25-variant
1. Sifatlovchi - aniqlovchi ishtirok etmagan javobni
aniqlang.
A) Bahor osmonida chaqnasa chaqin,
Ko‘ksingdan otilar olovli nafas.
B) Chinor soyasidan bahramand bo‘lib,
Turfa xil ertaklar to‘qimoq oson.
C) Qalbimning parchasi singmasa agar,
Rozimasman, birov hadya etsa zar.
D) Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor.
2. Abdulla Qahhor qalami bilan ming-minglab
o’quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga
chiroq yoqib ketdi. Berilgan gapda ostiga chizilgan
so‘zda qaysi usulda ma’no ko‘chgan?
A) metonimiya
B) vazifadoshlik
C) metafora
D) sinekdoxa
3. Oh sukunat porlar saharda,
Kun nurida yonib, yaraqlab.
Chopib kelar sovuq shaharga,
Yalangoyoq yashil daraxtlar.
Matnda holdan oldin kelgan sifat haqidagi qaysi fikr
xato?
A) ko‘p ma’noli so‘z hisoblanadi
B) yasama so’zdir
C) fonetik yozuv asosida yozilgan
D) ega vazifasida kelgan
4. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk»
asarida turklar asli nechta qabila ekanligi aytilgan?
A) 24 ta
B) 30 ta
C) 20 ta
D) 25 ta
5. Qaysi gap tarkibida o‘z paronimi bilan o‘zaro bir
turkumga mansub bo‘la oladigan tub so‘z qatnashgan?
A) Yovga chiqsang, yarog‘li chiq,
Yolg‘iz chiqma, hamrohli chiq.
B) Bu jang varaqasini ifoda eta olgan yozuvchiga har
bir satr ulkan jangnoma uchun bir bob bo‘laveradi.
C) Xalq bilan bo‘lgusi muomalada qilichga emas, adl
kuchiga suyanmoq lozim.
D) Xuddi nina suqib chiqqanday tanam zirqirab
og'riyapti.
6. Uyushiq bo‘lak ishtirok etmagan sodda gapni
toping.
A) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga
taraqlab urilgani eshitildi.
B) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk.
C) Oradan ikki yil o‘tgandan keyin, oltmish yoshga
yetgandan keyin, eski kasali yana qo‘zg‘adi.
D) O, naqadar sho‘x va quvnoq edik!
7. Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi.
Ushbu gapda qanday fonetik o'zgarish ro‘y bergan?
A) tovush tushishi va almashishi
B) tovush orttirilishi va tushishi
C) tovush almashishi
D) tovush almashishi va orttirilishi
8. x va h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi
qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi?
A) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
B) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
D) tarkibiga ko‘ra
9. Tilga go'zallik javhari sifatida nazar soladigan
bo‘lsak, uning kishini hayratlantiradigan darajada
chiroyli va yetukligining guvohi bo'lamiz. Ushbu gap
tarkibida nechta jarangli-jarangsiz undoshlar juftligi
ishtirok etgan?
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 3 ta
D) 6 ta
10. qadimgi, chopqi, kulgi, sezgi, yozgi, tepki.
Berilgan so'zlardan ot so‘z turkumiga mansub
bo‘lmaganlari qaysi javobda keltirilgan?
A) yozgi, qadimgi
B) kulgi, sezgi
C) tepki, chopqi
D) yozgi, sezgi
11. Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri
shuki, u sheriklari... yordam qo‘li... uzatadi, safi...
kengaytirib, yangi g‘alaba... ko'zlaydi.
Ushbu gapda nechta so‘zdagi nuqtalar o‘rniga tushum
kelishigi qo‘shimchasi qo‘yiladi?
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
12. Egalik qo‘shimchasi qo’shilganda, tovush
almashmaydigan so’zlarni aniqlang.
A) ocherk, huquq, ittifoq
B) yoq, yo‘q, choq
C) ilik, yuluq, bo’liq
D) soliq, boshoq, taloq
13. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga noyob
hislar ko‘chib o'tishi aniqdir.
Berilgan gapda moslashuvli tobe bog‘lanishlar sonini
aniqlang.
A) 2 B) 4 С) 1 D) 3
14. Ham omonimlik, ham polisemantik xususiyatga
ega bo‘lgan so'zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) shox; 2) och; 3) to‘q; 4) ustun; 5) ort; 6) til; 7)
yondash.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
15. Tishini tishiga qo‘ymoq iborasiga sinonim bo'lgan
so‘zni toping.
A) xursand
B) hayratlanmoq
C) chidamoq
D) g‘azablanmoq
16. Faqat jarangli undosh tovushdan tarkib topgan
shart bog‘lovchilari berilgan javobni aniqlang.
A) basharti, garchi, ya’ni
B) agar, gar, mabodo
C) -sa, mabodo, go'yoki
D) balki, esa, bo‘lsa
17. Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so'zlarni
belgilang.
1) yangi; 2) toza; 3) aytuvchi; 4) qurilma; 5) moslama;
6) gullar.
A) barcha so’zlarda B) 1, 2, 5, 6
C) 1, 3, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5
18. Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari,
Ham mungli, ham shirin jildirashlari.
She’riy parchada ma’no ko‘chishining qaysi turi
qo'llangan?
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa
19. Qaysi javobda keltirilgan gapdagi sifatdan
yasalgan yasama fe’l asosida faqat til orqa undoshlari
qatnashgan?
A) Ish doirasi toraydi.
B) Uning gapi og'zida qolib, ko‘zlari xiyol kengaydi.
C) Kuz kelib, kunlar qisqardi.
D) Yo‘lchi quyosh va dala shamoli bilan bir oz
qoraygan.
20. Moslashuv usuli bilan birikkan so‘z birikmalari
qaysi javobda berilgan?
A) o‘z vazifasi, beda o‘rish
B) olchaning guli, quyosh nuri
C) gul hidi, kitob o‘qimoq
D) matematika darsi, she’rni yodlash
21. Qaysi olim 1990-yilda Mashrabning asarlarini
jamlab, «Mehribonim, qaydasan?» to'plamini chop
ettirgan?
A) Sharif Yusupov
B) Jaloliddin Yusupov
C) Nurboy Abdulhakim
D) Hamidulla Boltaboyev
22. Qaysi baytda tashbehning o’xshamish,
o’xshatilmish vosita unsurlari qatnashgan?
A) Ermas - alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Xilqat alarg‘a-u sanga - tiyra xok.
B) Pari ruxsoralarning ko‘rkaboyi,
Yuzing navro‘z-u, qoshing - bayram oyi.
C) Sipehri husn ichindin moh, sen-sen,
Zamona xo‘blarig‘a shoh, sen- sen.
D) Quyosh yanglig’ yuzungizni yorutti,
Palakdek bizni sargardon yarotti.
23. Hayotiy hodisalarni badiiy qamrash ko‘lami
nuqtayi nazaridan qissa epik janrning qaysi shakliga
mansub?
A) o‘rta va katta epik janr
B) o‘rta epik janr
C) kichik epik janr
D) katta epik janr
24. “Kelmadi” muxammasi kimning qalamiga
mansub?
A) Hujayniy B) Mashrab
C) Turdi
D) Bobur
25. Qaysi ijodkor Akmal taxallusi bilan ijod qilgan?
A) Maxmur
B) Mulla Shermuhammad
C) Zavqiy
D) Feruz
26. Quyidagi misralarda qo’llangan badiiy vositani
aniqlang.
Yurakda dard-u g‘am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bir zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o‘rtar.
A) saj’
B) ruju’
C) talmeh
D) tashbeh
27. Qaysi javobda Jek Londonning tabiatning asov
kuchlariga qarshi mardonavor kurashuvchi kishilar
hayoti zo‘r mahorat bilan tasvirlangan hikoyasi nomi
keltirilgan?
A) «Temir tovon»
B) «Tubanlik kishilari»
C) «Hayotga muhabbat»
D) «Marten Iden»
28. Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay,
Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay. Navoiy
“Xamsa»sidagi ushbu bayt aruzning qaysi vaznida
yozilgan?
A) sa’ri bahrida
B) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur)
C) hazaji musaddasi mahzuf (maqsur)
D) hazaji musammani mahzuf (maqsur)
29. Har baytida bittadan xalq maqoli qo'llangan Lutfiy
g'azalini aniqlang.
A) «Xoh inon, xoh inonmа» radifli g'azali
B) «Bu ko‘nguldir, bu ko'ngul» radifli g'azali
C) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» deb
boshlanuvchi g’azali
D) “Jong’a” chun dermen: “Ne erdi o’lmakim
kayfiyati…” deb boshlanuvchi g’azali
30. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari”
asarida Gulliverning liliput tilida o‘rgangan dastlabki
jumlasi qanday ma’noni ifodalar edi?
A) Odamlar hur yashasin!
B) liliputlarga dushman emasligi
C) ovqat so’rash istagi
D) ozod etishlarini so‘rash istagi
Do'stlaringiz bilan baham: |