Axborot texnologiyalariga oid bilimlar



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana17.05.2023
Hajmi0,96 Mb.
#939531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-2-гуруҳ



AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA –
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA OID BILIMLAR 
Bobning qisqacha mazmuni:
axborot iste’moli madaniyatini 
shakllantirishda – axborot texnologiyalariga oid bilimlar, asosiy 
tushuncha va atamalar; axborot xavfsizligini ta’minlashda 
buzg‘unchilik modeli. 
Tayanch iboralar:
axborotni saqlash, kompyuter tizimlari, 
elektron pochta, maxfiy axborotlar, xaker. 
Axborot juda qadriyatli yoki o‘ta muhim bo‘lganligi sababli 
bunday axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan 
kompyuter tizimlariga nisbatan turli-tuman yomon niyatli 
harakatlar mavjuddir. Masalan, buzg‘unchi o‘zini boshqa 
foydalanuvchi 
kabi 
ko‘rsatishga 
intilishi, 
aloqa 
kanalini 
bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari
almashayotgan axborotni ushlab olishi va o‘zgartirishi mumkin. 
Zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlari (KT va T), Internet 
yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni o‘g‘irlash, buzish 
yoki xalaqitlarga uchratish maqsadida korxona va tashkilotlarning 
ichki tarmoqlariga kirish uchun ko‘plab imkoniyat yaratib beradilar. 
SHu sababli hozirda insonlarni va jamiyatni informatsion xavfsizlik 
va axborotni himoya qilishni ta’minlash muammosini kompleks 
echishni dolzarb ravishda kerakligi paydo bo‘lmokda. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi Internetning 
ishlash sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutloq
ko‘pchilik kompaniya va tashkilotlar bugungi kunda o‘zlarining
lokal tarmoqlarini Internetga, uning resurslari va afzalliklaridan
foydalanish uchun ulamoqdalar. Ular Internetni turli maqsadlarda
ishlatadilar, bunga elektron pochta bilan almashinish, qiziqib 
qolgan shaxs va tashkilotlar o‘rtasida axborotlarni olish va 
tarqatish va boshqalar kiradi. Bosh tarmoqqa ulanish katta
afzallikga ega, ammo bunda ulanayotgan lokal yoki korporativ
tarmoqdagi axborot xavfsizligini ta’minlashda jiddiy muammolar
paydo bo‘ladi. O‘zining idealogiyasidagi ochiqchilik tufayli Internet
yomon niyatli odamlarga, muhim va maxfiy axborotni o‘g‘irlash,
xalaqitlarga uchratish va buzish maqsadida korxona va 
tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko‘p imkoniyat
yaratib beradi. Axborot juda axamiyatli yoki o‘ta muhim
bo‘lganligi sababli bunday axborotni saqlayotgan, qayta 



ishlayotgan yoki uzatayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlariga
nisbatan turli xil yomon niyatli xarakatlar bo‘lishi mumkin. 
Masalan, buzuvchi odam o‘zini tizimning boshqa foydalanuvchisi
qilib ko‘rsatishga intilishi mumkin, aloqa kanalini bildirmasdan
eshitishi yoki tarmoq foydalanuvchilari almashayotgan axborotni
ushlab olish va o‘zgartirishi mumkin. Tizimning foydalanuvchisi
buzg‘unchi bo‘lishi mumkin, u o‘zi xaqiqatda ham uzatilmagan 
ma’lumotni ular tomonidan olinganligini tasdiqlashga intilishi
mumkin. U murojaat qilishi mumkin bo‘lmagan axborotga
murojaat qilishga ruxsat olish uchun o‘zining vakolatlarini
kengaytirishga intilishi yoki boshqa foydalanuvchilarning
xuquqlarini ruxsat etilmagan holda o‘zgartirib tizimni buzishga
intilishi mumkin. SHu munosabat bilan, zamonaviy axborotlashgan
jamiyatda global va boshqa tarmoqlarning ulkan afzalliklari
mavjudligi bilan bir qatorda, ularda axborotni himoya qilish
bo‘yicha o‘ziga xos muammolarni ham echishga to‘g‘ri keladi. 
SHuning uchun axborotning maxfiyligi va butunligini ta’minlash
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli ishlarni amalga oshirish
uchun samarali vositalarni yaratish va qo‘llash juda muhimdir. 
Internetni tadbiq qilinishi bilan jinoyatlar ayniqsa keng 
quloch yoydi. Bu esa qonuniyatlidir, negaki SHK ning faol 
ishlatilishining birinchi o‘n yilligida kompyuterlarga asosan
telefon tarmog‘i orqali ulanib olgan xakerlar yoki «elektron
qaroqchilar» asosiy xavf-xatarga ega bo‘lgan bo‘lsa, unda 
kompyuter tizimlarini va tarmoqlarini ommaviy ishlatish davrida 
axborotning ishonchliligi va butunligini buzishga kompyuter
viruslari dasturlari va Internet global tarmoqi orqali xavf
solinmoqda. 
Maqsadlarga qarashlar tizimi kabi axborot xavfsizligi 
konsepsiyasi, axborot xavfsizligini ta’minlash usullari va uni himoya 
qilish vostitalari umumiy ko‘rinishda uchta oddiy savolga javob 
berishi kerak: nimani, nimadan va qanday himoya qilish kerak? 
«Nimani ximoya qilish kerak?» savoli bilan himoya qilish 
ob’ekti tushunchasi, ya’ni axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish va 
qayta ishlash uchun mo‘ljallangan fizik, apparatli, dasturli va xujjatli 
vositalarning kompleksi bog‘langandir. 
«Nimadan ximoya qilish kerak?» savoli havf (tahdid) 
tushunchasi bilan, ya’ni axborotning yo‘qotilishiga yoki ochiq e’lon 
qilinishiga olib keladigan, himoya qilish ob’ektiga noqonuniy ta’sir 
etishni potensial imkoniyatlari bog‘langandir. 



«Axborotni qanday ximoya qilish kerak?» savoli bilan himoya 
qilish tizimi tushunchasi, ya’ni tadbir va vositalar kompleksi hamda 
ular asosida himoya qilish ob’ektining xavfsizligi xavflarini turli – 
tuman ko‘rinishlarini payqash, qaytarish va yo‘q qilishga 
yo‘naltirilgan faoliyat ajralmas ravishda bog‘langandir. 
Zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ko‘proq «axborot»
tushunchasi sotib olish, sotish, biror boshqa narsaga almashtirish
mumkin bo‘lgan maxsus tovarning belgilanishi kabi ishlatiladi. 
Bunda axborot narxi uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining 
o‘zidan yuzlab va minglab marta oshib ketadi. SHuning uchun, 
tabiiyki, axborotni ruxsat etilmagan murojaat etishdan, bila turib
o‘gartirishdan, o‘g‘irlashdan, yo‘q qilishdan va boshqa jinoiy
harakatlardan himoya qilishning jiddiy zarurligi kelib chiqadi. 
Axborotlashtirish zamonaviy jamiyat xayotining tavsiflar sifati 
hisoblanadi. YAngi axborotli vositalar va texnologiyalar xalq 
xo‘jaligining va inson faoliyatining barcha sohalariga faol tadbiq 
qilinmokda. Ular kosmik kema va samolyotlarni boshqaradilar, atom 
elektrostansiyalarining ishini nazorat qiladi, axoliga juda ko‘p 
miqdordagi axborot xizmatlarini taqdim etadi va x.k. 
Kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari axborotni 
saqlash va qayta ishlashni, uni iste’molchilarga taqdim etishni, shu 
bilan birga eng zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashni 
amalga oshiradigan, axborotni qayta ishlaydigan barcha 
avtomatlashtirilgan tizimlarning asosi hisoblanadi. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish