7-mavzu: Etnografik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati
Reja:
1. O‘lka tarixini o‘rganishda etnografiya ma’lumotlarning ahamiyati.
2. O‘zbek xalqi etnografiyasining o‘rganilishi.
3. Surxondaryo etnografiyasining o‘rganilishi.
Kalit so’zlar: etnografiya, etnik tarix, etnogenez, Surxondaryo – etnografik makon.
Asosiy adabiyotlar
1. Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. O‘quv-qo‘llanma. T.:
“Universitet” 2020. pdf.
2. Yujin S. Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo‘qon, Buxoro va G‘uljaga
sayohat qaydlari. Ingiliz tilidan tarjima va izohlar Z.A. Saidboboyev
-Toshkent. 2019.
3. Saidboboyev Z.A. Tarixiy geografiya. Darslik. -T., 2010.
4. Eshov B.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. –Toshkent. 2008.
5. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. O‘quv
qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi, 1996.
1. O‘lka tarixini o‘rganishda etnografik ma’lumotlarning ahamiyati. Etnografiya xalqlar madaniyatini o‘rganishda beqiyos xazina bo‘lib, ularni yoshlar ongiga singdirish o‘z xalqiga, vataniga, milliy an’analariga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalashda ahamiyati kattadir. O‘zbek xalqi dunyo xalqlari orasida faxr qiladigan darajada boy moddiy va ma’naviy madaniyat yaratgan yuksak tamaddun sohiblari sanaladi. O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p ming yillik tarixi mobaynida yaratuvchanlik, bunyodkorlik hamda yuksak g‘oyalar sari intiluvchanlik ruhida kamol topgan. Shu sababdan ham bu xalqning ildizi baquvvat, ma’naviyati yuksak, tarixi buyuk, tomiri teran, bugungi kunga bo‘lgan ishonchi mustahkam, ertangi kundan umidi bisyor xalqdir. O‘zbekistonning janubiy darvozasi sanalgan Surxon zamini ham o‘zining qadim tarixi, bebaho moddiy va ma’naviy madaniyati bilan vatanimiz tarixida muhim o‘rin tutadigan makon sanaladi. Chunki ushbu mintaqa insoniyat tamaddunining muhim makonlaridan biri sifatida qadimgi davridanoq insoniyatga beshik bo‘lgan yoki ilk tasviriy san’at, ilk yozuv, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi, mintaqadagi ilk shaharsozlik ana shu yurtda qaror topgan, qolaversa jahon dinlari sanalgan buddaviylik va islom ta’limotining yuksalishida ham beqiyos sanaladi.
Etnografiya dunyo xalqlarining madaniyatini, maishiy hayotini, kelib chiqishi (etnogenezi)ni joylashishi (etnik geografiyasi)ni va madaniyat tarixini, o‘zaro aloqa va munosabatlarini o‘rganuvchi fandir. O‘zbek xalqi etnografiyasida Surxon vohasi madaniyati va etnografiyasining o‘ziga xos muhim o‘rni bor. Jumladan 2009 yil 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Surxon vohasiga kelib Termiz davlat universiteti yangi binosini ochilishi davridagi bergan taklif va tavsiyalari viloyatimiz iqtisodiyotida yangi yutuqlar va rivojlanish imkoniyatlarini ochib berdi. SHuningdek, yurtboshimizning Surxondaryo viloyatida mavjud etnografik manbalarga alohida e’tibor qaratib, “Surxondaryo – etnografik makon” deya ta’kidlab o‘tgan edi. Mana shu hususiyatlari bilan etnogafiya fani boshqa tarixiy fanlardan o‘ziga xos xsusiyatlari bilan ajralib turadi. Etnograiya bilan chambarchas bog‘liq antropologiya fani ham muhim o‘rin tutadi.
Tarixiy ilmiy tahlillar natijasiga diqqat bilan e’tibor qaratib shuni ta’kidlash lozimki, etnogenez, etnik tarix, masalaslasida fikr bildirish nixoyat darajada murakkab masala hisoblanadi. Etnogenez to‘g‘risida ilmiy mushohada etish uchun cheksiz manbalarni qayta o‘rganish, ularni tanqidiy-xolisona baholash har bir tadqiqotchidan katta mehnat talab etadi. Chunki yo‘l qo‘yilgan oddiy bir xato yoki jumboqli fikr turli noroziliklarga xattoki siyosiy janjallarga aylanib ketishi mumkin. Chunki dunyodagi mavjud 2000 dan ortiq etnik guruhlar-200 dan ortiq davlatlarda istiqomat qiladi. Har bir millat, har bir halqning o‘z milliy g‘ururi, vatan tuyg‘usi, or-nomus, urf-odatlari, an’nalari va milliy qadriyatlari mavjud. Ushbu millat va elatlar o‘zining etnik o‘zligini anglash, o‘z qavmi nomini, hududini, tilini, madaniyatini, ichki barqarorligini, xavfsizligini ta’minlashga uzoq asrlardan buyon harakat qilib kelmoqda.
Jahon tajribasi etnik masalalarga e’tibor qaratmaslik, millatlararo totuvlikni ta’minlashga bir yoklama, yuzaki yondashuv jiddiy muammolar keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Xususan, davlatga o‘z nomini bergan (titul) millat bilan o‘sha joyda yashaydigan boshqa millat va elat vakillari orasidagi munosabatlar jiddiy e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi tinchlik va barqarorlik izdan chiqishi mumkin. Bu masala bizning mamlakatimiz uchun ham juda muhim. O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani halqimizning azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi. Millatlararo munosabatlarda uyg‘unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko‘p millatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi“, deb ta’kidlanishi, mamlakatimizda barcha millat vakillarining teng huquqligining ta’minlanishiga yuksak e’tibor hamda etnik totuvlik hamda bag‘rikenglikning o‘ziga xos jihatlari ta’minlanganidan dalolat beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |