7-mavzu: Etnografik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati


O‘zbek xalqi etnografiyasining o‘rganilishi



Download 66,84 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2022
Hajmi66,84 Kb.
#709534
1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu. Etnografik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati

2. O‘zbek xalqi etnografiyasining o‘rganilishi. O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida maxsus tadqiqotlar va ular haqida yozilgan asarlar ko‘p emas. Ammo bu masalada taniqli sharqshunos va arxeolog olim, professor A.Yu.Yakubovskiy, Xorazm tarixining chuqur bilimdoni professor S.P.Tolstov, akademiklar Ya.G‘ulomov va K.Shoniyozovlarning xizmati katta. 1941 yilda prof. A.Yu.Yakubovskiy "O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida” risolasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu risola ruhiyati asosida 1942 yilda Toshkentda O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezi masalalari bo‘yicha maxsus sessiya o‘tkazildi. Sessiyada taniqli olimlar: A.D.Udalsev "Etnogenetik tadqiqotlarning nazariy asoslari", S.P.Tolstov "O‘rta Osiyo etnogenezining asosiy muammolari" hamda "Orol etnogenetik jarayonlar maydoni", L.V.Oshanin "Antropologiya ma’lumotlari O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi haqida elementlar", N.A.Kislyakov "Tojiklarning yuzaga kelishi masalasi haqida", V.V.Ginzburg " Antropologiya ma’lumotlari tojiklar etnogenezi haqida", A.Yu.Yakubovskiy "Turkman xalqining VIII asrdagi etnogenezi tarixidan" mavzularida ma’ruzalar qilishib, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixining asosiy yo‘nalishi va ilmiy-metodologik asoslari belgilab olindi. Mana shu konseptual yo‘nalishda 1962 yilda ko‘p jildlik "Jahon xalqlari tarixi"ning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga bag‘ishlangan qismi chop etilib, uning "O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi" bo‘limida, "tarixning ilk bosqichlaridanoq sug‘orma dehqonchilik bilan qadimdan shug‘ullanib kelgan eroniy tilli mahalliy aholining ma’lum qismi Zarafshon, Farg‘ona, Choch va Movarounnahrning dashtlari va boshqa vohalariga hamda qadimgi Xorazmga kirib kelgan turkiy qabilalar bilan bir necha asrlar davomida aralashib yashashlari natijasida til jihatidan turkiylashadilar. O‘z navbatida, turkiy xalqlar ham eroniy tilli xalqlarning madaniy ta’siridan bahramand bo‘lib, ulardan xo‘jalik yuritish usullarini, dehqonchilik sirlarini o‘rgandilar. XI-XII asrlar etnik aralashuv va turklashish jarayonining eng jadallashgan vaqti bo‘lib, aynan shu asrlarda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i hamda Xorazmda turkiytilli xalqning asosiy o‘zagi shakllanadi. Keyinchalik bu xalq (etnos) o‘zbek etnik nomini qabul qilgan", degan mazmunda O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezining asosiy ilmiy yo‘nalishi belgilab olindi.
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha keyingi yillardagi tadqiqotlar mana shu ilmiy-metodologik yo‘nalishda olib borildi hamda uning yechimiga qator aniqliklar kiritildi. Ana shunday fundamental tadqiqotlardan biri akademik Karim Shoniyozovning o’limidan so‘ng 2001 yilda "Sharq" nashriyotida chop etilgan "O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni" nomli monografiyasidir. Ammo bu mavzuda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun hozirgacha maxsus darslik yoki qo‘llanma yaratilmagan. Biz fikr yuritayotgan asarda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha turli qarashlar va yondashuvlar asosida yozilgan ilmiy maqolalar, risola va monografiyalarning qisqacha tahlili va muallifning nuqtai nazari bayon etilgan. Ushbu asar talabalar va o‘z xalqining kelib chiqishiga qiziquvchi kitobxonlar uchun qo‘llanma rolini o‘ynashi mumkin.
Tarixiy manbalar asosida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar samarasi sifatida Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlarning ilk tarixiy ildizlariga tayanib, turkiy xalqlar jumladan, o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni konsepsiyasini yaratgan akademik K. Shoniyozovning «O‘zbek qarluqlari» va «Qarluq davlati va qarluqlar» nomli tarixiy-etnografik monografiyalari diqqatga sazovor1. Mazkur asarlar ko‘pgina adabiyotlar va arxeologik manbalar, etnografik ma’lumotlar, shuningdek, muallifning ko‘p yillik kuzatishlari asosida yuzaga kelgan bo‘lib, unda biz tadqiq qilgan vohada yashovchi qarluqlarning etnik tarixi, xo‘jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati borasida e’tiborga sazovor mulohazalar bildirilgan.
I.Jabborovning «O‘zbeklar» nomli etnografik asarida Markaziy Osiyoning eng qadimgi etnoslaridan biri bo‘lgan o‘zbeklarning kelib chiqishi, etnik jarayoni va shakllanishi hamda joylashishi kabi bir qator masalalar yoritib berilgan2.
Mintaqada yashovchi aholining etnik tarkibi va etnik tarixi masalalarini o‘zaro uzviylikda o‘rgangan tadqiqotchi A.R. Qayumovning qator maqolalarida ham voha hududida yashovchi chig‘atoylar, qo‘ng‘irotlar, qatag‘onlarning etnik xususiyatlari yoritib berilgan.

Download 66,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish