24-variant
1. Nechta jarangsiz sirg‘aluvchi til oldi undoshining
jarangli jufti bor?
A) 7 ta
B) 2 ta
C) 8 ta
D) 3 ta
2. Qaysi gapda bir umumiy ma’noni ifodalovchi
so‘zlar qatnashgan?
A) O‘zbek xalqi ichidan o‘nlab donolar yetishib
chiqqan.
B) Uning quvnoq chehrasi suv betida qizga yanada
yoqimli ko‘rindi.
C) Hech bo'lmagandan ko‘ra kech boigani yaxshi.
D) Qizaloq och qolganidan hech gap ochmadi.
3. Qaysi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi?
1) tush..nmoq; 2) tug‘..lmoq; 3) qur..lmoq; 4)
tush..rmoq; 5) yug..rmoq.
A) 1, 2, 3, 4, 5
В) 1, 4, 5
С) 1, 3, 4, 5
D) 1, 5
4. So‘z yasalish jarayonida asos qismning tovush
tarkibida o'zgarish sodir qiladigan fe’l yasovchi
qo'shimchalar qatorini aniqlang.
A) -a, -la, -ay, -illa
B) -a, -la, -i, -q, -qi
C) -a, -la, -ay, -i, -illa
D) -a, -la, -ay, -ar
5. 1) bardam; 2) savdo; 3) uy; 4) tom; 5) quv; 6) dars.
Ushbu so'zlar qatoridan ham ko‘p ma’nolilik, ham
shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so'zlar to‘liq
ajratib ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) 2, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 4, 5
C) 3, 4
D) 3, 4, 5, 6
6. Quyida berilgan nechta so‘zda portlovchi undosh
o‘rnida sirg‘aluvchi undosh so‘z ma’nosini farqlab,
paronim juftlikni yuzaga keltiradi?
nufus, qarz, sop, yonilg‘i, siqim, yaroqli, abzal, xol
A) 3 ta
B) 6 ta
C) 5 ta
D) 4 ta
7. Qaysi gap tarkibida o‘z paronimi bilan o'zaro bir
turkumga mansub bo‘la oladigan tub so‘z qatnashgan?
A) Tongda ruhsiz ko‘z ochaman, Qovunlar tanda jon.
B) Suvdan chiqqan pahlavonday adil teraklar bo‘y
rostlab turardi.
C) Olimlar yaqin vaqtlarga qadar kosmik bo‘shliqni
o'rganishni faqat orzu qila olar edilar.
D) Onalik xotin-qizlarning eng muqaddas burchi
sanaladi.
8. Qaysi gap tarkibida fe’l yasovchi qo’shimcha bilan
omonim bo’la oladigan fe’llarning munosabat’shakli
qatnashmagan?
A) Uning sovuqdan lablari ko‘karib ketgan.
B) Farovonlik istasang, baxtli bo‘lganingda ham do‘st-
yor orttir.
C) O‘sha paytlar u Toshkentda yashardi.
D) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar.
9. Havoda ananas hidi aralash yong'oq xazonlarining
o‘tkir hidi gurkiradi. Ushbu gapdagi tagiga chizilgan
so‘zda ma’no ko'chishining qaysi turi mavjud?
A) metonimiya
B) vazifadoshlik
C) metafora
D) sinekdoxa
10. Hamkasblari orasida obro‘yi baland, shuning
uchun hamma uning so‘zlarini diqqat bilan tingladi.
Ushbu gapda tagiga chizilgan yasama so‘zning bir
qismini quyidagi qaysi gapda qatnashgan so‘z
yasovchi bilan almashtirish mumkin?
A) Inson tabiatning eng birinchi himoyachisi
bo‘lmog‘i lozim
B) Sersuv olmadan yeb uxlash asablar uchun foydali.
C) Birdan eshik sharaqlab ochilib, suhbatdoshlar jim
bo‘lishdi
D) Taqdirning sanoqsiz qiyinchiliklariga bardosh
berganman.
11. Qaysi gapda ma’nosi metonimiya usulida ko‘chgan
so‘z o‘rin holi vazifasida kelgan?
A) Orzu kemalari xavol dengizi tomon yo’l oldi.
B) O’lkamizda tun o’z o’rnini tongga bo’shatib berdi.
C) Yakshanba kuni «Bobur»ga aylangani
bormoqchimiz.
D) Men «Gulliverning sayohatlari»ga juda qiziqib
qoldim.
12. Jarangli jufti mavjud bo'lgan til oldi jarangsiz
undoshlarni aniqlang.
A) t, s, ch, sh
B) z, j, d
C) k, t, s, ch
D) t, p, s
13. Qaysi javobda tushum kelishigining ikki o'rinda
belgili qo‘llanishi uchraydi?
A) Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi,
Adoqing tufrog‘ini surma qildi.
B) Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
C) Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.
D) Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondir.
14. Shovqinlilar guruhiga kiruvchi sirg‘aluvchi
undoshlar soni nechta?
A) 7 ta
B) 8 ta
C) 9 ta
D) 10 ta
15. 1) ikki; 2) uch; 3) to‘rt; 4) besh; 5) olti; 6) sakkiz.
Berilgan sonlarning qaysi birida faqat yuqori tor
unlilar ishtirok etgan?
A) 1, 2
B) 2, 3, 4
C) 2, 3
D) 1, 5, 6
16. Qiziq, inson umri shunaqa tez o’tarkanmi!
Kechagina emasmidi, shu ko’chada qo’shni qizchalar
bilan sopalak o'ynaganmiz! Ushbu gapda tovush
o'zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri ko'rsatilgan
javobni toping.
A) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
B) 2 ta tovush tushishi
C) 1 ta tovush ortishi
D) 3 ta tovush tushishi, 1 ta tovush ortishi
17. Asosida ikkita jarangli undosh o‘rtasida keng unli
qatnashgan yasama so'zni aniqlang.
A) gulbeor
B) qarmoq
C) borliq
D) chopqir
18. Qaysi so‘z birikmasidagi tobe so‘zda urg‘u oxirgi
bo‘g‘inga tushgan?
A) kundek ravshan
B) toza charchamoq
C) o‘nta kitob
D) tarqatma material
19. Qaysi javobda o‘z paronimi bilan o'zaro bir xil so‘z
turkumiga mansub bo‘la oladigan so‘z berilgan?
A) xiyla
B) a’yon
C) sud
D) abzal
20. Fonetik o'zgarishi bilan yozilgan so‘z maqsad holi
vazifasini bajargan gapni aniqlang.
A) Uni qasddan odam o‘ldirishda ayblashayotgan
ekan.
B) Elchi hozir o‘z podshohining amrini bajarish uchun
tilyog’lamalik qilardi.
C) O’ynang, qizlar, o’ynang, ko’rgani keldik.
D) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak.
21. Xalq dostonlari qahramonlaridan qaysi biriga
«Kelganboy» deb murojaat qilinadi?
A) Boysariga
B) Ravshanga
C) Rustamxonga
D) Kuntug'mishga
22. Qaysi ijodkor Akmal taxallusi bilan ijod qilgan?
A) Maxmur
B) Mulla Shermuhammad
C) Zavqiy
D) Feruz
23. Hayot hodisalarini badiiy qamrash ko'lami nuqtayi
nazaridan roman, epik doston epik janrning qaysi
shakliga mansub?
A) kichik epik janr
B) o‘rta va katta, epik janr
C) katta epik janr
D) o‘rta epik janr
24. Sipehri husn ichinda moh, sen-sen,
Zamona xo‘blarig‘a shoh, sen-sen. Ushbu misralarda
qaysi she’riy san’at qo'llangan?
A) tajnis
B) tazod
C) talmeh
D) tashbeh
25. «Sohibqiron» she’riy dramasida madrasaga
bekingan Amir Husaynni hokim Kayxusrav qanday
tanib qoladi?
A) etigining tovushidan B) cho’qqi soqolidan
C) yo’tal ovozidan D) zarbof to’nidan
26. Olti oykim, ruhim shunday uchmish tanadan,
Olti oykim, meni xayol ezar beomon.
Olti oykim, allakimlar pana- panadan
Tosh otadi darvozasiz qalbimga tomon.
Ushbu she’riy parcha muallifini aniqlang.
A) Abdulla Oripov («Sarob»)
B) Muhammad Yusuf («Yangi yil kechasi»)
C) Erkin Vohidov («Dangasalar»)
D) To‘ra Sulaymon («Armon»)
27. Berilgan qaysi ma’lumot Bobur ijodiga tegishli?
A) Farobiyning «Mahbub ul- qulub» asarini tarjima
qilgan.
B) Shoir aruz haqida «Muxtasar» nomli asar yozgan.
C) «Risola» asarida Navoiy va Jomiyga yuksak
ta’riflar bergan.
D) Ijodkor «Gap ta’rifida» nomli etnografik asar
yozgan.
28. «Abulfayzxon» tragediyasida «qora yurakli
boyqush» deya xayol tomonidan qaysi personajga
ta’rif berilgan?
A) Abulfayzxon
B) Ulfat
C) taxt
D) Rahimbiy
29. Qaysi asarda o‘z raqibini na’ra tortib behush qilish
holati uchraydi?
A) «Sabba’yi sayyor» dostonida
B) «Ruhlar isyonbda
C) «Tunyuquq» bitigida
D) «Rustamxon» dostonida
30. Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base,
Mehr-u vafo raqibg‘a, jabr-u jafo manga. (Bobur)
Ushbu baytda qo'llangan she’riy san’atni toping.
A) tazod
B) tashbeh
C) intoq
D) tashxis
Do'stlaringiz bilan baham: |