratsional taʼlimot yaratishdan iborat.
Taksonomik lingvistika- Gap tilning belgilar sistemasidagi ko'rinishlaridan biri bo'lib, har qanday til belgisida bo'lgani kabi, unda ham biri boshqasini qonuniy taqozo etuvchi ikki qutb mavjuddir: ulardan biri gapning grammatik shakli (ifoda plani) bo'lsa, ikkinchisi uning ma‘no tomoni (mazmun plani)dir. Gapning grammatik shakli gap modeli (andozasi, struktur sxemasi, eng kichik qurilish qolipi) atamasi orqali anglashiluvchi tushunchadir. Gapning grammatik va semantik qurilishi, uning til belgilar sistemasiga munosabati masalalari gap tuzilishi modeli tushunchasi va uning xususiyatlari tufayli hal etiladi. Model va modellashtirish til va nutqni farqlash tufayli vujudga keldi. Til va nutqni farqlash F. De Sossyur ta‘limotini konkret tillarga tatbiq etish bilan bog'lanadi. Til va nutq munosabatini anglash uchun til va uning xususiyatlari, nutq va uning xususiyatlari kabi tushunchalar mohiyatini bilish nihoyatda zarur va muhimdir. Til o'ziga xos butunlik bo'lib, u diskret (ajraluvchi, qismlarga bo'linuvchi) birliklar majmuasidir. Uning birliklari biri boshqasini hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday xususiyat ierarxiyali (silsilali, pog'onali) munosabatlarga asoslanadi: tilning quyi sath birliklari o'zaro qo'shilib(sintagmatikmunosabatlarga kirishib), uning (tilning) yuqori sath birliklarini hosil qiladi. Nutq tilning amali, uning konkret ifodasidir. Tilning turli sathlarga xos birliklari reallashib, nutq birliklariga aylanadi. Til birliklarining nutq birliklariga aylanishi murakkab fizik - fiziologik va psixik jarayonlarni o'z ichiga oluvchi tabiiy-ijtimoiy shart - sharoitlarni talab qiladi. Bunday jarayonlarda til birliklari mavhum jabhadan aniq jabhaga ―ko'chadi – nutq organlarining faol harakati tufayli tovush qobig'iga ega bo'lib, perseptiv xarakter kasb etadi – tasavvur etiladi: fonemalar tovushlar, morfemalar allomorflar, leksemalar allolekslar, sintaksemalar so'z birikmalari yoxud jumla (gap)lar maqomida seziladi – eshitiladi (yozuvda harfiy ifodalar orqali aniq shaklga kiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |