27-variant
1. Qaysi so‘zlar ham ko‘p ma’noli, ham shakldosh so‘z
hisoblanadi?
A) yoq, to‘da, asl
B) chopmoq, rasta, bardam
C) shox, tovon, es
D) dunyo, asl, ilik
2. Olmosh ega vazifasida kelgan javoblarni aniqlang.
1) Bu mening kattakon yo‘ldagi birinchi qadamim
bo'lishiga ishonaman. 2) Bu ishlarni qilgan o‘zi. 3) Bu
katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. 4) Siz
istiqomat qilayotgan joyda qanday binolar qurib
bitkazildi?
A) 3 В) 1, 2
С) 1, 2, 3
D) 4
3. Qaysi so'zlarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar ketma-
ket qo‘shilishi bilan ikki xil fonetik hodisa ro‘y beradi?
1) tara; 2) yig‘i; 3) qiyin; 4) o‘yin; 5) sovi; 6) chanqa.
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 2, 4, 6
С) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 2, 3, 4
4. Yangi hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda qancha
til bor?
A) uch mingga yaqin
B) ikki mingdan ortiq
C) besh mingdan ortiq
D) yetti mingga yaqin
5. yoq (tomon) va o‘rtoq so‘zlariga qaysi qo‘shimcha
qo‘shilsa qo‘shimchada fonetik o’zgarish bo’ladi?
A) kelishik qo’shimchasi
B) egalik qo’shimchasi
C) kelishik va egalik qo'shimchalari
D) yoq so‘ziga kelishik, o‘rtoq so'ziga egalik va
kelishik qo‘shimchasi
6. Bulutlar haydar shamol,
Goh yog‘ib o‘tar yomg‘ir.
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi
qo'llangan?
A) metafora
B) vazifadoshlik
C) sinekdoxa
D) metonimiya
7. Berilganlardan urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan
so'zlar ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) gazeta; 2) traktor; 3) o‘rikzor; 4) paxtakor; 5)
respublika.
A) 2, 3, 5
В) 1, 2, 5
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4
8. Qaysi javobda keltirilgan gapda fonetik o‘zgarish
asosida yozilgan fe’l ishtirok etgan?
A) Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga
olib keladi.
B) Chin do‘st uldirkim, do‘stidan hech qachon
ranjimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi.
C) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug‘gan
toparsan?
D) Aqlliga aytdim, angladi bildi, Aqlsizga aytdim,
shaqillab kuldi.
9. Qaysi qatorda qo'shimcha qo’shilishi natijasida
bo’g’inga ajralish o’rni o’zgargan so’zlar ko’rsatilgan?
A) kitobni, dengiz, singlim
B) dengizi, singlim, sinfga
C) ko‘nglim, singlim, baxtingiz
D) shtangasi, singlisi, dengizim
10. Imlosiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping?
A) ahmoq
B) ahd
C) ahloq
D) ahl
11. Qaysi javobdagi qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi
jarangli va jarangsiz undoshlardan tuzilgan sodda
yasama so‘zdan iborat?
A) tishkovlagich
B) chidamlilik
C) qo‘lyozmani
D) tinchliksevar
12. Ulug‘, ulkan, buyuk, gigant. Berilgan so‘zlardan
qaysilari xususiyat belgisini ifodalay olmaydi?
A) ulug‘, ulkan, buyuk, gigant
B) buyuk, ulkan
C) ulug‘, buyuk
D) ulkan, gigant
13. Quyidagi so'zlardan nechtasi imloviy jihatdan
noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis,
hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon.
A) uchtasi B) to‘rttasi
C) beshtasi D) oltitasi
14. Kesimlari ismlarga mansub so‘z bilan ifodalangan
havola bo‘lakli qo‘shma gapni toping.
A) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o'quvchilarning
hammasi bir-biri bilan ahil.
B) Kim birovlarga yaxshilik qilsa, o’ziga ham, albatta
yaxshilik qaytadi.
C) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
D) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati
ketmasin uning.
15. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga ega?
A) asir, hiyla
B) ortmoq, tugmoq
C) bo‘shamoq, bo‘lmoq
D) adil, a’yon
16. Hayotning ko‘p issiq- sovug‘ini ko‘rib, saboq olib,
tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta fonetik
o'zgarish kuzatilmoqda?
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
17. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato
mavjud?
A) Quyosh hamal burjiga kirishi bilan kunlar isiy
boshladi.
B) Bemor da’vo izlab, hatto Moskvaga ham borib
keldi.
C) Gulnora yuvundini bir chetga to‘kib, uyga kirdi.
D) Ko‘kka bo‘y cho‘zgan adil teraklar shamolda
fusunkor tebranadi.
18. Qaysi maqolda fonetik o'zgarishga uchragan so‘z
qo‘llanmagan?
A) Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq, Qo‘li ochiqning
yo‘li ochiq.
B) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir.
C) Bo‘linganni bo‘ri yer, ayrilganni ayiq yer.
D) O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.
19. Kiyim-kechak mavzuviy guruhiga oid so‘zlarning
ichki mazmuniy guruhiga to‘g‘ri ajratilgan qatorini
toping.
A) kavush, botinka, shippak, mahsi
B) ro'mol, durra, kavush, palto
C) palto, kurtka, shapka, kavush
D) ko‘ylak, palto, shippak, ro'mol
20. Quyida berilgan qaysi gapda fonetik o'zgarish
asosida yozilgan yasama sifat ishtirok etgan?
A) Bu o'rmonda odamsimon maymunlar yashaydi.
B) Mening bolaligim o‘tgan joylar Qo‘ng‘irtov
etaklaridir.
C) Samig’ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-
yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam.
D) Tiniq osmonda yengil bulutlar asta kezadi.
21. «Ilm ahlining baxti qalam singari qora». Ushbu
hikmat qaysi asarda keltirilgan va qaysi qahramon
tilidan aytilgan?
A) «Yulduzli tunlar» romanida, Xondamir
B) «Navoiy» romanida, Darveshali
C) «Zarbulmasal» asarida, Sho‘ranul
D) «Qarolar falsafasi» asarida, Anbar Otin
22. Ogahiyning «Ta’viz ul- oshiqin» devonidagi
she’rlarning qanchasi fors tilida bitilgan?
A) 1300 misradan ortig‘i
B) sal kam 2100 misrasi
C) qariyb 4500 misrasi
D) 2500 misradan ortig’i
23. Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab
boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan»
tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Tog‘ay
Murodning qaysi asariga shunday ta’rif berilgan?
A) «Otamdan qolgan dalalar»
B) «Oydinda yurgan odamlar»
C) “Yulduzlar mangu yonadi”
D) «Ot kishnagan oqshom»
24. Jahon adabiyoti namoyandasi Ernest Seton-
Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida kim
«Yovvoyi yo‘rg‘ani tutib kelgan odamga ming dollar
beraman», deb va’da beradi?
A) Jo Kalon B) Montgomer
C) Foster
D) Berns
25. Erkin Vohidov qo‘shma vaznda yozgan she’rining
nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) «Majnuntol»
B) «Tong lavhasi»
C) “O‘zbegim”
D) «Kamtarlik haqida»
26. «Qulfi dilni ochish» iborasi qaysi asarda uchraydi?
A) «Navoiy» romanida
B) «Qutlug’ qon» romanida
C) «Otello» fojiasida
D) «Yevgeniy Onegin» she’riy romanida
27. Jahonning mashhur tragiki Vilyam Shekspirning
«Otello» fojiasida quyidagi so'zlar qaysi qahramon
tilidan aytilgan?
A) «О, muhabbat, haqoratga
28. S. Yeseninning “Dog‘lar ketmish majruh
ko‘ngildan” she’ri haqida to‘g‘ri fikrni toping.
A) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan.
B) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning
o'ziga xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini
ta’minlagan.
C) She’r satrlaridagi «choyxona», “choy”, «tong yuzli
dildor», “shohi ro‘mol”, «ohu ko‘z», “lolagun” so‘z-
timsollari Sharqni eslatib turadi.
D) E. Vohidov bu she’rni yetti bo‘g‘inli misralar (4 + 3
turoqli) vaznida tarjima qilgan.
29. «Ey gul...» g‘azali qaysi ijodkorga tegishli?
A) Atoiyga
B) Sakkokiyga
C) Lutfiyga
D) Gadoiyga
30. Qaro meng ol yanoqingga yaroshur,
Boshim doim adoqingga yaroshur.
Ushbu baytda qanday badiiy san’atlar qo’llangan?
A) tanosub, tazod
B) tashbeh, tazod
C) tanosub, tashbeh
D) tashbeh, ishtiqoq
Do'stlaringiz bilan baham: |