O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLII VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI VA GEOFIZIKASI”
KAFEDRASI
"__________________________" fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Toshkent shaxri Bektemir tumani iqtisodi saloxiyati
Guruh: _____________
Bajardi: ________________
Qabul qildi:________________
Toshkent 2023
Reja:
1. Bektemir tumani
2. Bektemir tumani yuqori texnologiyali sanoat rivojlangan
Bektemir tumani
Bektemir tumani (1990 yilgacha Narimonov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960-81 yillar Bektemir shaharchasi:
1973-90 yillarda shahar,
1981-90 yillarda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf oʻgli Narimonov (1870-1925) nomi bilan yuritilgan.
1990-yildan Toshkent tarkibidagi Bektemir tumani.
Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi.
Maydoni 1,83 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming ga.
Aholisi 29,9 ming kishi (2004).
Koʻchalar soni 45 ta. Asosiy yirik koʻchalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohkoʻchasi, Bektemir.
12 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida „Oʻzsmatana“, „Agrokeramika“, „Mirmaks“ qoʻshma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, „Irgidromash“ va boshqalar, 9 transport muassasasi, „SredazVNIIgidromash“ ilmiy tadqiqot instituta, 5 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bogʻchasi, 16 tibbiyot davolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar doʻkonlari, univermag, 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor.
Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan „Golfklub“ tashkil etilgan.
Toshkentning Bektemir tumani hududi 1,6 ming gektardan ziyodroqqa kengaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tuman faollari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta’minlaydi. Joriy yilning o‘tgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko‘rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o‘sgan.
Uchrashuvda tumanda yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o‘tildi. Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar yer o‘tkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etish, minglab ish o‘rinlari ochish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |