me’yoridan ortiqligini bildirgan birikmani aniqlang.
A) suvli olma B) do'ppili yigit C) tuzli suv D) bolali
ayol
10. Vazifadosh ko‘makchili gaplarni ajrating.
1) Musiqa sadolari ostida qadamlar ildamlashdi. 2) Bu
chiroqlar bir-ikki soatgina yonib, keyin kuyib qolardi.
3) Dars tamom bo'lgandan keyin o‘quvchilar uylari
tomon tarqaldilar. 4) Qoziq ustida qor turmas. 5) U
turli mamlakatlarni kezgan, turli xalqlar, urug‘-
aymoqlar ichida bo‘lgan. 6) Zafar kelar qishlog'iga
kechga yaqin. 7) Albatta, oshna-og‘ayni orasida mol
pisand emas.
A) 1, 3, 5, 6, 7
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
C) 2, 4, 5, 6
D) 1, 3 5, 7
11. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gapni
toping.
A) Feruza uning jovdirashlariga ko‘p-da e’tibor
bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki,
suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi.
B) Mayli, bizga saboq bo'lmasin, lekin dunyo biz bilan
tugamaydi.
C) Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir:
quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan
o’ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi.
D) Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim
bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.
12. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq
xatolik mavjud?
A) Esi past odamning dimog‘i baland bo‘ladi.
B) Posbon uxlagach, Mirzo Ulug‘bekni Ko'ksaroy
tagidagi lahmdan olib chiqmoqchi edi.
C) O‘choqdagi lahja cho‘g‘ hali sovimagan.
D) Toshbaqa guldan-gulga qo‘nib yurgan kapalakka
g‘ashi keldi.
13. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz,
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.
She’riy parchadagi munosabat shakllarisiz qo‘llangan
so‘zlar tarkibidagi portlovchi undoshlar miqdorini
aniqlang.
A) 4 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 5 ta
14. Quyidagi qaysi so‘zlar o‘z paronimlari bilan bir xil
so‘z turkumiga raansub bo‘ladi?
1) yod; 2) ham; 3) burch; 4) bob; 5) afzal; 6) eg.
A) 1, 2, 4, 5, 6
B) 3, 6
C) 2, 3, 6
D) 3, 5, 6
15. Qaysi qatorda so‘z qo'llash bilan bog‘liq xatoga
yo‘l
qo'yilgan?
A) Mashina dovon tepasiga ko’tarildi.
B) Kampir bolalarga bir qismdan mayiz ulashdi.
C) Lahm go‘shtlarni ajratib oldi va rastaga terib sota
boshladi.
D) Bola ikki yoshligidan rovon gapira boshladi.
16. Qaysi maqolda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan
so‘z yasama so‘z hisoblanmaydi?
A) O‘ynab gapirsang ham, o'ylab gapir.
B) Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Elidan ayrilgan
o‘lguncha yig‘lar.
C) O‘g‘li borning o‘rni bor, Qizi borning qadri bor.
D) Burgaga achchiq qilib, ko‘rpangni kuydirma!
17. Qaysi so‘zning oxiriga «t» harfi yozilmaydi?
A) daroma.. B) nadoma..
C) xayolparas.. D) matona..
18. Qaysi gapda qo'shma fe’llar mavjud?
A) Shubhasiz, Vatanimizning kelajagi yorug‘ va ertasi
porloq.
B) Bilim kaliti yordamida yo'llarida uchraydigan
muammolarni yechib ketaveradilar.
C) Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o'zini
ko'rsata oladigan yoshlar qo'lida.
D) Xalqimiz farzandlari bugiin dunyoning eng
taraqqiy etgan bilim dargohlarida ta’lim olib
kelmoqdalar.
19. Yunoncha «harf o'qish va yozish san’ati», «harf»
ma’nosini anglatuvchi tilshunoslik bo’limi qaysi?
A) grafika
B) orfografiya
C) sintaksis
D) grammatika
20. Qaysi javobda jarangli jufti yo‘q jarangsiz
sirg‘aluvchi undosh qatnashgan so‘zlar berilgan?
A) bog‘, baxt, barg
B) g‘ayrat, ogohlik, kulol
C) no‘xat, taxminan, hilol
D) diydor, falak, urush
21. Jahondin menga g‘am bo‘lsa, ulusdin gar alam
bo'lsa,
Ne g‘am yuz muncha ham bo‘lsa, seningdek
g‘amgusorim bor. Ushbu misralarni yozgan,
bolalikdanoq hokimiyatning og‘ir yuki gardaniga
ortilgan, hayotining ko‘p qismi qirg‘in urushlar qa’rida
kechgan adolatparvar shoh va iste’dodli shoir kim?
A) Bobur B) Amiriy C) Feruz D) Husayniy
22. «Fors shoiri Umar Hayyom», «O‘zbek klassik
musiqasi va uning tarixi» nomli ilmiy asarlar
muallifini aniqlang.
A) Behbudiy B) Fitrat
C) Avloniy D) Hamza
23. Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramonlari
to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir
B) Bektemir, Ochil buva, Nizomjon, Qoratoy
C) Bektemir, Nizomjon, Ochil buva, Mutal
D) Nizomjon, To‘lanboy, Bektemir, Akbarali
24. Munisning “Ishqine o‘tidin o’rtanur joni
nizorim…” deb boshlanuvchi she’rining janrini
aniqlang.
A) mustazod B) murabba’
C) musaddas D) muxammas
25. Jahon adabiyoti namoyandasi Ernest Seton-
Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida kim
«Yovvoyi yo‘rg‘ani tutib kelgan odamga ming dollar
beraman», deb va’da beradi?
A) Jo Kalon B) Montgomer C) Foster D) Berns
26. Qanday janrdagi asarlar qahramonlar o‘rtasidagi
kuchli ziddiyatlar asosida quriladi?
A) ballada B) doston
C) tragediya D) roman
27. Qaysi ijodkorlarning asarlarida «Ip esholmaydi»
iborasi keltirilgan?
A) H.K. Andersen «Bulbul» va X. To'xtaboyev «Sariq
devni minib»
B) X. To‘xtaboyev «Sariq devni minib» va S. Ahmad
«Qoplon»
C) Tohir Malik «Shaytanat» va X. Sultonov «Yo,
Jamshid»
D) N. Dumbadze «Hellados» va Cho‘lpon «Kecha va
kunduz»
28. «Avesto»da ulug'langan «Qudratli va Omilkor»,
«maqtovlarga loyiq», «sharafga loyiq» qahramon
nomini ko‘rsating.
A) Varaxran
B) Sraosha
C) Spitama Zaratushtra
D) Mitra
29. Qaysi javobda nemis adabiyotining yirik vakili
Haynrix Haynening ocherklardan iborat kitobi nomi
keltirilgan?
A) «Germaniya. Qish ertagi»
B) «Qullar kemasi»
C) «Sileziya to‘quvchilari»
D) “Yo‘l lavhalari”
30. Odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy
qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan o‘lmas asar
qaysi?
A) Ch. Aytmatov «Asrga tatigulik kun»
B) Shekspir «Otello»
C) Pushkin «Yevgeniy Onegin»
D) Pushkin «Ruslan va Lyudmila»
Do'stlaringiz bilan baham: |