23-variant
1. Quyida keltirilgan gap tarkibidagi so'zlarga
qo'shimcha qo'shilishi natijasida qanday fonetik
o‘zgarish(lar) ro‘y bergan?
Birovning narsasini so’roqsiz ravishda olish
kechirilmas gunoh sanaladi?
A) tovush tushishi
B) tovush orttirilishi
C) tovush tushishi va almashishi
D) tovush almashishi
2. Qaysi so‘zlarning ikkinchi bo’g’inida u yoziladi?
1) kul…shmoq; 2) yug…rmoq; 3) bur…lmoq; 4)
ulg…rmoq.
A) 2, 3, 4
B) 2, 4
С) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
3. Qaysi qatordagi so'zlarda «о» unlisi «а» singari
talaffuz qilinadi?
A) savol, bahor, zamon
B) okulist, tonna, tort
C) dekoratsiya, omonim, monitoring
D) dekoratsiya, boks, noyabr
4. Berilgan maqollardan qaysi birida ikkita so‘z
fonetik o'zgarish asosida yozilgan?
A) Ilm - dilning chirog‘i, Maktab - ilm chorbog'i.
B) Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
Elidan ayrilgan o'lguncha yig‘lar.
C) O‘g‘li borning o‘rni bor,
Qizi borning qadri bor.
D) Burgaga achchiq qilib, ko'rpangni kuydirma!
5. Qaysi gapda ikki xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan
qo‘shma yasama fe’llar qatnashgan?
A) Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga
olib keladi.
B) Matbuotda e’lon qilingan bu farmoyishdan so‘ng
korxonada tegishli qaror qabul qilindi.
C) U xonaga yuzi qizarib kirib keldi-da, o‘z o‘rniga
jahl bilan o'tirib gapira boshladi.
D) Hamma insonlar ham odamga farzand,
Biri yaxshi, biri yomonlikka band.
6. Birisidan topmas chumoli ozor,
Birisida itdan kamroq nomus-or. (Sa’diy Sheroziy)
She’rdagi egalar tarkibida necha o'rinda jarangli
portlovchi undoshlar qatnashgan?
A) 6 B) 7 C) 8 D) 9
7. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limiga oid
atamalar qaysi qatorda berilgan?
A) grammatik ma’no, undovlar, bog‘lovchi
B) ko‘p ma’noli so‘z, atama, metafora
C) ajratilgan bo'lak, undalma, kirish so‘z
D) yordamchi so‘zlar, bog‘lama, hol
8. Sizni ishxonada ham, oilada ham ijobiy yutuqlar
kutmoqda. Berilgan gapdagi ko'makchi morfemalar
sonini aniqlang.
A) 6 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 9 ta
9. Sonorlar (ovozdorlar) berilgan qatorni toping.
A) b, p, v, f, m
B) m, n, l, r, у
C) l, m, n, r, ng
D) f, m, n, r, у
10. Uning bunday «chiroyli» qilig‘idan uyalib ketdim.
Ushbu gapda qo‘shtirnoq nima uchun ishlatilgan?
A) kinoya ma’nosini bildirgan so’zni ajratish uchun
B) shartli nomni bildirgan so’zni ajratish uchun
C) ko‘chirma gapning bir qismini ajratish uchun
D) odat tusiga kirmagan so'zni ajratish uchun
11. Qaysi javobda holli so‘z birikmasi ishtirok
etmagan?
A) Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!
B) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo'lgin dehqonlarga.
C) Qo'rqoqning ko‘ziga tik qara, bolam,
Biror so‘z demasdan uzoqroq qara.
D) Bu hikmat sharhini o'yladim uzoq –
Rostdan ona erur qiblayi olam.
12. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush
almashishi bo'ladigan so‘zlar qatorini toping.
A) past, terak B) o‘rin, gurs
C) qayir, qalb D) tara, sovi
13. 1) Yurak yig‘lar, aytishga iymanamiz; 2) Seni
unsiz erkalaydi nigohim; 3) Karnay yig‘lar, surnay
yig‘lar, qiz yig‘lar; 4) Yoqub cholga «Zaporojes»
berishmadi; 5) Arizalar yozib bersa, ko'rishmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |