Nutq haqida tushuncha
Nutq - tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, ya‘ni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1) ichki nutq
2) tashqi nutq
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elmentlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta‘siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir.
Monologik nutq - soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e‘tiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi.
Dialogik nutq - shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialog fikrlarning qisqaligi bilan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi. Voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq, savol-javob, buyruq-javob, xabar-e‘tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq, yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da‘vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Polilogik nutq ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |