Axborot texnologiyalariga oid bilimlar


Axborotni ximoya qilish muammosining dolzarbligi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana17.05.2023
Hajmi0,96 Mb.
#939531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-2-гуруҳ

Axborotni ximoya qilish muammosining dolzarbligi 
Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosining dolzarbligi va
muhimligi quyidagi sabablar bilan shartlangandir: 

zamonaviy kompyuterlarni ishlatish soddaligi bilan bir
vaqtda ularning hisoblash quvvatining keskin oshishi

kompyuter va boshqa avtomatlashtirish vositalari
yordamida yig‘ilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan
axborot sig‘imining keskin oshishi; 

turli xil vazifali va turli xil tegishli axborotlarni umumiy
berilganlar bazasiga mujassamlantirilishi; 

faoliyatning turli sohalarida ishlatishda joylashgan
shaxsiy kompyuterlar narxining o‘sishini yuqori sur’atlari; 

hisoblash resurslari va berilganlar bazasiga bevosita
murojaat qilish ruxsatiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar
doirasining keskin oshishi

Axborot xavfsizligining, xattoki minimal talablarini ham 
qanoatlantirmaydigan dastur vositalarining rivojlanishi; 

tarmoqli texnologiyalarning o‘zaro tarqatilishi, lokal va 
regional tarmoqlarni global tarmoqlarga birlashtirilishi

butun dunyoda axborotni qayta ishlash tizimlari
xavfsizligining buzilishiga deyarli to‘sqinlik qilmaydigan Internet 
global tarmog‘ining rivojlanishi; 

internet global tarmog‘ining ochiqlilik va nazorat
qilinmasligi ideologiyasi. 
 



Axborot xavfsizligining buzilishiga olib
keluvchi taxdidlarning turlari va ularning tasnifi 
Ta’sir etish maqsadi bo‘yicha xavfsizlik xavfini uchta asosiy 
turga farqlanadi:
1.
Axborot maxfiyligining buzilish xavfi; 
2.
Axborot butunligining buzilish xavfi; 
3.
Tizimning ishlash layoqatligining buzilish xavfi (xizmat 
ko‘rsatishdagi inkor (rad) etishlar). 
Axborot maxfiyligining buzilish xavfi maxfiy yoki sirli axborotni 
xavfni amalga oshirishda axborot unga murojaat qilishi mumkin 
bo‘lmagan shaxslarga ma’lum bo‘lib qoladi. Kompyuter tizimida, bir 
tizimdan boshqasiga uzatilayotgan yoki kompyuter tizimida 
saqlanayotgan biror yopiq axborotga ruxsat etilmagan murojaat 
qilish bo‘lganda har safar axborot maxfiyligini buzilishi havfi sodir 
bo‘ladi. 
Axborot butunligining buzilishi xavfi uning sifati va ishonchligi 
buzilishiga yoki to‘liq yo‘qotilishiga olib keladigan xalaqitlarga yoki 
axborotning o‘zgarishiga yo‘naltirilgandir. Axborotning butunligi 
niyati yomon odam tomonidan ko‘ra bila turib hamda tizimni o‘rab 
turgan muhit tomonidan ob’etiv ta’sirlar natijasida buzilishi 
mumkin. Bu havf ayniqsa, axborotni uzatish tizimlari, kompyuter 
tarmoqlari va radiotexnika tizimlari uchun dolzarbdir.
Tizimning ishlash layoqatligini buzilish xavfi (xizmat 
ko‘rsatishdagi inkor etishlar) ma’lum bir oldindan mo‘ljallangan 
ta’sirlar yoki tizimning ishlash layoqatligini susaytiradigan yoki 
uning ba’zi bir resurslariga murojaat qilishni blokirovkalaydigan 
xolatlarni yaratishga yo‘naltirilgandir. Masalan, tizimning bir 
foydalanuvchisi biror xizmatga murojaat qilishga so‘rov bersa, 
boshqasi esa bu murojaat qilishni blokirovkalash bo‘yicha 
xarakterlarni amalga oshirsa, unda birinchi foydalanuvchi xizmat 
ko‘rsatishga rad javobini oladi. 
Resursga murojaat qilishni blokirovkalash doimiy va vaqtincha 
bo‘lishi mumkin. 
Axborot xavfsizligini buzish bo‘yicha sabablar tasodifiy va 
yomon niyatli (oldindan mo‘ljallangan) bo‘lishi mumkin. Birinchi 
holda buzuvchi, xalaqit beruvchi va boshqa jarayonlarning 
manbalari bo‘lishi mumkin: 
- tasodifiy holatlar (er qimirlashi, yongin, dovul va b.); 



-
tizimning tarkibiy elementlarini izdan chiqishi (texnik 
buzilishlar); 
-
foydalanuvchilar va xizmat ko‘rsatish xodimlarini xato 
xarakatlari; 
-
dastur ta’minotidagi xatoliklar; 
-
tashqi muhit ta’siri natijasida aloqa yo‘lidagi xalaqitlar va 
boshqalar. 
Hozir jahonda moliya – bank kompyuter tarmoqlari oldindan 
mo‘ljallangan xavflarga eng yuqori darajada ta’qib etiladi? bunday 
xavflarga quyidagilar tegishlidir: 
-
bank xizmatchilari soniga tegishli bo‘lmagan begona 
shaxslarning ruxsat etilmagan murojaat qilishi va saqlanayotgan 
maxfiy axborot bilan tanishishi; 
-
bank xizmatchilarining ular murojaat qilishi mumkin 
bo‘lmagan axborot bilan tanishib chiqishi; 
-
dasturlarni va berilganlarni ruxsatsiz nusxalash; 
-
maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan magnit tashuvchilarni 
o‘g‘irlash; 
-
chop qilingan bank xujjatlarini o‘g‘irlash; 
-
axborotni ataylab yo‘qotish; 
-
bank xodimlari tomonidan moliyaviy hujjatlarni, hisobot va 
ma’lumot bazasini ruxsatsiz o‘zgarish; 
-
aloqa kanallari bo‘yicha uzatilayotgan ma’lumotlarni 
qalbakilashtirish; 
-
aloqa kanallari bo‘yicha uzatilayotgan ma’lumotlar 
mualliflarini rad etish; 
-
ma’lumotlar (axborotni) olish dalilini rad etish; 
-
oldin uzatilgan ma’lumotlarni to‘xtatib qo‘yish; 
-
virusli harakatlar keltirib chiqargan axborotning buzilishi; 
-
magnit tashuvchilarda saqlanayotgan arxivdagi bank 
axborotlarini buzilishi; 
-
tizim tashkil etuvchilari va tugunlarini o‘g‘irlanishi. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish